BOLALARDA KONSTITUSIYa ANOMALIYaLARI.
DIATEZLAR
Diatezlar (diatheses: grek tilidan diatesis biror narsaga moyillik) - konstitusiya anomaliyalari, ba'zi bir kasalliklarga moyillik va odatdagi qo’zgalishlarga ma'lum bir tiplarning noadekvat reaksiyalari bilan xarakterlanadi.
Asrlar o’tishi bilan "konstitusiya" atamasining moqiyati o’zgardi. Gippokrat "yaxshi konstitusiya" atamasida organizmning to’rt suyuqlik garmoniyasini tushungan; Galen "pnevmaning" turli xil holati haqida aytgan; Paraselz sog’lom odam tanasida tuzlar, oltingugurt yoki simobning ustunligi bilan tushuntirgan.
Keyinchalik kasallik tananing alohida tuzilishi yoki tarkibi bilan bog’liq degan fikrlar aytilgan. XVII asrda konstitusiya - temperament haqidagi bilimlar, keyinchalik konstitusiyani tana tuzilishining tashqi xususiyatlari bilan ham boqlashgan. XIX asr o’rtalarigacha odam patologiyasi haqidagi fanlarda gumoral yonalish (qon, limfa, sharbatlar o’zgarishi) saqlangan. Konstitusiya to’g’risidagi noilmiy tasavvurlar ko’p yillar davomida saqlangan. 1846 yilda Rokitanskiy tomonidan (o’ha vaqtlarda tibbiyotda tan olingan mualliflardan) "Patologik anatomiya" kitobi chop etilgan, unda kasallikning patologo - anatomik tomonlari korsatilishi bilan birga, qon tarkibining buzilishi hisobiga kasallikning paydo bo’lishi teoriyasi kelib chiqadi degan fikr kiritilgan. Virxov ishlaridan keyin kasalliklarning yuzaga kelishi qon tarkibidagi o’zgarishlardan paydo bo´ladi degan fikr inkor qilindi, kasallikka esa hujayra patologiyasi deb qarala boshlandi.
Pediatrlarni konstitusiya va diatezlarning umumiy tibbiy va klinik tushunchalari bilan Mixail Stepanovich Maslov tanishtirdi. M.S. Maslov pediatriya tarixiga ko’p vaqti va ishlarini bolalardagi konstitusiya anomaliyalari va diatezlarni organishga ba?ishlagan olim sifatida kirdi.
Hozirgi vaqtda diatez tushunchasi deganda, bola organizmining nasldan-naslga o'tadigan alohida xususiyatga ega holati, kasalliklarni yengilroq yoki og’ir kechishini aniqlaydigan, odatdagi muhit ta'siriga organizmning noadekvat javobi tushuniladi.
Diatez tushunchasidan korinib turibdiki, bu holatlarga hech qachon kasallik deb qarash kerak emas. Aniqroqi diatezlarni noqulay tashqi va ichki ta'sirlar natijasida (bolaning norasional kun tartibi, ovqatdagi o’zgarishlar, parvarish nuqsonlari, surunkali yuqumli kasallik va emosional stresslar) kasallikka olib keluvchi odam konstitusiyasining anomaliyalari yoki adaptasiyaning buzilishi deb qarash mumkin.
Diatezlarning rivojlanish mexanizmi vegetativ nerv tizimi va ichki sekresiya bilan bog’liq. Tashqi muhit sharoiti o’zgarganda (ovqatlanish, kun tartibining buzilishi, organizm kasalliklari), markaziy yo’ki vegetativ nerv tizimining funksional buzilishlarida nerv-regulyator mexanizmlar organlar va moddalar almashinuvining to'g'ri funksiyasini ta'minlay olmaydi, buning natijasida organizmning tashqi muhitga moslanishi susayadi, reaktivligi ozgaradi, aniq bir kasalliklarga moyillik yuzaga keladi. Diatezlarda hattoki fiziologik qo’zgatuvchilar va odatdagi hayot sharoiti patologik reaksiyalarni chaqirishi va kasallikka olib kelishi mumkin. Kasalliklarga moyillikni pasaytirish yo’ki ba'zida bartaraf qilish mumkin.
Konstitusiya anomaliyalari bor bolalar o’tkir respirator infeksiyalar bilan tez kasallanadi, ularda kislota - asos balansining buzilishi, oqir toksikozlar, talvasa sindromi, septik va yalliglanish jarayonlar rivojlanishiga moyillik bo´ladi. Diatezlarning alohida shakllari keyinchalik teri, oshqozon-ichak trakti, siydik chiqarish yo’llari va suyak-bo'g’im tizimining surunkali patologiyasiga aylanishi mumkin.Ekssudativ-kataral (ekssudativli) diatez - erta yoshdagi bolalarga xos konstitusiya anomaliyasi bo’lib, teri va shilliq qavatlarning qaytalanuvchi deskvamativ zararlanishi, allergik reaksiyalar rivojlanishi va yalliglanish jarayonining choziluvchan kechishi, shuningdek, suv-tuz almashinuvi buzilishi va limfoid giperplaziyaga moyillik bilan xarakterlanadi. 30-53% erta yoshdagi bolalarda ekssudativ - kataral diatezning qisqa vaqtli belgilari aniqlanadi. Ko’pgina bolalarda ekssudativ - kataral diatez patogenezida oshqozon-ichak traktining yuqori o’tkazuvchanligi, semiz hujayralar membranalarining yetarli bo’lmagan stabilligi, biogen aminlar va oqsillarni parchalaydigan fermentlar aktivligining pastligi muhim ahamiyatga ega.
Ekssudativ-kataral diatezning asosiy xususiyati shundan iboratki uning boshlanish vaqti ona (bolani ko’krak suti bilan emizganda) yo’ki bola ovqatida gistamin va gistamin liberatorlari ko’p bo’lgan maxsulotlar - qulupnay, yer yonqoq, sitruslilar, shokolad, baliq, pishloq, kolbasa, tomatlar, karam iste'mol qilinishi bilan bog’liq; bunda yuzaga keladigan allergik reaksiyalar immun mexanizmlar ishtirokisiz paydo bo´ladi.
Ekssudativ-kataral diatezli bolalarga xarakterli bo’lgan belgilarga quyidagilar kiradi: tana vaznining ortiqligi, kerikish, hayotining birinchi oyidan boshlab bicqilish, gneys (boshining soch qismida yogli seboreyali tangachalar), terining quruqligi va oqarishi, sutli strup – yo’noq terisi va jag’ning qizarishi, keyinchalik qipiqlanish. Ko’p ho’llarda terida eritematoz-papulezva eritematoz-vezikulez qichishadigan toshmalar, tirnalganda ikkilamchi infisirlanishi mumkin bo’lgan toshmalar paydo bo´ladi. "Geografik til", ozgaruvchan najas, choziluvchan kon'yuktivitlar, rinitlar, obstruktiv bronxitlar, ko’p ho’llarda kamqonlik, raxit aniqlanadi.
Organizmda suv, natriy, kaliy va xloridlar ushlanib qolishi kuzatiladi, lekin interkurrent kasalliklarda suvsizlik tez rivojlanadi. Moddalar almashinuvining xususiyati metabo’lik asidoz, erkin-radikal lipidlarning qayta oksidlanishi, gipoproteinemiya, giperglikemiya va giperlipidemiyaga moyillik, jigar funksiyasi buzilishi hisoblanadi. 3-4 yoshda ekssudativ-kataral diatez vujudga kelishi asta-sekin yo’qoladi.
Diagnoz anamnestik va klinik ma'lumotlarga asoslangan. Differensial tashxis allergik diatezlar bilan o’tkaziladi. Agar teri va boshqa allergik ko'rinishlar oddiy allergen ta'sirlar natijasida yuzaga chiqsa, davolashga qaramasdan kuchayib borsa va bolaning ota-onasi allergik kasalliklar bilan kasallangan bo’lsa, bemorda allergik diatez va aniq allergikkasallik (masalan, atopik dermatit) tashxisi qo’yiladi.
Ekssudativ-kataral diatezi bor bolalar pediatr dispanser kuzatuvi ostida bo’lishiga kerak. Kerak bo’lganda allergolog, dermatolog va boshqa mutaxasislar konsultasiyasi o’tkaziladi. Bola va onasiga ko’krak suti bilan emizish vaqtida, rasional ovqatlanishni uyushtirish muxim axamiyatga ega. Allergiya chaqiradigan maxsulotlarni, yengil hazm bo´ladigan uglevodlarni chegaralash lozim. Bir yoshgacha bolalarni sun'iy ovqatlantirilganda nordon aralashmalar tavsiya qilinadi. Allergenlarni topishda anamnez, "ovqat kundaligini" tuzish va maxsus allergolik tekshirish yordam beradi. Uyda gipoallergenli muhit yaratish zarur, eng ko’p tarqalgan allergik vositalarni man etish (penisillin, asetilsalisil kislota, vitamin V1, biologik dori vositalari). Profilaktik emlash haqidagi savollar individual yecqiladi, ular medikamentoz tayyo’rlashdan keyin (giposensibilizasiya, antigistamin dori vositalari) ekssudativ-kataral diatez qaytalangandan keyin, 1-oydan kam bo’lmagan vaqtda o’tkaziladi.
Allergik zararlanishda V6, A, Ye, V5 vitaminlari yoshiga mos davo dozasida asta-sekin qollaniladi, antigistamin dori vositalari (masalan, suprastin, tavegil, dimedrol, ketotifen, zaditen) qo’llaniladi. Teri zararlanishi bo’lgan bolalarga moychechak, moychechak damlamasi bilan vannalar, 1%li indometasin moyi buyuriladi.
Ekssudativ-kataral diatezning birlamchi profilaktikasi perinatal davrda olib boriladi va homilador ayollar va ko’krak yoshidagi bolalarni rasional ovqatlanishi, obligat allergenlar bilan muloqotni bartaraf qilishni o’z ichiga oladi.
Allergik diatez - allergik kasalliklarga moyillik bilan xarakterlanadigan konstitusiya anomaliyasi. Yu.E.Veltishev (1984 y) va I.M.Voronsov (1985 y) immunologik reaksiyalar xususiyatlariga bog’liq holda allergik diatezni quyidagi shakllarini ajratishni taklif qiladi: atopik, autoimmun, infeksion-allergik.
Allergik diatez poligen irsiylanishga ega. Turli oilalarda allergik reaksiyalarga yuqori moyillik turli omillarga bog’liq: IgYe ning yuqori sintezi, immun tanqislik, nafas yo’llari va ichak epiteliyalari gliko’proteinlari, bakteriyalar, zamburug’lar va boshqalar bilan o’xshashligi bilan xarakterlanadi. Allergik kasalliklar allergenlarni parchalanmagan holda tabiiy barer orqali o'tishi natijasida va atrof-muxit omillari, infeksiya ham qo’zg’atuvchi rolni o'ynaydi, gipovitaminozlar, shilliq qavatlarning to’siq xususiyati buzilishi natijasida yuzaga kelgan anemiya ta'sirida rivojlanadi.
Allergik diatezlarda bola hayotining birinchi yilida ekssudativ-kataral diatezga oxshash terining zararlanishi bo’lishiga mumkin, shuningdek, ekzema, maktabgacha yoshda nafas yollari allergik kasalliklari, immun-kompleks kasalliklar (masalan, biriktiruvchi to’qimaning diffuz kasalliklari), maktab yoshida asosan ekzema, atopik dermatit, teri va nafas organlarining bir vaqtdagi allergik kasalliklari, autoimmun va immunokompleks kasalliklar kuzatiladi.
Allergik diatez diagnozi genealogik anamnezga asoslanadi, agar allergik kasallik o’rtasida bo’lsa 30% bolalarda bu diatez rivojlanadi, agar allergik kasallik onasida bo’lsa bolada 50% holda, agar allergiya ikkala ota-onasida diagnostika qilingan bo’lsa 75% bolalarda diatez rivojlanadi. Bolada allergik zararlanishni yuzaga kelishi tashqisni asoslaydi, uning rivojlanishida immun mexanizmlar qatnashadi (ekssudativ-kataral diatezdan farqi); oxirgi tashqis allergologik tekshiruvdan so’ng qo’yiladi.
Allergik zararlanishning davosi mutaxasislar tomonidan o’tkaziladi (masalan, allergolog, dermatolog).
Dostları ilə paylaş: |