Komplekslilik tamoyili ishlab chiqarishni, birinchidan, zamon va makonda, ikkinchidan, ishlab chiqarishni boshqarishning gorizontal va vertikalida, uchinchidan, ishlab chiqarishning resurs asoslarini ta’minlashda, to’rtinchidan, ishlab chiqarishdagi “tor joylarni” hisobga olish va ularni yo’qotish chora-tadbiralrida, beshinchidan, xodimlarning o’z mehnatlari natijasidan moddiy va ma’naviy qoniqishida, oltinchidan, korxonaning mo’ljallanayotgan daromad yoki foyda olishini amalga oshirishni ko’zda tutadi.
Proportsionalliknafaqat ishlab chiqarishni rejalashtirishda, balki ishlab chiqarishni boshqarishda ham muhim ahamiyat kasb etadi. Zarur proportsiyalarga amal qilish ishlab chiqarish vositalari va ishchi kuchining tsexlar va ish joylari bo’yicha hamda ishlab chiqarish bosqichlarida to’g’ri taqsimlanishiga va ulardan to’g’ri foydalanishga ko’maklashadi. Proportsiyalarga amal qilmaslik esa, aksincha, ishlab chiqarishning ba’zi uchastkalarda kuchayib, boshqalarida pasayishiga, ya’ni disproportsiyalarning vujudga kelishiga hamda korxonalarning noritmik tarzda faoliyat yuritishiga sabab bo’ladi. Zaruriy proportsionallikni ta’minlashda ishlab chiqarishni tashkil etishni texnik-iqtisodiy normalashtirish katta rol o’ynaydi.
Rejalashtirishning uzluksizligiishlab chiqarishni va umuman, korxona faoliyatini tashkil etishning muhim tamoyili hisoblanadi. Bu tamoyil amalda joriy rejalarning istiqboldagi rejalar bilan, istiqboldagi rejalarning esa bashoratlar (prognoz) bilan bog’liq bo’lishida o’z aksini topadi. Boshqacha qilib aytganda, rejalashtirish qisqa muddatli tavsifga ega bo’lgan indikativ reja tabiatiga mos kelmovchi, yanvardan martgacha yoki martdan dekabrgacha, ya’ni “...dan” “...gacha” tamoyili asosida amalga oshirilmasligi lozim. Rejalashtirishning “...dan” “...gacha” tamoyilini inkor qilganda biz avvalo vaqt bo’yicha rejalashtirish uzilishining oldini olishni ko’zda tutamiz. Masalan, o’sha indikativ reja o’z davomiga ega bo’lishi, ya’ni korxona o’z faolitini yanvar-mart oylariga rejalashtirganda keyingi davrlarda yuzaga kelishi mumkin bo’lgan vazifalarni ham, albatta, bozor kon’yunkturasi, iste’molchilar manfaati va ishlab chiqarish holatlarining o’zgarishini ko’zda tutishi lozim. Bu vazifa asosan yil davomida amalga oshiriluvchi rejalarni aniqlashtirish va muayyanlashtirish yo’li bilan bajariladi.
Optimallik ham rejalashtirish tamoyillari qatoriga kiradi. Rejalar barcha ishlab chiqarish resurslaridan chiqitlar va yo’ldosh mahsulotlardan keng foydalanishni inobatga olgan holda iloji boricha ratsional va unumli foydalanishni ta’minlashi hamda yuqori natijalarga erishish uchun eng samarali yo’llarni tanlashi kerak.
Rejalashtirishning optimalligiga iqtisodiy-matematik usullar va elektron hisoblash mashinalarini qo’llash, rejalarning bir nechta variantlarini ishlab chiqish yordamida erishiladi. Ko’p variantlilik eng tejamkor reja varianti yoki korxona faoliyati dasturini tanlashga imkon yaratadi.