Laktasiyani ushlab turish usullari
1. Kun tartibiga rioya qilish: uyqu - kuniga 10 soat, toza havoda aylanish - kamida 2 soat;
2. Ko'p suyuqlik iste'mol qilish (kuniga 1,5-2 l)
3. Bolani tez - tez ko’krakka tutish, tungi emizishni cheklamaslik.
4. R.I.Zeyts bo'yicha dush va massaj qabul qilish: bolani emizgandan so'ng va sutni sog'ib bo'lgandan so'ng ko'krak beziga issiq suv qo'yish (45° S) bilan bir mahalda massaj (yuqoridan pastga so'rgichdan periferiyaga) o'tkaziladi, shu vaqtda sut soqiladi. Davomiyligi 5-10 daqiqa, muolaja kuniga ikki mahal o'ng va chap ko'krak uchun o'tkaziladi.
5. Emizishdan 30 daqiqa oldin sutli choy ichiladi.
6. Emiziklik onaga polivitaminlar buyuriladi.
Dostları ilə paylaş: |