Tibbiyot Oliy o'quv yurtlari uchun o'quv adabiyoti


Sun'iy va aralash ovqatlantirish



Yüklə 8,52 Mb.
səhifə108/226
tarix02.01.2022
ölçüsü8,52 Mb.
#1252
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   226
Sun'iy va aralash ovqatlantirish

Sun'iy ovqatlantirish - bolani ona suti o'rnini bosuvchi aralashmalar bilan shisha idishdan ovqatlantirish, bunda bolani kuniga bir marta ko'krak suti bilan emizish yo’ki ko'krak suti xajmi 50-100 ml ga teng bolishi ham mumkin.

Sun'iy ovqatlantirish bola uchun fiziologik hisoblanmaydi, bolaning kelgusi hayotidagi biologik xususiyatlarni o'zgarishi va kasallanish spektrini o'zgartiradi. Aralash va sun'iy ovqatlantirish faqatgina hayot ko´rsatmasiga asosan o'tkaziladi, agar onasida adekvat laktasiya bolmasa, bolada surunkali och qolishga yuqori moyillik bo'lsa.

4-10% tuqqan ayollarda adekvat laktasiya bo´lmaydi.

Ona tomonidan tabiiy ovqatlantirishga qarshi ko'rsatmalar:


  • Sil kasalligining basillo ajralishi bilan kechadigan ochiq shakli;

  • VICh infeksiyasi;

  • O´ta xavfli infeksiya (chechak, sibir yarasi), qoqshol;

  • Yurak, buyrak, jigar kasalliklarining dekompensasiya davri;

  • O'tkir ruhiy kasalliklar;

  • Xavfli o´smalar;

Agar onasi quyidagi yuqumli kasalliklar - qizamiq, suv chechak bilan kasallangan bo'lsa, u holda bolaga immunoglobulin yuborilgandan so'ng ko’krak bilan emizilsa bo´ladi. Terlama, surunkali gepatit, ich burug, salmonellezda - ona sutini sog´ib, sterilizasiyadan keyin bolaga berish mumkin. O’RVI, angina, bronxit va pnevmoniyadan keyin onaning tana qarorati tushsa va umumiy ahvoli yaxshilansa bolani emizishga ruxsat beriladi. Bunda niqobdan foydalanish kerak va emizish orasida ona va bola muloqotini chegaralash kerak.

Bolani emizishga jiddiy qarshi ko’rsatma, shuningdek sog'ilgan sut bilan xam boqishga qarshi ko'rsatma bo’lib, onaning davosida ba'zi dori vositalarni ishlatish hisoblanadi.


Yüklə 8,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   226




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin