The economy of enterprise



Yüklə 0,55 Mb.
səhifə29/130
tarix06.05.2023
ölçüsü0,55 Mb.
#108461
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   130
The economy of enterprise

Boshqaruv qarori - boshqaruv faoliyati texnologiyasidagi muhim bo’g’indir. Boshqaruvning maqsad va vazifalarini amalga oshirish ko’p jihatdan qarorlarning to’g’ri qabul qilinishiga bog’liq bo’ladi. Boshqaruv qarori bir tomondan asosan korxonaning rahbarlari tomonidan amalga oshiriluvchi mantiqiy-fikriy faoliyat bo’lsa, ikkinchi tomondan, emotsional-psixologik xatti-harakatdir. U insonning boshqaruv qarorlarini qabul qilish jarayonlarida to’plagan tajribasi, bilimi va fikrlash doirasining chuqurligiga bog’liq bo’ladi.
Boshqaruv qarorlari quyidagi belgilar bo’yicha tasniflanadi:

  • kompetentlik va mas’uliyat bo’yicha - yakka tarzda yoki kollegial (jamoa) boshqaruv qarorlari;

  • mazmuni bo’yicha - ilmiy-texnik, iqtisodiy, tashkiliy, ijtimoiy boshqaruv qarorlari;

  • xarakteri bo’yicha - operativ-taqsimlovchi, xo’jalik-raxbarlik va me’yoriy boshqaruv qarorlari;

  • ta’sir ko’rsatish darajasi bo’yicha - bir va ko’p darajali boshqaruv qarorlari;

  • ta’sir ko’rsatish yo’nalishi bo’yicha - ichki va tashqi;

  • ta’sir ko’rsatish miqyosi bo’yicha - xususiy va umumiy (majmuaviy);

  • ta’sir ko’rsatish davri bo’yicha - bir martalik va ko’p martalik.

Ma’lumki, boshqaruv qarorlari ishlab chiqarish vositalariga qaraganda, ko’proq muayyan shaxslarga yo’naltirilgan bo’ladi. Shu sababli boshqaruv va boshqaruv qarorlari - birinchi o’rinda ishlab chiqarish jarayonida odamlar o’rtasida yuzaga keluvchi munosabatlardir. Bu erda o’z vakolatlari doirasida boshqaruv qarorini qabul qiluvchi shaxs yoki boshqaruv idorasining qanday tamoyillarga tayanib ish ko’rishi muhim ahamiyatga ega.
Bu tamoyillar birinchidan, ishlab chiqarish qatnashchilari orasidagi kelishuvlarni o’rnatsa, ikkinchidan, yuzaga kelishi mumkin bo’lgan xatolarning oldini oladi hamda boshqaruv mehnatining samaradorligini oshiradi.
Zamonaviy fan va menedjment amaliyoti korxonalarni boshqarishning quyidagi tamoyillarini eng asosiylari sifatida qabul qiladi:

      1. ilmiylik;

      2. tizimlilik va komplekslik;

      3. yakka boshqaruv va kollegiallik;

      4. tartib va adolat;

      5. xodimlarni moddiy va ma’naviy rag’batlantirish;

      6. tejamkorlik va samaradorlik;

      7. tashabbuskorlik va korporativ ruhiyat;

      8. vakolat va majburiyat.

Yuqorida ko’rsatilgan tamoyillar ham alohida, ham birgalikda boshqaruv tizimining ishonchliligiga va korxona rahbari hamda har bir boshqaruv tuzilmasining obro’sini o’stirishga xizmat qilishi lozim. Bundan tashqari, ular doimiy ravishda mukammallashtirib borilishi hamda zamon ruhi va xo’jalik yuritish mexanizmi talablariga javob beruvchi yangi tamoyillar bilan to’ldirilishi zarur. Bu esa boshqaruv tizimi va jarayonlarining yangi shakl va usullarini rivojlantirishga imkon yaratadi.






    1. Yüklə 0,55 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin