Yuqori qovoqni tushishi (ptoz) – qovoq muskuli falajida. Ko’zni shoh pardasi va ko’z shilliq pardasi quruq bo’lishi mumkin, bu vaqtda ko’zga qum tiqilgandek bo’ladi. (kseroftalmiya).
Labni ko’rganda uning quruqligiga va toshmaga (herpes labialis) ahamiyat berish kerak.
Quloq suprasida oqroq yupqa teri bilan yopilgan kichkina tuguncha-tofus-kuzatilishi mumkin, bu podagra belgisi.
Burunni ko’rganimizda uning shakliga etibor berishimiz kerak. U o’zgarishi mumkin (zahm kasalligida, veyner granulematozida, o’smada).
Bo’yinni ko’rib paypaslaganda avvolo qalonsimon bez va limfa tugunlarini kattalashganligini aniqlashimiz mumkin. Ularning konsistensiyasi va og’riqligi aniqlanadi. Bundan tashqari bo’yinturuq venasining bo’rtib chiqishi hamda uyqu arteriyasining kuchli pulsasiyasi kuzatilishi mumkin. Oyoq-qo’llarni tekshirganda ularning terisida, bo’g’imida, suyaklarida o’zgarishlar bo’lishi mumkin. (Akromealiya, marfan sindromi).
Paypaslash (palpatio) Paypaslash qadimdan ma’lum bo’lib Gippokrat davridan qo’llanib takomillashib, hozirgi kunda vrachlarning asosiy klinik tekshirish usullaridan biri bo’lib kelmoqda. Ilgarigi vaqtda asosan yuzaki joylashgan a’zolar teri qoplami, bo’g’im, suyaklar hamda tomir urishi (puls) tekshirilib kelingan.
Tahminan XIX asrning yarmidan boshlab tovush titrashi va yurak uchi turtkisini aniqlash klinikaga kirib kelgan bo’lsa, shu asrning ohirlarida qorin bo’shlig’ini sistematik paypaslash yo’lga qo’yildi (S.P.Botkin, F.Glinar,V.G.Obrazsov. va N.D.Strajesko)
Paypaslashning fiziologik asosi bo’lib, barmoqlar harakati va bosim bilan paypaslanuvchi a’zolarni his qilish, ularning haroratini sezish hisoblanadi.
Diagnostika uchun paypaslash usuli juda keng qo’llaniladi, ammo hamma vaqt ma’lum bir sistema va tartibga rioya qilinadi.
Agar unga rioya qilinmasa bazan diagnostikada hatoga yo’l qo’yilishi mumkin.
Yuzaki va chuqur paypaslash usullari farqlanadi. Qorin bo’shlig’i a’zolari kasalliklari diagnostikasida paypaslash juda katta ro’l o’ynaydi.
Masalan, P.Obrazsov va N.D. Strajesko tomonidan ishlab chiqilgan sirpanchiq paypaslash qorin bo’shlig’ida yotgan a’zolarni tekshirish uchun qo’llaniladi. Organizmdagi hamma a’zolarni paypaslash usullari darslikning mahsus boblarida beriladi.