Tibbiyot institutlari qoshidagi



Yüklə 1,49 Mb.
səhifə42/66
tarix02.01.2022
ölçüsü1,49 Mb.
#42691
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   66
O'quv adabiyoti m. D. Ahmedova, X. A. Abduqodirov, sh sh. Shovah

TOKSOPLAZMOZ

Toksoplazmoz parazitar kasallik bo'lib, asab sistemasi jaroxatlanishi, jigar, taloq va limfatik tugunlarning kattalashuvi, ko'pincha skelet mushaklari, miokard va ko'z jaroxatlanishi bilan namoyon bo'ladi.

Toksoplazmoz zaminimizning barcha qit'alarida tarqalgan. Axolini toksoplazmoz bilan zararlanish darajasi 20-30% ni tashkil etadi.

Etiologiyasi. Kasallikni qo'zg'atuvchi parazit (Aoxoplosma gandi) ning tana tuzilishi yarimoy shaklida yoki apelsin kesmasini eslatadi, bo'yalganda yadrosi qizil, plazmasi esa zangori rangga bo'yaladi. U ikki xil (jinsiy va oddiy bo'linish) yo'li bilan ko'payadi. Jinsiy ko'payish, asosan mushuk va mushuksimon yovvoyi hayvonlarning ichak epitelial xujayralarida, jinsiz ko'payish esa turli xil xayvonlar va parrandalarning a'zolarida sodir bo'ladi.

Hujayralar ichida ko'paygan parazitlar, xujayra yorilgach boshqa xujayralarga o'tib ko'payadi va keyinchalik sistlar (qopchalar) xosil qilib uzoq vaqt saqlanib qoladilar.

Toksoplazmozlar trofozoit bosqichida chidamsizdirlar. Ular qizdirilganda, quritilganida va ko'yosh nuri ta'sirida, shuningdek, 50% li spirt, 2% li xloramin, 1% fenol eritmalari ta'sirida 5-10 daqiqa davomida nobud bo'ladi.

Epidemiologiyasi. Tibbiy o'choqlarda tekshirilgan xayvonlar va qushlarning barcha turlarida toksoplazmoz aniqlangan.

Sinantrop o'choqlarda qoramol, qo'y, echki, cho'chqa, ot, tuya, eshak, it, mushuk, tovuq, o'rdak, g'oz, kurka, sayroqi qushlar, shuningdek, uy kemiruvchilari kasallik manbai bo'lib hizmat qiladi. Ayniqsa mushuklar, a'zosida toksoplazmalarning jinsiy ko'payishi sodir bo'lganligi uchun, alohida ahamiyat kasb etadi.

Kasallikni yuqishi asosan og'iz orqali, xom yoki chala pishirilgan go'sht yoki qiyma iste'mol qilinganda, tatib ko'rilganda sodir bo'ladi.

Toksoplazmozlar yuqishining yo'li - mushuklar ajratgan ootsistalarni turli yo'llar bilan og'izga tushishidir. Laboratoriya xodimlariga kasallik yuqishi, ularning jaroxatlangan terilariga kuchli virulentli toksoplazmalar tushgan taqdirdagina sodir bo'ladi. Ayrim xollarda (yaqinda kasallangan homilador ayollarda) ona qonidagi homilaga kasallik yuqishi mumkin.



Klinikasi. Yashirin davri o'rtacha 2 xafta. Yuqish mexanizmiga qarab orttirilgan va tug'ma toksoplazmoz turlari, og'ir davomiyligiga karab — o'tkir, surunkali va latent kechishi farqlanadi.


Yüklə 1,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   66




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin