Tibbiyot institutlari qoshidagi


II. MAXSUS QISM ICHAK YUQUMLI KASALLIKLARI



Yüklə 1,52 Mb.
səhifə14/66
tarix02.01.2022
ölçüsü1,52 Mb.
#47700
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   66
O'quv adabiyoti m. D. Ahmedova, X. A. Abduqodirov, sh sh. Shovah

II. MAXSUS QISM ICHAK YUQUMLI KASALLIKLARI
Bu guruhga mansub kasalliklar Osiyo, Afrika, Lotin Amerikasidagi davlatlarda boshqa qit'alarga qaraganda ko'p qayd qilinadi. Markaziy Osiyo davlatlari ham bundan mustasno emas. Ushbu mintaqada ichak infeksiyalari bilan kasallanish darajasi Yevropa qityasidan 1,5-2 marta yuqori. Kasallanish ko'rsatkichi aholining ichimlik suv bilan ta'minlanish darajasi, kanalizatsiya tarmoqlarining rivojdangani, aholi punktlarining sanitariya holati, odamlarning sanitariya madaniyatn va iqlimga ko'p jihatdan bog'liq.

O'zbekistonda ichak infeksiyalari keng tarqalgan kasalliklardan hisoblanadi. Bu kasallikning Respublikamizda o'ziga xos xususiyatlari bor. Ular quyidagilardan iborat: kasallik yoz oylarida juda ko'p kayd qilinadi. Turli yoshdagi odamlarning kasallanishi bir xil emas. Umumiy ro'yxatga olinganlarning asosiy qismini bolalar, ayniqsa kichik yoshdagilar tashkil qiladi.

Ichak infeksiyalarida kasallik mikrobi bemor organizmidan tashqariga asosan najas, ba'zan siydik orqali ajraladi. Sog'lom odam organizmiga turli yo'llar bilan ifloslanib qolgan oziq-ovqatlar yoki suv vositasida og'iz orqali tushadi. Iflos qo'llar bemordan atrofdagi yaqin kishilarga kasallik yuqishida katta rol uynaydi. Ichak infeksiyalari tarqalishida pashshalar ham vositachilik qiladi.

Ich terlamasi, A va V paratiflari, boshqa salg'monellezlar, shigellezlar, vabo, kampilobakteriozlar, iyersinozlar ichak infeksiyalari guruhiga kiradi. Ichak infeksiyalarining barcha qo'zg'atuvchilari ichak bakteriyalari sinfiga mansub.



Yüklə 1,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   66




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin