Tibbiyot Oliy o'quv yurtlari uchun o'quv adabiyoti



Yüklə 8,52 Mb.
səhifə186/226
tarix02.01.2022
ölçüsü8,52 Mb.
#1252
1   ...   182   183   184   185   186   187   188   189   ...   226
YUVENIL REVMATOID ARTRIT

Yuvenil revmatoid artrit (YuRA) – to’xtovsiz progressiyalanuvchi kechish xususiyatli murakkab autoimmun patogenezga ega, patologik jarayonga ichki a'zolar qo'shilishi va bolalarda nogironlik rivojlanishi bilan kechadigan noma'lum etiologiyali bo’g’imlarning surunkali yalliglanish kasalligidir.

YURA tasnifi

Zararlangan bo’g’imlar miqdori va u yoki bu tizimli korinishlar ustunligiga harab quyidagilar ajratiladi:

A) intermittirlanuvchi isitma, revmatoid toshma, gepatosplenomegaliya, limfadenopatiya, poliserozit, giperleykositoz, anemiya qo'shilishi bilan kechuvchi bo’g’imlardagi ekssudativ o’zgarishlari mavjud oligoartrit (mamlakatimiz tasnifiga binoan - YuRA ning allergoseptik varianti);

V) bo’g’imlardagi proliferativ o’zgarishlar ustunligi, bo’g’imlar deformasiyasi va qontrakturalar tezda rivojlanishi va limmfoadenopatiya bilan birga umurtqa pOqonasi bo’yin bo’limi zararlanishi, gepatosplenomegaliya, anemiya, ortamiyona leykositoz, ba'zida isitma, toshma va poliserozit bilan kechuvchi poliartrit yo’ki generalizasiyalangan artrit (mamlakatimiz tasnifi bo’yicha - Still varianti);

2. Tizimli ko’rinishlarsiz YuRA ning poliartikulyar varianti:

A) seropozitiv kichik tip (revmatoid omil (RO) borligi bilan);

B) seronegativ kichik tip (RO siz);

3. Tizimli korinishlarsiz YuRA ning oligoartikulyar varianti:

A) antinuklear omil mavjud kichik tip, RO siz va iridosiklit rivojlanishining yuqori xavfi bilan;

B) HLA B27 gistomoslik antigeni mavjud bo’lgan kichik tip, RO siz va iridosiklit rivojlanishi yuqori bo’lgan xavfi bilan;

Klinik manzarasida isitma, toshma, limfadenopatiya, gepatosplenomegaliya, lekin turgun artritsiz artralgiyalar bilan qosqilib keluvchi giperleykositoz ustun keladigan kasallik revmatoidsimon kasallik (Vissler-Fankoni psevdosepsisi) sifatida haraladi. Revmatoid artrit sinovial qobiglarning surunkali yiringsiz yalliglanishi bilan xususiyatlanadi. Bo’g’im suyuqligining ortiqcha sekresiyasi bo’g’im ichi nazlasi hosil bo’lishigaa olib keladi. qalinlashgan sinovial qobiq bortiqlari vorsinalar hosil qiladi, ular bo’g’im boshligiga chiqib turadi; giperplazirlangan sinovial qobiq YuRA da bo’g’im tog'ayi yuzasi bo'ylab tarqaladi va u bilan yopishadi (pannus hosil bo’lishiga). Kattalar revmatoid artritiga nisbatan bo’g’im tOqaylarining turgun buzilishi kechroq yuzaga keladi; ko’pchilik YuRA li bolalarda uzoq davom etayo’tgan sinovitga haramasdan, ba'zan bo’g’imlarning turg’un zararlanishi paydo bo’lmaydi. Bo’g’im strukturalari destruksiyasi YuRA ning revmatoid omili bo’yicha musbat shaklida yo’ki tizimli korinishlar bilan boshlanuvchi shaklida yuzaga keladi.

YuRA ning poliartikulyar varianti

A) seropozitiv kichik tipi (RO bilan)

Bu guruh bemorlari orasida maktab yoshidagi qizlar ko’p uchraydi. Klinik korinishlari: 50% bemorlarda bo’g’imlarning deformasiyasi bilan simmetrik poliartrit, tana vazni kamayishi va boy osishda ortda qolish.

V) seronegativ kichik tipi (RO siz)

Bu variant bo’g’imdan tashhari klinik korinishlar (subfebrilitet, retikulogistiositar tizim reaksiyasi, kardit) bilan birga kelishi mumkin. Ko’pincha nogironlik rivojlanishi 15% ga yetadi. Artrit bora-bora rivojlanadi, sekin-asta bo’g’imlar si?i?ligi oshishi, shishi va harakati pasayishi kuzatiladi. Bundan tashhari, artrit

simptomlarining tosatdan paydo bo’lishiga bilan kechadigan kasallikning shiddatli shakllari bayon qilingan. Zararlangan bo’g’imlar shishgan, paypaslaganda qaynoq seziladi, lekin bo’g’im sohasida teri qizarishi uchrashi kam. Bo’g’imlarning qavariqligi periartikulyar shish, bo’g’im boshligida nazla paydo bo’lishiga va sinovial qobiq qalinlashishi oqibatidir. Zararlangan bo’g’imlar paypaslanganda ogriqli bo’lishiga mumkin, og’riqlar harakat vaqtida qayd etiladi; shu bilan birga ushbu kasallik uchun kuchli og’riqlar xos emas va ko’pgina bolalar aniq yalliglangan bo’g’imlardagi og’riqlarga shikoyat qilishmaydi. Kasallikning erta bosqichlarida bo’g’imlar harakatining cheklanishi muskulatura spazmi, bo’g’im boshligiga nazla chiqishi va sinovial qobiqlarning proliferasiyasi bilan bog’liq; ancha kech bosqichlarida harakat cheklanishi bo’g’im yuzalari destruksiyasi va ankilozi yo’ki yumshoq to’qimalar qontrakturasi natijasida sodir bo’ladi. Kichkina bolalarda, bo’g’imlarning ko’p sonli zararlanishida serjagllik oshishi kuzatiladi. Bolalar bo’g’imlarini u yoki bu harakatdan qunt bilan ehtiyot hilgan holda tipik vaziyatni egallashadi.Sinovial qobiqga ega harqanday bo’g’imni zararlovchi artrit, ko’pincha tizza, bo’ldir-tovon, tirsak va bilak-kaft kabi yirik bo’g’imlarda boshlanadi.

Bo’g’imlar zararlanishi aksar qo’llarda simmetrik bo’ladi. Proksimal falangalararo bo’g’imlar yallig'lanishi barmoqlarda urchuqsimon yo’ki fuziformli o’zgarishlar hosil bo’lishigaa olib keladi; tez-tez kaft-falanga bo’g’imlarining zararlanishi qayd qilinadi; distal falangalararo bo’g’imlar shikastlanishi ham bo’lishiga mumkin.Poliartritli bolalarning yarmida tos-son bo’g’imlarning zararlanishi kuzatiladi, ular kasallikning oxirgi bosqichlarida paydo bo’ladi. Bu jarayon son suyagi boshchasi buzilishiga olib kelishi mumkin; tos-son bo’g’imining og’ir zararlanishi YuRA ning kech bosqichlarida nogironlikka olib keluvchi sababi hisoblanadi.


Yüklə 8,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   182   183   184   185   186   187   188   189   ...   226




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin