Tibbiy va biologik fizika


Modul bo’yicha kurs ishi (loyihasi)



Yüklə 1,78 Mb.
səhifə5/7
tarix14.10.2023
ölçüsü1,78 Mb.
#155249
1   2   3   4   5   6   7
Ишчи дастур Ped 2022

Modul bo’yicha kurs ishi (loyihasi): Modul bo’yicha kurs ishi (loyihasi) nazarda tutilmagan.


5. Modul bo’yicha talabalar bilimini nazorat qilish va baholash mezonlari
Talabalarning modul bo’yicha o’zlashtirish darajasining Davlat ta’lim standartlariga muvofiqligini ta’minlash uchun quyidagi nazorat turlari o’tkaziladi:
- joriy nazort (JN);
- yakuniy nazorat (YaN).
Modulga ajratilgan 4 kreditni talaba 1 va 4 semestrlardagi JN davomida yig’adi. 1-semestr yakunida og’zaki sinov va 4-semestr yakunida yozma test topshiradi.


5.1. Modul bo’yicha talabalarda nazariy bilimini nazorat qilish va baholash mezonlari (shakllari va nazorat turlari bo’yicha JN, YaN)



Nazorat turi

Baholash usullari

JN

Tezkor testlar, yozma ish, og’zaki so’rov, prezentatsiyalar

YaN

Yozma test

5.2. Modul bo’yicha talabalarda amaliy ko’nikmalarni egallashni nazorat qilish va bilimini baholash mezonlari
Talabalarning amaliy ko’nikmalarini nazorat qilish joriy nazorat davomida amalga oshiriladi va har bir ko’nikma bo’yicha o’zlashtirish darajasi 100 ballik tizimda baholanib boriladi. Semestr yakunida jami ballar yig’indisi amaliy ko’nikmalar soniga bo’linib o’rtacha ball bo’yicha qayd qilinadi.
JORIY NAZORAT (JN)
Joriy nazoratda talabaning modul mavzulari bo’yicha bilim, amaliy ko’nikma va kompetentsiyalarni egallash darajasini aniqlash va baholab borish ko’zda tutiladi. Umumiy fizika. Biofizika moduli bo’yicha joriy nazorat, amaliy ko’nikma, masalalar yechish shakllarida o’tkaziladi.
Baholashda talabaning bilim darajasi, amaliy mashg’ulot materiallarini o’zlashtirishi, nazariy material muhokamasida va ta’limning interaktiv usullarida ishtirokining faollik darajasi hisobga olinadi.
Har bir amaliy mashg’ulotda barcha talabalar baholanadi. Maksimal ball 100, o’tish bali 55 ball bilan baholanadi..
Joriy nazoratda saralash (o’tish) balldan kam ball to’plagan va uzrli sabablarga ko’ra nazoratlarda qatnasha olmagan talabaga qayta topshirish uchun, navbatdagi shu nazorat turigacha, so’nggi joriy nazorat uchun yakuniy nazoratgacha bo’lgan muddat beriladi. Joriy nazoratda talaba ajratilgan kreditni to’liq to’plashi shart, shundagina u YaN kiritiladi.
Kasalligi sababli darslarga qatnashmagan hamda belgilangan muddatlarda joriy nazoratni topshira olmagan talabalarga fakulьtet dekani farmoyishi asosida, o’qishni boshlaganidan so’ng ikki hafta muddatda topshirishga ruxsat beriladi.
Semestr yakunida modul bo’yicha joriy nazoratda saralash balidan kam ball to’plagan talaba akademik qarzdor hisoblanadi.
Akademik qarzdor talabalarga semestr tugaganidan keyin qayta o’zlashtirish uchun bir oy muddat beriladi. SHu muddat davomida modulni o’zlashtira olmagan talaba fakulьtet dekani tavsiyasiga ko’ra belgilangan tartibda rektorning buyrug’i bilan talabalar safidan chetlashtiriladi.
YaKUNIY NAZORAT (YaN)
YaNda talabaning bilim, ko’nikma va malakalari modulning umumiy mazmuni doirasida baxolanadi. YaN modul bo’yicha o’quv mashg’ulotlari tugaganidan so’ng: JN ga ajratilgan umumiy ballarning har biridan saralash balini to’plagan, JNga berilgan kreditlarni to’plagan talabaga YaNda ishtirok etish xuquqi beriladi.
YaN test usulida o’tkaziladi. Talaba o’tilgan mavzular bo’yicha 30 ta test savollariga javob beradi. Test savollari bir javobli va turli darajadagi testlardan iborat.
Ta’lim muassasasi rektorining buyrug’i bilan ichki nazorat va monitoring bo’limi rahbarligida tuzilgan komissiya ishtirokida sinovni o’tkazish jarayoni davriy ravishda o’rganib boriladi va uni o’tkazish tartiblari buzilgan hollarda, sinov natijalari bekor qilinadi va sinov qayta o’tkaziladi.
Modul bo’yicha joriy va sinovning har biriga ajratilgan ballning 55 foizi saralash bali etib belgilanadi va bunda joriy nazoratga ajratilgan ballning 55 va undan yuqori foizidagi balni to’plagan talabalar ushbu modul bo’yicha sinovga kiritiladi.
Talabaning semestr davomida modul bo’yicha to’plagan umumiy bali har bir nazorat turidan (JN, YaN) belgilangan qoidalarga muvofiq to’plagan ballari yig’indisiga teng.
YaN joriy nazoratdan so’ng semestr oxirida o’tkaziladi.
Joriy nazoratda saralash ballidan kam ball to’plagan va uzrli sabablarga ko’ra nazoratlarda qatnasha olmagan talabaga qayta topshirish uchun, navbatdagi shu nazorat turigacha, so’nggi joriy nazorat uchun yakuniy nazoratgacha bo’lgan muddat beriladi.
Kasalligi sababli darslarga qatnashmagan hamda belgilangan muddatlarda joriy, oraliq va yakuniy nazoratni topshira olmagan talabalarga fakulьtet dekani farmoyishi asosida, o’qishni boshlaganidan so’ng ikki hafta muddatda topshirishga ruxsat beriladi.
Semestr yakunida modul bo’yicha joriy yoki yakuniy nazorat turlarini har biri bo’yicha saralash balidan kam ball to’plagan talaba akademik qarzdor hisoblanadi.
Akademik qarzdor talabalarga semestr tugaganidan keyin qayta o’zlashtirish uchun bir oy muddat beriladi. SHu muddat davomida modulni o’zlashtira olmagan talaba fakulьtet dekani tavsiyasiga ko’ra belgilangan tartibda rektorning buyrug’i bilan talabalar safidan chetlashtiriladi.
Talaba nazorat natijalaridan norozi bo’lsa, modul bo’yicha nazorat turi natijalari e’lon qilingan vaqtdan boshlab bir kun mobaynida fakulьtet dekaniga ariza bilan murojaat etishi mumkin. Bunday holda fakulьtet dekanining taqdimnomasiga ko’ra rektor buyrug’i bilan 3 (uch) a’zodan kam bo’lmagan tarkibda apellyatsiya komissiyasi tashkil etiladi.
Apellyatsiya komissiyasi talabalarning arizalarini ko’rib chiqib, shu kunning o’zida xulosasini bildiradi.
Baholashning o’rnatilgan talablar asosida belgilangan muddatlarda o’tkazilishi hamda rasmiylashtirilishi fakulьtet dekani, kafedra mudiri, o’quv bo’limi hamda ichki nazorat va monitoring bo’limi tomonidan nazorat qilinadi.



Yüklə 1,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin