Xlamidiyali pnevmoniya
Chaqiruvchisi Chlamydia trachomatis - hujayra ichi paraziti ko’pincha bakteriyalarga yaqin. Tarkibida RNK va DNK saqlaydi, ular ikkiga bo’linib ko’payadi, antibiotiklarga sezuvchan. Ularning ikkita turi bor:
Chlamydia psitaccii
Chlamydia trachomatis.
Ko’pincha o’pkaning o′rta va pastki qismlari zararlanadi. Chaqiruvchi alveolalarda seroz shish chaqiradi va boshqa bo’limlarga o’tadi.
Epidemiologiyasi. Kasallikning kechishida aniq mavsumiylik yo′q. Ornitoz pnevmoniya chaqiruvchisi - Chlamydia psitacci, kasallik manbai qushlar (kaptar, popugay, o′rdak, tovuqlar).
Xlamidioz - asosan chaqaloqlarning patologiyasi bo’lib, unga intranatal zararlanish xos, bola asosan onaning tuqruq yo′li orqali zararlanadi. Kattalarda jinsiy yol bilan otadigan infeksiya turiga kiradi. Chaqiruvchisi Chlamydia trachomatis. Chaqaloqlarda o’tish yoli havo-tomchi, aspirasion yol hisoblanadi. O’pkaning pastki va o′rta qismlari zararlanadi. qo′zgatuvchi himoya bareridan alveolagacha yetib boradi, seroz shishni chaqiradi, o’pkaning boshqa sohalariga tarqaladi.
Klinikasi. Inkubasion davri - 10 kun. Kasallik boshida umum intoksikasion sindrom belgilari kuzatiladi: lanjlik, bezgak (tana xarorati 39°S dan ortiq), qattiq bosh Oqrishi, bradikardiya, yurak tonlarining bo’g’iqlashishi, mushaklardagi og′riq va angina. Oradan 1-3 kun otgach nafas a'zolari shikastlanishi belgilari paydo bo´ladi: quruq yotal, biqindagi va ko’krak qafasidagi ogriq. O’pka tovushining lokal to’mtoqlashishi, mayda pufakchali nam xirillashlar. Lekin bu belgilar intoksikasiyaning kuchayishiga olib kelmaydi.Kasallik klinikasi grippga oxshaydi. Uzoq vaqt davom etadi. Yuqori tana qarorati 2 haftagacha kuzatiladi, astenizasiya belgilari 2-3 oygacha saqlanadi.
Oqibati yaxshi tugaydi.Chaqaloqlar xlamidioz bilan zararlanganda 1-2 hafta oxirida bir tomonlama kon'yunktivit paydo bo´ladi. Jarayon sekin kechadi va 1-2 haftadan song kozdan shilliq-yiring ajraladi. Shu davrda pnevmoniya ham boshlanishi mumkin. Pnevmoniya hansirash va ko’kyo’talsimon yotal bilan kechadi, ammo tana xarorati ko′tarilmaydi va intoksikasiya belgilari kuzatilmaydi. Diagnostikasi balham va kozdagi ajralmani mikrosko’piyasiga, shuningdek 2-3-haftada maxsus antitanalar titrining ortishiga asoslangan. Patologik anatomiyasi. Tomirlar ishemiyasi, seroz shish, fibroz ekssudasiya aniqlanadi. Bu o’zgarish butun o’pkani egallaydi, o’pka olchami kattalashgan jigar qattiqligidek bo´ladi.Rentgenogrammada: Ikki tomonlama mayda ochoqlar. Ornitoz uchun o’pka suratining kuchayganligi va deformasiyasi xarakterlidir. Paraklinik belgilar: Umumiy qon tahlilida: EChT ortishi, leyko’peniya, limfositoz, ba'zan eozinofiliya. Immunogrammasida immunoglobulin G oshadi.
Davosi: Asosan antibakterial dorilar buyurtiriladi Biseptol - 8-10 mg/kg sutkada 2 marta. Kursi 10-20 kun. Eritromisin - 30-50 mg/kg sutkada. Chaqoloqlarga kuniga 2 marta. Kursi 15-20 kun. Klaforan - 50-100 mg/kg sutkada. Chaqaloqlarga sutkasiga 2 marta, tana vazni 50 kg bo’lganlarga sutkasiga 3-4 marta, parenteral. Kursi 10-15 kun. Fortum - 2-oygacha 25-60 mg/kg sutkada 2 marta. Kursi 7-10 kun. Seftriakson (longasef) 20-80 mg/kg sutkada parenteral 10-15 kun. Roksitromisin (rumid) kattalar uchun 0,15 g sutkada 2 mahal 10-15 kun. Tarivid - kattalar uchun 0,2-0,8 g sutkada 2 marta. Davo kursi 7-14 kun.
Dostları ilə paylaş: |