Tibbiyot Oliy o'quv yurtlari uchun o'quv adabiyoti



Yüklə 8,52 Mb.
səhifə202/226
tarix02.01.2022
ölçüsü8,52 Mb.
#1252
1   ...   198   199   200   201   202   203   204   205   ...   226
Interferonlarning 3 ta turi farqlanadi:

a - interferon - leykositar, leykositlar tomonidan ishlab chihariladi;

b - interferon, epiteloid hujayralar tomonidan ishlab chihariluvchi;

v - interferon - immun, limfositlar tomonidan ishlab chihariladi.

Eng keng qo’llaniladiganlari:

1) mamlakatimizda ichlab chihariladigan - reaferon (02 - interferon)

2) roferon A - A-a2 interferon;

3) nitron A - 1x2-interferon


Davolashning birinchi haftasida sitolitik kriz - transaminazalar faolligining keskin oshishi kuzatilishi mumkin. Eng tez nojo’ya ta'siri grippsimon holat hisoblanadi: febril tana harorati, artralgiyalar, infeksiyadan keyin 2-5 soat ichida paydo bo’luvchi. Ushbu hodisalarning oldini olish maqsadida parasetamolni qabul qilish va dori vositasini uyqudan oldin yuborish tavsiya qilinadi. 2-interferonning ancha yuqori dozalari qo’llaniladi. Kattalardagi surunkali virusli gepatitda 10.000.000 ME dozalarini haftasiga 3 marta 6 oy mobaynida m/o, delta gepatitda va gepatit S da 12-24 oy mobaynida qollaganda remissiyaga erishish imqoni bo’ldi. qayta kurslar tayinlash taqozo etiladi. Bolalar yoshidagi gepatologiyada №1 dori vositasi bo’lib oshib boruvchi dozalardagi viferon-gen-injenerli, rekombinant a2-interferon (unga antioksidantlar - vitamin Ye va S lar qo’shilgan) hisoblanadi. Viferon shamchalar ko’rinishida rektal kiritiladi. Kichik maktab yoshidagi bolalarda 500000ME dozasi kuniga ikki mahal qo’llaniladi va 4 yoshgacha bo’lgan bolalarda kuniga 2 mahal 250000 ME dozadan. Davolash kursi davomiyligi 5-10 kun har kuni va keyingi tutib turuvchi terapiya 3-6 oy mobaynida haftasiga 3 marta. Surunkali virusli gepatit V va jigar sirro’zida interferogenez ko’rsatkichlarining keskin tushib ketishi kuzatiladi. Viferon terapyaisi garoitida bu ko’rsatkichlar 2-4 karra ko’tariladi, lekin bu yetarli emas. Shuning uchun 3 oydan keyin interferonning qayta kurslari tavisya qilinadi. Gepatit V da Viferon bilan tutib turuvchi terapiyaning chozilgan kursi sxemasi - haftasiga 3 mahal 12 oy mobaynida, va delta infeksiya va gepatit S da ancha uzoq terapiyasi - ishlab chiharilyapti.

Immunokorrektorlardan levamizol, BSJ vaksinasi, T-aktivin, timalin qo’llaniladi. Timalin kuniga bir marta 1 kg tana vazniga 0,11 mg hisobidan 5 kun mobaynida qo'llaniladi. qayta kurs 3 oydan keyin tavsiya qilinadi. Minimal faollik mavjud bolalarda klinik-biokimyoviy yaxshilanish, hujayraviy immunitet korreksiyasi kuzatiladi, lekin ifodalangan faollikda jarayonning faollashuvi kuzatilishi mumkin.

Dektoksikasiya maqsadida surunkali virusli gepatitda va jigar sirro’zida ekstrakorporal uslublar qo’llaniladi: plazmoferez va gemosorbasiya. Ushbu uslublar bir vaqtning o’zida immunitetning gumoral zanjiri giperproduksiyasini pasaytiradi, autoimmun komponentni kamaytiradi. Eng optimal sxema - 5 kun intervalli 3 ta seans. Umumiy oqsil, albuminlar miqdori kamayishi plazmoferez uchun harshi korsatma hisoblanadi. 1 seans ichida sirkulyasiyalovchi zardobning 60-70% chihariladi. Plazmo o’rnini bosish kristalloid va dekstranli eritmalar bilan 3:1 nisbatda amalga oshiriladi.Autoimmun gepatit va faol jigar sirro’zida davolashning asosiy turi kortikosteroid terapiya hisoblanadi, u jarayonning to’liq stabilizasiyasigacha davom ettiriladi. Avval davolash kursi, keyin tutib turuvchi kurs tayinlanadi. Odatda autoimmun shakllarida uchraydigan jigardagi jarayonning kuchli va keskin ifodalanganligida prednizolon kuniga 1,0-1,5 mg/kg dozada beriladi, bu maktabgacha yoshdagi bolalar uchun kuniga 15-25 mg ni, maktab yoshidagi bolalar uchun - kuniga 30-50 mg ni tashkil etadi. Ushbu dozani bola 2-3 oy mobaynida klinik-yuiologik remissiya paydo bo’lgunicha oladi. Sekin-asta bola prednizolonning tutib turuvchi terapiyasiga 2 yil mobaynida o’tkaziladi.Minimal faollikdagi surunkali gepatit V kortikosteroidlar bilan davolashga muhtoj emas.

Autoimmun gepatitga qaraganda ifodalangan faollikda immunopatologik jarayonni bosish uchun prednizolon qisqa kurslar bilan tayinlanadi. Reaferon dori vositalari prednizolon dozasi 19 mg va undan kamga tushirilganda tayinlanadi. Jigar surunkali kasalliklarini davolashda yangi alterantiv yondoshish sifatida odam fetal to’qimalarini transplantasiya (implantasiya) qilish hisoblanadi, u fetal to’qimalardagi biologik faol moddalar bilan organizmni ta'minlashga asoslangan.



Gepatit V ga qarshi emlash. Passiv immunizasiya uchun HBsAg ga yuqori titrdagi antitanchalarni tutuvchi spesifik Ig ishlatiladi. Vaksinasiyani virusli gepatit V bilan zararlanish xavfi yuqori bo’lgan kishilarda amalga oshiriladi. Faol emlashga infeksiya rivojlanish xavfi yuqori bo’lgan shaxslar kiritiladi:

- virusli gepatit bilan kasallangan onalardan tug’ilgan bolalar yoki HbsAg tashuvchilar, sababi bunda 30-40% bolalarning infisirlanishi kuzatiladi;

- gemodializ va gepatologik bo’limlarning tibbiy xodimlari, shuningdek bemor qoni bilan bevosita qontaktda bo’lgan shaxslar, tibbiy institutlar va orta tibbiy muassasalari talabalari ishlab chiharish amaliyotlari oldidan;

- surunkali virusli gepatit bemorlar oilasi;

- epidemiologik noqulay regionlarga ketayotgan sayoglar;

- aholi orasida HBsAg tashuvchilarning yuqori darajasi (8-15% va ko’prOq) mavjud tumanlardagi shaxslar;

- chaqaloqlalarni reja asosida immunizasiyasi, populyasiyada tashuvchilar soni 2% dan ko’p bo’lsa va 8-15% ga yetsa.

Gepatit V ga harshi birinchi emlash sog’lom o’ta-onalardan tug’ilgan sog’lom chaqaloqlarga BSJ emlashidan oldin AKDS ning 2-emlashidan keyin bolaning 5-6-oylarida amalga oshiriladi. Xavf guruhidan to’hilgan chaqaloqlarga emlash 4 marta: hayo’tining 1-kunida, 1, 2 va 12 oydan keyin amalga oshiriladi. Gepatit S ga harshi vaksina hali ishlab chiharilmagan.



Vaksinalarning quyidagi turlari ishlatiladi: gepatit V ga harshi rekombinant vaksina "Kombio’tex LTD" firmasiniki, HBV ax Ye, Endjeriks - V, Pec-HnsAg. Birinchi uchta vaksina qollanilganda 10 yoshdan katta bolalar va kattalar uchun 20 mkg/1ml doza kiritiladi, HBVax vaksinasi qo’llanilganda 11-19 yoshdagi bolalarga 5 mkg/0,5 ml dozasi, 20 yoshli va katta shaxslarga 10 mkg/1 ml dozasi kiritiladi.

Yüklə 8,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   198   199   200   201   202   203   204   205   ...   226




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin