DIFTERIYA (BO'G'MA)
Difteriya - Leffler tayoqchalarining toksigen shtammi quzg'atadigan, kuchli umumiy intoksikatsiya va jarohatlangan joyda Fibrinli parda hosil bo'lishi bilan kechadigan kasallik.
Difteriya insoniyatga qadim zamonlardan ma'lum. XVII-XVIII asrlarda Yevropada bu kasallikning katta epidemiyalari kuzatilgan. Hozirgi vaqtda difteriya barcha qityalarda onda-sonda uchrab turadi. Difteriyaga qarshi keng qamrovli vaksinatsiya yo'lga ko'yilgani tufayli kasallik kamayib bormoqda.
Etiologayasi. Kasallik qo'zratuvchisi Leffler tomonidan 1887 yilda kashf etilgan, U korinebakteriyalar avlodiga mansub (Corinebacterium diphteriae), Korinebakteriyalar sharsimon, tayoqchasimon, ponasimon, tarvaqaylagan shaklda bo'lishi mumkin. Difteriya tayyoqchasi uchlarida yoki o'rtasida kolbasimon kengaygan joy bo'lib, ularda to'g'nog'ichga o'xshash volyutin zarrarchalari bor. Grammusbat mikrob. Difteriya qo'zg'atuvchisi aerob mikrob bo'lib, qon yoki unnng zardobi qo'shilgan muhitda yaxshi o'sadi. Difteriya mikroblarini aniqlash uchun ishlatiladigan ozuqa mudatlariga kaliy telluriti qo'shiladi (Tinsdal, Buchin murg'glari).
Ozuqa muhitlarida o'sish xususiyatlariga qarab difteriya tayoqchalarining 3 hil ko'rinishi mavjud: gravis, mitis, intermedius. Sporadik kasallanish vaqtida topilgan difteriya mikroblari asosan gravis variantiga mansub.
Difteriya mikroblarining toksin hosil qiluvchi va uni hosil qilmaydigan shtammlari mavjud. Difteriya kasalligini faqat toksin xosil qiluvchn shtammlar qo'zg'otadi. Difteriya mikroblarining toksini kuchli bo'lib, bemorning nerv va yurak-tomir sistemasiga katta ta'sir ko'rsatadi. Laboratoriya sharoitida topilgan difteriya mikroblarining albatta toksigenligi aniqlanadi.
Difteriya mikroblari tashqi muhitda ancha turg'un. Ayniqsa past haroratda yahshi saqlanadi. Quritishga ham chidamla ich kiyimlar, turli o'yinchoq va boshqa ashyolarda haftalab-saqlanishi mumkin. Sutda bir oygacha, suvda — 12 kungacha saqlanadi. Xlor tutgan dezinfeksiyalovchi vositalar ta'sirida tez nobud bo'ladi.
Epidemiologayasi. Kasallik manbai bo'lib difteriya bilan og'rigan bemor yoki mikrobning toksigen shtammi mavjud sog'lom bakteriya tashuvchi hisoblanadi. Mikrob tomoq va yuqori nafas yo'llarida joylashadi. Epidemiologik nuqtai nazardan kasallikning yashirin davri, kasallik yengil kechayotgan hollar atrofdagilar uchun xavflidir.
Difteriyaning tarqalishida sog'lom bakteriya tashuvchilarning o'rni katta. Ularda kasallik alomatlari bo'lmaydi. Tomog'ida turli surunkali yallig'lanish hollari mavjud kishilarda difteriya bakteriyalarini tashuvchilik holati ko'rpoq uchraydi. Kasallik o'chog'ida mikrob tashuvchilar soni sog'lom kishilar orasida 10 % gacha borishi mumkin. Toksigen bo'lmagan shtammlarni tashib yuruvchilar epidemiologik ahamiyatga ega emas.
Mikrob bemor va bakteriya tashuvchi organizmdan gapirganda, yo'talganda, atrofga ko'plab ajraladi. Sog'lom kishi organizmiga nafas yo'llari orqali tushadi. Difteriya qo'zg'atuvchilari tashqi muhitda turg'un bo'lgani tufayli mikrob havo-chang yo'li bilan, shuningdek o'yinchoq, uy ashyolari vositasida ham tarqalishi mumkin. Ba'zan mikrob organizmga ko'z shilliq qavati va teri orqali tushadi.
Difteriya bilan asosan bolalar kasallanadi. Difteriyaga qarshi yoppasiga bolalar emlana boshlaganidan beri, bu kasallik o'smirlar va katta yoshdagilar orasida ko'proq uchramoqda.
O'zbekiston sharoitida bolalarni emlash o'z vaqtida muntazam ravishda amalga oshiriladi.
Difteriya uchun ma'lum darajada mavsumiylik xos. Kasallanish sentabr-noyabr oylarida sezilarli darajada ko'tariladi. Aprel-avgust oylarida kasallik kam qayd etiladi.
Kasallikdan so'ng turg'un immunitet hosil bo'ladi.
Klinikasi. Kasallikning yashirin davri 3-10 kun. Bu xastalikda mahalliy va umumiy o'zgarishlar kuzatiladi. Mikrobniig organizmga qayerdan tushishi va bemor organizmning holatiga qarab, kasallik turli ko'rinishda va og'irlikda namoyon bo'lishi mumkin.
Joylashishiga qarab burun, tomoq, kekirdak, ko'z, teri difteriyasi farqlanadi. Ko'proq tomoq difteriyasi uchraydi. Jarohatlangan soha shilliq qavati yaxlit fibrinli parda bilan qoplanadi (9-rasm) U parda qattiq bo'lib ostidagi to'qimaga mustahkam yopishgan bo'ladi. Shu sababdan uni shpatel yordamida ko'chirib olish ancha qiyin. Parda atrofidagi sog'lom to'qimalardan ko'tarilib turadi, rangi kul rang, yaltiroq bo'ladi. Kuch bilan pardani ko'chirilsa, ostidagi to'qimalar yuzasi qonaydi. Olingan pardani qatgiq predmet ustida ezilsa ham, yaxlitligicha saqlanadi. Keyinchalik u asta-sekin yupqalashib, chekkalaridan boshlab yo'qola boradi. Parda atrofidaga to'qimalarda shish yuzaga keladi. Rangi ko'kimtir tusda bo'ladi. Tomoqdagi og'riq uncha kuchli bo'lmaydi.
Tomoqda jarohat ko'pincha atrof to'qimalarga va nafas yo'llari bo'ylab tarqaladi. Bunday holat kasallik og'ir kechgan hollarda kuzatiladi (9 b-rasm).
Maxalliy o'zgarishlarga mutanosib ravishda organizmning umumiy intoksikatsiyasi ham kuzatiladi. Bu o'zgarishlar difteriya tayoqchalari ishlab chiqaradigan kuchli ekzotoksinning ta'siri bilan bog'liq. Isitma ko'tarilishi asosan difteriyaning toksik shakllarida kuzatiladi. Tana xarorati 40-410S gacha ko'tarilishi mumkin. Lekin u qisqa muddatli bo'ladi, 4-5 kunda pasayadi. Difteriya toksini nerv sistemasi va yurakka kuchli ta'sir ko'rsatadi. Uning ta'sirida yurakda o'chog'li yoki diffuz miokardit ro'y beradi. Yurak tonlari sezilarli darajada susayadi, sistolik shovqin eshitiladi. Tomir urishi sekinlashadi, qon bosimi pasayadi. Yurakda ro'y bergan o'zgarishlar EKG da xam o'z ifodasini topadi. Miokardit odatda kasalikning 7-8 kunidan rivojlanadi va og'ir xollarda 2-3-xaftaga borib o'limga olib keladi.
Difteriya toksini markazny va periferik nera sistemasiga xam kuchli ta'sir ko'rsatadi. Periferik nervlar jaroxatlanishi odatda kasallikning 2-yarmida kuzatiladi va falajlanish ro'y berishi mumkin.
Kechish va joylanishiga qarab difteriyaning quyidaga turlari uchraydi.
1. Tarqalmagan dafteriya. Jaroxatlanish burun yoki tomoq, kekirdak, ko'z, jinsiy a'zolar sohasida bo'lib, atrofidagi organ soxalariga tarqalmaydi.
2. Tarqalgan difteriya. Jaroxatlanish ikki va undan ortiq organlarga tarqaladi. Masalan, burun va tomoq, tomoq va kekirdak, og'iz shilliq qavati va x.k.
3. Toksik difteriya - og'ir kechadigan turi. Unda intoksikatsiya yaqqol ifodalanadi. Jaroxatlangan soha atrofidagi yumshoq to'qimalarda shish paydo bo'ladi. Kasallikning bu turi ko'pincha tomoq difteriyasida kuzatilada. Xastalik kechishi va teri osti kletchatkasining shishganligi darajasiga qarab, subtoksik, P, va SH darajali toksik tomoq difteriyasi farqlanadi.
4. Kam uchraydigan — teri, yara va jinsiy a'zolar difteriyasi. Kekirdak difteriyasida shilliq qavat qavarishi, fibrin parda hosil bo'lishi, kekirdak muskullari qisqarishi tufayli yo'tal, ovoz ingichkalanishi va nafas qisishi kuzatiladi. Uni chin (difteriya) krup deb ham ataladi. Og'ir hollarda stenoz tufayli bemor nafas ola olmaydi va asfiksiya oqibatida o'lim sodir bo'ladi. Kasallik vaqtida aniqlansa va davolash muolajalari erta va to'g'ri olib borilsa, bemorning ahvoli asta-sekin yaxshilana boradi Intoksikatsiya alomatlari yo'qola boshlaydi. Diffuz miokardit bo'lganida, yurakdagi o'zgaritlar ancha muddatgacha saqlanib turadi.
Tashxisi. Difteriya tashxisini qo'yishda kasallikka xos mahalliy o'zgarishlar va umumiy intoksikatsiya alomatlari e'tiborga olinadi. Epidemiologik ma'lumotlar muhim ahamityaga ega. Bemor oilasida, bola qatnaydigan bog'cha yoki maktabda kasallik alomatlari bo'lgan odamlar bilan muloqot bo'lganligini surishtirish lozim. Difteriya katta yoshdagilar orasida ham ko'p uchrab turishini yodda tutish lozim.
Laboratoriya diagnsstikasi uchun bemor tomog'idan va burundan alohida holda surtma olinadi va zardobli muhitga solinadi. Uni 3 soatdan kechiktirmay laboratoriyaga yetkazish lozim. Laboratoriyada olingan tahlilni maxsus muhitga ekiladi. Undan surtma tayyorlab, mikroskop ostida difteriya tayoqchalarini ko'rish mumkin. Har bir aniqlangan difteriya mikrobining toksigenligini maxsus tekshirishlar bilan albatta aniqlash lozim. Zeroki, kasallikni fakat toksigen shtammga mansub dafteriya tayoqchalari qo'zg'otadi.
Tashhis maqsadida passiv gemagglutinatsiya reaksiyasidan xam foydalaniladi. U serologik reaksiya. Shuning uchun bemordan kasallikning 3-4-kunidan so'ng 1-2 ml kon olib, zardobidagi antitelolar aniqlanadi. Reaksiyaning diapyustik titri 1:40, Oradan bir xafta o'tkazib, tekshirish takrorlanganida, reaksiya titri kashda 2 marta ortishi kerak.
Davolash. Difteriya bilan og'rigan bemor albatta shifoxonaga yotqiziladi. Difteriyaning toksik turlarida bemor yotish rejimiga qat'iy rioya qilishi lozim. Spetsifik davolash maqsadida levomitsetin yoki tetrasiklin kabi antibiotiklar beriladi. Davolash kursi 2 hafta davom etadi.
Toksik difteriyada maxsus ta'sir ko'rsatuvchi preparat sifatida difteriyaga qarshi zardob qo'llanadi. U mikrob toksinini neytrallash xususiyatiga ega. Zardob tarkibida inson organizmi uchun begona oqsil bor. Shuning uchun zardobni birinchi marta bo'lib-bo'lib Bezredka usulida yuboriladi. Har bir ampulada 10.000 XB zardob bo'ladi. Kasallikning qanday og'irlikda kechishiga qarab, xar kuni va davolash kursi uchun yuboriladigan zardorb dozasi turlichadir. JSST tavsiyasiga ko'ra, xar bir bemorni davolash uchun ishlatiladigan zardob miqdori 100000 XB dan oshmasligi kerak. Zardob bilan davolash kasallikning dastlabki kunlarida boshlansa, yaxshi naf beradi.
Xiqildoq difteriyasi — chin krupda nafas olish butunlay to'xtab qolishi, ya'ni asfiksiya ro'y berishi mumkin. Uning oldini olish uchun traxeotomiya qilinadi.
Yurak va tomirlar faoliyatini yaxshilash maqsadida glukozaning 5,10, 40 % li eritmalarn, efedrin, kordiamin, strixnin kabi preparatlar keng qo'llanadi. Barokamerada kislorod bilan davolash xam yaxshi natija beradi.
Bemorni davolashda askorbin kislotasi, V g'uruxiga mansub vitaminlar keng qo'llanadi. Periferik falajlanishning oldini olish va davolashda V vitamin va prozerin yaxshi samara beradi.
Kasal odamni to'g'ri parvarishlash ham muxim ahamiyatga ega. Miokardit ro'y bergan xollarda bemor uzoq vaqt yotish rejimiga rioya qilishi, keskin xarakatlar qilmasligi lozim. Har xaftada EKG qaytadan olinib tekshirib turiladi. Bemorga oson xazm bo'ladigan, ko'proq suyuq taomlar buyuriladi. Servitamin meva sharbatlari foydali xisoblanadi.
Davolash o'z vaqtida va to'g'ri tashkil etilsa, bemorniig ehvoli asta-sekin yaxshilanadi. Intoksikatsiya alomatlari kamaya boshlaydi, maxalliy o'zgarishlar xam asta yo'qoladi. EKG da aks etgan yurakdagi o'zgarishlar xam deyarli tiklanadi. Bemor shifoxonadai chiqib ketishidan oldin tomoq va burundan 2 marta bakteriologik tekshirish uchun olingan tahlilda difteriya mikroblari topilmasliga kerak. Kasallikdan so'ng paydo bo'ladigan immunitetni mustaxkamlash maqsadida bemor shifoxonadan ketishi oldidan bir marta difteriya va qoqsholga qarshi adsorbirlakgan vaksina bilan emlanadi.
Kasallikning oldini olish. Difteretyaning oldini olishda bemorlarni o'z vaqtida aniqlab, shifoxonaga yuborish muhim axamiyatga ega. Dastlabki tibbiy yordam ko'rsatish bosqichi feldsher-doyalik punktlari, shifokor ambulatoriyalari, poliklinikalarda ishlaydigan mutaxassislar difteriyaning asosiy alomatlarini yaxshi bilishi kerak. Tomoq, quloq, burun shifokorlari xam bu kasallikni to'g'ri aniqlashi lozim. Amaliyotda bu soxa shifokorlari difteriya bilan og'rigan bemorlarni "peritonzillyar yiringlash" tashxisi bilan operatsiya qilgan hollari uchrab turadi.
Bemor bilan muloqotda bo'lgan oila a'zolari (bog'chalarda shu guruxga qatnovchi bolalar xam) 7 kun davomida tibbiy kuzatuv ostida bo'ladilar. Kasallik o'chog'ida yakunlovchi dezinfeksiya o'tkaziladi. JSST ning tavsiyasiga ko'ra, bemor bilan muloqotda bo'lgan oila a'zolari tomog'i va burnidan bir marta difteriyaga tekshirish uchun surtma olinadi. So'ngra 7 kun davomida antibiotik bilan profilaktik davolash kursi o'tkaziladi.
Difteriyani vaqtida annqlash uchun murtakda narsa toshishi bilan kechadigan follikulyar, lakunar, flegmonoz angina qayd etilgan har bir bermodan surtma olib difteriyaga tekshirish shart.
Defteriyaning spetsifik profilaktikasi puxga ishlab chiqilgan, O'zbekistonda qabul |qilingan emlash taqvimiga binoan 2,3.4 oyligida, bir oy oralatib 3 marta AKDS (adsorbilangan ko'k yo'tal, difteriya, qoqshol vaksinasi) bilan emlanishi kerak. Oradan bir yil o'tgach, yaxshi bola 16 oylik bo'lganida, 4-marta AKDS vaksinasi bilan emlangan bo'lishi shart. Bu assosiy - bazis emlash xisoblanadi.
Bolalar maktabga borishi oldidan (7yoshida) bir marta adsorbirlangan difteriya qoqshol vaksinasi ADS bilan emlanadi.
Navbatdagi emlash maktabni bitirish oldini- 15-16 yoshda miqdori kamaytirilgan preparat-ADS-M (maliy) bilan o'tkaziladi. Katta yoshdagilar 26 va 46 yoshligida huddi shunday DDS-M preparati bilan qayta emlanadi.
Emlashlar natijasida jamoa immuniteti talab darajasida xosil bo'lishi uchun rejalashtirilgan guruhlarinig kmida 90 foizi o'z vaqtida emlangan bo'lishi kerak.
Dostları ilə paylaş: |