1)
i-RNK - informatsion
(axborotli)
bir necha yuz nukleotiddan
iborat boʼlib, irsiy axbortni
DNK molekulasidan koʼchirib, uni yadrodan oqsil sintez qilinayotgan joyga (sitoplazmaga
) chiqaradi
2)
t-RNK---transport (tashuvchi)
; molekulasida
70 ga yaqin nukleotid
boʼlib, oqsil sintezi
boʼlayotgan joyga yaʼni ribosomaga tegishli aminokislotalarni tashib keltiradi
3)
r-RNK – ribosomal RNK
– hujayra ribosomasi tarkibiga
kirib 4-6 ming nukleotiddan
tashkil topgan
1959-1961 yillari olimlar DNK zanjirining bittasidan RNK ni sintez qiluvchi ferment
RNK –
polimerazini
topishdi. RNK polimeraza hattoki probirkada oʼtkazilayotgan tajribalarda ham
oʼz vazifasini bajara olar ekan.
i-RNK DNK molekulasidagi oqsil toʼgʼrisidagi axborotni oʼziga koʼchirib oladi. Bir molekula
– i-RNK DNK molekulasining bitta genga toʼgʼri keladigan boʼlagidan axborotni koʼchirib
oladi va bu axborot asosida bir molekula oqsildagi aminokislotalarning ketma – ket
joylashishini belgilaydi.
i-RNK yadrodan sitoplazmaga chiqib ribosoma bilan birlashgach, sintez qilinishi kerak
boʼlgan oqsilga nisbatan nusxa beruvchi (matritsa) boʼlib hisoblanadi
Dostları ilə paylaş: