Qon aylanish organlarining shikastlanish semiotikasi.
Tekshirish usullari
Yurak qon-tomir xolatini baxolash uchun EKG-tekshirish usuli qo'llaniladi. EKGga tushirish, usulning teoretik asoslari hamma yoshdagilar uchun bir xildir. Bolalarda EKG natijalari (ba'zi EKG korsatgichlarining yoshidagi farqiga bog’liq xolda) murakkab.
P- tishi – qo’zgalishni bolmachalar miokardi boylab qozgalishini ifodalaydi. Tishning birinchi yarmi uning cho'qqisigacha o'ng bo'lmacha qo'zgalishiga teng, ikkinchisi - chap bo'lmachada. Sog'lom bolalarda R-tishining davomiyligi 0,1s dan oshmaydi. III standart yo'nalishda tish manfiy, ikki fazali yoki tekislangan bo´ladi. R-Q yo’ki R-R intervali o'z ichiga R-tishini va izoelektrik chiziq R-tishi tugagan joyidan Q tishigacha yoki R masofani oladi. Puls tezlashuvi natijasida interval o'zgaradi va uning kerakli normal qiymati jadval bo'yicha baholanadi.
Q - tishi bolalar EKGsining doimiy bo'lmagan elementi.Ba'zida, sog'lom bolalarda chuqur Q- tishi III-standart yo'nalishida kuzatiladi.
R-tishi yuqoriga yo'nalgan (tug'ma dekstrakardiyadan tashqari). Chaqaloqlar uchun bir yoki bir necha yonalishlarda tishlar balandligining to'lqinlanishi xarakterlidir.
S-tishi doimiy bo'lmagan manfiy tish. Erta yoshda I-standart yonalishda chuqur bo´ladi.
QRS-qorinchalar kompleksi miokarddagi qo'zgalishning tarqalishini (depolyarizasiya) va bu qozgalishning pasayishini (repolyarizasiya) aks ettiradi, bolalarda uning umumiy davomiyligi 0,35-0,40s ortmaydi va yurak qisqarishlar soni bilan uzluksiz bog'liq bo´ladi.
Yurak elektr o'qi - qorinchalar elektr faolligi bir tomonlama ustunlik darajasini va yurakni ko´krak qafasida joylashishini ko'rsatadi.
Ko'krak yo'nalishlarida R va S tishi yosh o'tishi sari o'zgaradi. Bu bola hayotining birinchi yilida yuz beradigan yurak burilishi va o'ng qorinchaning ko'krak qafasi yuzasiga joylashish darajasi o'zgarishiga bog'liq.
Kattalardan farqli bolalarda 15 yoshgacha T- tishi V1- V2 yonalishlarda manfiy yoki ikki fazali bo'lishi mumkin, bu norma hisoblanadi. 15 yoshdan kattalarda T-tishi katta odamlarnikidek bo´ladi. Tishlar qiymatini baxolashda millimetrdagi absolyut qiymati emas, balki bir-biri bilan nisbati qo'llaniladi.
Dostları ilə paylaş: |