Tirsak bo`g’imi uchun bilak bilan yoki bilakni qo`shmagan holda passiv xarakatini avtomatik korrektsiyalashga mo`ljallangan Kinetec 6080 elbow CPM trenajyori. Bu trenajyor ishlatish uchun yengil va qulay bo`lib, krovatda ham, kresloda o`tirgan vaqtda ham ishlatish mumkin. Trenajyor operatsiyadan keyingi bo`g’im harakatlarining cheklanishi oldini oladi.

Klinik robotlar. Klinik robotlar asosiy uchta masalani yechishga mo`ljallangan: kasalliklarni tashhislash, terapevtik va jarrohlik davolash. EHM bilan boshqariladigan turli xil tibbiy uskunalarning ommaviy ishlab chiqarilishi vrachlik amaliyotiga katta ta`sir ko`rsatdi.
Ekranda tekshirilayotgan inson organini ko`rsatib turuvchi (m-n: EHM bilan boshqariladigan tomografli) diagnostik tizimlarda mexatronika va robotexnika elementlari ishlatilib kelinmoqda.

Ichki organlar tasvirini olish uchun ishlatiladigan energiya turiga qarab kompyuter tomograflarning bir necha xil turlari mavjud. Quyida rentgenli tomograf ishini ko`rib chiqamiz.
Kompyuter tomografiyasi — ob’yekning ichki strukturasini to’qimalarni yemirmasdan qavatma-qavat o’rganadigan usul. 1972 yilda Godfri Xaunsfild va Allan Kormak tomonidan taklif qilingan va bu ishlanma uchun Nobel mukofotiga sazovor bo’lgan.