Yuragi uch kamerali, ikkita bo’lmacha va bitta qorinchadan iborat. Ularning qorinchasida aralash qon bo’ladi. O’pka bilan nafas olishga o'tgandan so’ng amfibiyalarda ikkita qon aylanish doirasi hosil buladi. Yurak qorinchasida arterial konus boshlanadi. Undan 3 juft arteriyalar tarmoqlanadi. Uyqu arteriyalari aralashib ulgurmagan arterial qonni bosh qismiga yetkazib beradi.
Ularning yuragi 3 kamerali. Yurak qorinchasida tutashmas to’siq shakllanib, qisman qorinchani o’ng venoz nimta va chap arterial nimtalarga ajratib turadi. Timsohlarda to’siq tutash bo’ladi va ularning yuragi to’rt kameraligacha takomillashadi. Reptiliyalar yurak qorinchasidan amfibiyalarnikidan farqli ravishda mustaqil holda uchta tomir chiqadi.Yurak qorinchasining o’ng qismidan o’pka arteriyasi, chap qismidan o’ng aorta ravog’i, o’rta qismidan esa chap aorta ravog’i boshlandi. Reptiliyalarda butun umri davomida o’pka arteriyasi batallo nayi vositasida aorta ravog’i bilan tutashgan bo’ladi.
Qushlarning qon aylanish tizimi
Yuragi to’rt kamerali arterial va venoz qon umuman aralashmaydi. Qushlarda chap aorta yoyi reduksiyalanadi, aortaning o’ng yoyi esa saqlanib qoladi. Qushlarda aorta yoyining o’ng tomonga qarab burilishi bilan sutemizuvchilardan ajralib turadi.
Sutemizuvchilar qon aylanish tizimi
Sutemizuvchilar yuragi ham to’rt kamerali. Ular yuragining chap qismida arterial qon, o’ng qimida esa venoz qon bo’ladi. Chap qorinchadan chap aorta qon tomiri boshlanadi, o’ng qorinchadan esa o’pka arteriyasi boshlanadi. O’pka arteriyasi o'pkaga borishdan oldin ikkita o’ng va chap o’pka arteriyalariga bo’linib, o’pkaga venoz qonni olib boradi.