Tibbiyot institutlari qoshidagi



Yüklə 1,49 Mb.
səhifə38/66
tarix02.01.2022
ölçüsü1,49 Mb.
#42691
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   66
O'quv adabiyoti m. D. Ahmedova, X. A. Abduqodirov, sh sh. Shovah

TENIOZ

Tenioz — asosan oshkozon-ichak yo'lining yuqori qismini jarohatlash bilan surunkali kechadigan gijja kasalligidir. O'zbekistonda ahyon-ahyonda uchrab turadi.



Etiologiyasi. Tenioz kasalligini quzg'atuvchi gijja Toenia solium, ya'ni cho'chqa soliteridir. U o'zining tuzilishi jihatidan qoramol soliteriga o'xshab ketadi, biroq tumshug'ida 4 ta so'rg'ichidan tashqari 22-32 ta ilmoqli hartumi ham bor. Shuning uchun uni qurollangan soliter deb ham atashadi. Bu gijja ham tasmasimon, nisbatan biroz kaltaroq (1.5-2.0 m) bo'lib, 1000 ga yaqin bo'lakchalardan tashkil topgan. Yetilgan bo'lakchalarda tuxumga to'lgan bachadoni bo'ladi.

Bo'lakchalar, odamning axlati orqali asosan uzilib tushgan xolda ajraladi, faol ajralishi esa juda kam kuzatiladi. Ajratadigan tuxumi morfologik jixatdan qoramol soliteri tuxumidan deyarli farqlanmaydi. Bu gijjaning rivojlanishi ham asosiy (odam) va oraliq (asosan uy cho'chqasi) xo'jayinlar a'zolarida almashinib o'tadi.



Epidemiologiyasi. Kasallik manbai invaziyalangan odam xisoblanadi. Balog'atga yetgan gijja odam ichagida (asosan ingichka ichakda) yashaydi. Yetilgan bo'lachaklarida gijja tuxumi (onkosfera) bilan to'lgan bachadoni bo'ladi. Gijja bo'lakchalari vaqti-vaqti bilan tanasidan bo'linib (uzilib) axlat orqali tashqi muhitga ajralib turadi. Ifloslangan suv va turli yem-xashak ozuqalar orqali oraliq xo'jayin bo'lmish uy cho'chqalari (kamdan-kam hollarda — yovvoyi cho'chqalar, itlar, mushuklar va hatto odam) organizmiga tushadi va ularning mushaklari orasidagi biriktiruvchi to'qimalar tuxumlardan lichinkalar - sistitseralar paydo bo'ladi.

Cho'chqa soliteri odamga asosan yaxshi pishirilmagan cho'chqa go'shti iste'mol qilganda yuqadi. Bundan tashqari g'ijja tuxumi sog'lom odamga boshqa bemor odamdan yoki gajjali odamni o'zidan-o'ziga yuqishi mumkin. Bunda yuqish yo'llari — bemorning najasi bilan ifloslangan qo'l, sabzavotlar, mevalar va turli oziq-ovqatlar orqali sodir bo'ladi.



Klinikasi. Ko'pchilik holatlarda tenioz klinik belgilarsiz kechishi mumkin. Ba'zan bemorlarda ko'ngil aynash, vaqti-vaqti bilan qusish, ich ketishi, qorinda og'riq, bosh aylanishi, uyquning buzilishi, xushdan ketish, kamdan-kam hollarda tutqanoq huruji kuzatiladi. Surunkali davrida kasallikning belgilari teniarinxoz belgalariga o'xshab ketadi.

Sistitserkozning klinikasi esa uning joylashgan qismiga, ko'p-ozligiga va rivojlanish bosqichiga bog'liq bo'ladi.

Sistitserka ko'zda joylashganda — reaktiv konyunktivit, retinit, uveit singari jarohatlanishlar bo'lib, ko'rish yomonlashishi yoki ko'rlik yuzaga kelishi mumkin.

Yurak sistitserkozi bo'lgan taqdirda ba'zan yurak ritmi buziladi. Eng ko'p klinik belgilar va og'ir oqibatli kechishi bosh miya sistitserkozida kuzatiladi. Bemorlarda vaqti-vaqti bilan tirishish, xotiraning yomonlashishi ko'riladi. Hatto to'satdan o'lim bulishi ham mumkin.

Sistitserkoz kasalligi umuman surunkali (15 yilgacha va undan ortiq) kechishga moyil bo'lib, u xatarli kasallikdir.

Tashxisi. Xuddi teniarinxozdagi singari axlat bilan ajralib, chiqqan gijja parchasini ko'rish yoki tuxumini aniqlashga asoslangan. Lekin, sisgitserkozni aniqlashda ancha murakkab usullarni (biopsiya, rentgenologik, miyada bosh miyani rentgenografiyasi, angaografiyasi, tomografiyasi, ultratovush va boshqalar) qo'llashga to'g'ri keladi. Serologik usullardan — komplemes, biriktirish reaksiyasi va gemagglutinatsiya reaksiyalari qo'llanadi.

Davolash. Teniozni davolashda, sistitserkoz rivojlanishi xavfini oldini olish maqsadida, ichakka gijjani bevosita parchalovchi dorilarni (fenasol, dixlorofen, trixlorofen) qo'llash maqsadga muvofiq xisoblanadi.

Fenasol (dozasi xuddi teniarinxozdagi singari) ertalab naxorda ichirilib, 2 soatdan keyin yengil nonushta va yana 1 soatdan keyin — tuzli surgi beriladi. Yana 2 xaftadan keyin shu kursi, takrorlash tavsiya etiladi.

Teniozni davolashda, shuningdek, qirqqulokning efirli ektrakti xam ishlatiladi.

Sistitserkozni davolashda esa prazikvantel (biltritsid) - kuniga 16.6 mg/kg xisobidan 14 kun beriladi, yoki 50 mg/kg xisobidan 10 kun beriladi. Bu dori qo'llanishi davrida allergik reaksiyaga yo'l qo'ymaslik maqsadida glyukokortikoidlar ham berib boriladi.



Profilaktikasi. Tenioz tarqalishini oldini olishda ham xuddi teniarinxozdagi singari. Ayniqsa, cho'chqachilik xo'jaliklarida veterinariya xizmati bilan xamkorlikda veterinar-gigiyenik chora-tadbirlar o'tkaziladi.

Yüklə 1,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   66




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin