Academic Research in Educational Sciences VOLUME 3 | ISSUE 1 | 2022 ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF): 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor: 0.89 DOI: 10.24412/2181-1385-2022-1-63-67 Google Scholar Scientific Library of Uzbekistan Academic Research, Uzbekistan 64 www.ares.uz Ular umumiy nom bilan azot o‘zlashtiruvchi bakteriyalar deb nomlanadi. Tuproqda
bu bakteriyalar qanchalik ko‘p bo‘lsa tuproq shunchalik unumdor, hosildorlik
shunchalik yuqori bo‘ladi.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA Tuproqda juda ko’p mikroorganizmlar uchraydi, ya’ni 1 g tuproqda millionlab
yoki milliardlab mikroorganizmlar bo’ladi.Havo va suvga qaraganda bu ancha
ko’p.Tuproqda turli tuman bakteriyalar , aktinomitsetlar , achitqilar , suvo’tlari va
soda hayvonlar mavjud bo’lib olimlarning hisoblashlaricha haydalgan gektar yerning
25 sm chuqurlikkacha bo’lgan qatlamida 3-5 tonnagacha bakteriya uchrar
ekan.Bakteriyalarning tuproqda tarqalishi tuproqning xususiyatiga bog’liq Tuproqqa
tushgan o’simlik va hayvonlar qoldig’i hisobiga mikroorganizmlar juda ko’payib
ketadi.Tuproqdagi mikroorganizmlar soni tuproqning turi , fizik-kimyoviy xossalari
va iqlim sharoitiga bog’liq holda har xil bo’ladi.Tuproqning yuza qismida
mikroorganizmlar soni ko’p bo’lib , pastga tushgan sayin ularning soni kamayib
boradi.Mikroorganizmlar 10-15 sm li qatlamda ko’p boladi ,chunki bu yerda quyosh
nurlari tik tushmaydi,oziq va namlik yeterlicha bo’ladi.Chuqur qatlamlarda esa bular
kam chunki tuproq tabiiy filtr vazifasini bajaradi va bakteriyalarni yer osti suvlariga
kam o’tkazadi.
Oʻsimlik va hayvon qoldiqlari sellyuloza, pentozalar, kraxmal, pektin
moddalar va boshqalarni oʻzlashtira oladigan mikroorganizmlar ishtirokida
parchalanib, pirovardida karbonat angidrid bilan suvga aylanadi. Tabiatda azot
aylanishida ham mikroorganizmlarning roli katta. Hayvonlar oʻziga zarur azotli
birikmalarni oʻsimlik oqsillaridan hosil qiladi. Hayvon va oʻsimlik oqsillari
bakteriyalar taʼsirida minerallashib, avval ammiakka, keyin nitrit va nitratlarga
aylanadi. Ammoniyli tuzlar ham, nitratlar ham yuksak oʻsimliklar uchun oziq boʻladi,
ular shu tuzlardan foydalanib, oʻz tanasida oqsil hosil qiladi Bakteriyalar.boshqa
biogen elementlarni ham minerallashtiradi. Ular organik fosfor birikmalarini
parchalab, suv havzalari va tuproqda fosforning mineral birikmalarini koʻpaytiradi.
Bakteriyalar taʼsirida oltingugurtning organik birikmalari ham minerallarga aylanadi.
Turli tuman fiziologik guruhga mansub aeroblar, anaeroblar, saprofitlar,
nitirifikatorlar, azotofiksatorlar, selyuloza parchalovchilar,oltingugurt bakteriyalari,
spora hosil qiladigan va spora hosil qilmaydigan vakillari faoliyati natijasidir. Yil
fasllariga qarab mikroorganizmlar soni ham o’zgarib turadi. O’simliklarning ildiz
tizimi atrofida bakteriyalar ko’p toplanadi,ularning ko’pchiligi aerob,tayoqchasimon
spora
hosil
qilmaydigan
vakillaridir.Bu
avlodga
mansub
bakteriyalar