Tibbiyot Oliy o'quv yurtlari uchun o'quv adabiyoti


ORTTIRILGAN YuRAK NUQSONLARI



Yüklə 8,52 Mb.
səhifə20/226
tarix02.01.2022
ölçüsü8,52 Mb.
#1252
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   226
Chaqaloqlik davri

Boshqacha aytganda, bu davr neonatal davr deyiladi. Chaqaloqlar uchun homiladorlikdan tashqari yangi muhitga moslashish holati xarakterlidir. Bola tug'ilishi bilan kislorod va ozuqa moddalarni organizmga kirishi o'zgaradi, o'pka nafasi va doimiy qon aylanish yaratiladi. Qonning morfologik va fiziko - kimyoviy xususiyatlari o'zgaradi, ovqatlanish bezlarini sekresiyasi boshlanadi. Bir vaqtning o'zida kindikning mumifikasiyasi va tushishi, bolada kindik yarasining bitishi va boshqalar yuz beradi.

Chaqaloqlarda turli organlarning funksional yetishmovchiligi fiziologik sariqlik, dispepsiya, albuminuriya, tranzitor isitma, tana vaznining fiziologik yo'qolishiga sabab bo’ladi. Ona organizmining gormonal ta'siri sababli, chaqaloqlarda mastit - ko'krak bezlari shishi, qindan qon aralashma kelishi va vulvovaginitlar paydo bo’ladi.

Chaqaloqlik davri uchun quyidagi patologik holatlar harakterlidir: chalalik, funksional yetishmovchilik va boshqa rivojlanish nuqsonlari - faqatgina, chaqaloqlik davrida rezus nomutanosiblik holati uchraydi, ona va bola o'rtasida antigen nomunosiblik, tug'ma gemolitik kasallik sariqlik bilan, sariqsiz va shish bilan uchraydi.

Chaqaloqlar qizamiq, qizilcha, skarlatina va ko'kyo'tal bilan umuman og'rimasliklari mumkin. Bo'g'ma, qorin tifi, paratif kasalliklari, suv chechak o'ziga xos kechishiga ega bo'lib, abortiv shaklda kechadi.

Chaqaloqlar organizmining bu infeksiyalarga chidamliliigi onadan bolaga antitelolarning yo'ldosh orqali passiv holda homila ichi davrida va ko'krak suti bilan ovqatlantirilganda o'tishi bilan tushuntiriladi. Chaqaloqlarda stafilokokk, strektokokk, ichak tayogchalari shtammiga va salmonellyozga yuqori sezuvchanlik aniqlanadi. Bu mikroorganizmlar chaqaloqlarda og'ir toksikoseptik holatlarni chaqiradi.

Chaqaloqlarda markaziy nerv sistemasi yetuk emasligi, himoya vazifasi yetarli rivojlanmaganligi yuqori o'lim holatiga olib keladi. Shuning uchun chaqaloqlar uchun aniq sanitariya - gigiena sharoitini yaratishga to'g'ri keladi. Agar bola muddatidan oldin tug'ilsa (270 - 280 kundan oldin) u chala tug'ilgan deyiladi, lekin yashashi mumkin, ya'ni bachadon ichidan tashqarida (homila ichidan tashqari) ham o'sishi mumkin. Homiladorlik muddatidan oldin yuzaga kelsa, bola chala, yetuk bo'lmay tug'iladi.

Bunday chala tug'ilgan bola, homiladan tashqari sharoitga yetarli darajada moslashmagan va alohida parvarishga muhtoj bo’ladi. Shuning uchun aniqlash zarur, u yetuk tug'ilganmi yoki chala tug'ilganmi?

Bolaning yetuk tug'ilganligini aniqlash uchun birinchi navbatda bola tug'ilgandan so'ng bo'yi va vaznini hisobga olish kerak, ular yaqqol belgilarga kiradi. Yuqorida aytib o'tilganidek, yetuk tug'ilgan bolaning tug'ilgandagi o'rtacha vazni 3.200-3.600 g, bo'yi 48-52 sm. yetuk tug'ilgan bolada tug'ilgandagi eng kichik vazni 2.500 g, bo'yi 45-46 sm. Chaqaloq bolalar, tug'ilganda 2500 g dan kam vazni bo'lsa va bo'yi 45 smdan, kichik bo'lsa bola chala tug'ilgan deyiladi. Umuman olganda, homila 6 oylikdan oldin tug'ilsa va vazni 900-1000 g bo'lsa, u yashamaydi.

Chalalikning pastki chegarasida vazn 1000 gdan kam, bo'yi 35 sm. Chaqaloqlar bu ko'rsatkichlardan past tug'ilsa, kechki homila tushishlarga kiradi.

Yuqorida keltirilgan korsatkichlar, bolaning bo'yi va vazni tug'ilganda yetuk tug'ilishning ko'proq yoki kamroq ishonchli belgilari hisoblanadi, lekin bu ko'rsatkichlarning o'zgarib turishi ushbu chaqaloqning yetuk yoki chala tug'ilganligini belgilovchi asos bola olmaydi. Muddatidan oldin tug'ilgan yirik homila yetuk tug'ilgan chaqaloqlardan ham kattaroq bo'lishi mumkin. Shuning uchun tana vazniga - o'lchamiga ahamiyat berib qolmasdan, homiladorlikning oxirgi haftalarida homilada uchraydigan boshqa nisbiy belgilarga ham e'tibor berish.


Yüklə 8,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   226




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin