Tijorat banklari faoliyatini tashkil qilish asoslari va ularning



Yüklə 15,75 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix16.12.2023
ölçüsü15,75 Kb.
#181014
tijorat banklari.



Tijorat banklari faoliyatini tashkil qilish asoslari va ularning 
funksiyalari


1.Tijorat banklari faoliyatini tashkil qilish asoslari va 
ularning funksiyalari.
2.Tijorat banklarining turlari.
3.Tijorat banklarining tashkiliy va funksional tuzilishi.



Bank bu shunday korxonaki, unda xom ashyo bo‘lib depozit 
va qo‘yilmalar hisoblansa, oxirgi tovar – bu berilgan 
ssudalardir. Depozit va qo‘yilmalar jalb qilingan qarz 
mablag‘lari, berilgan ssudalar esa – joylashtirilgan mablag‘lar 
bo‘lib hisoblanadi.
Har xil jismoniy shaxslar va tashkilotlardan pul mablag‘larini 
jalb qilish uchun, qarz hajmiga qarab ma’lum summani foizlar 
shaklida to‘lash kerak. Bo‘lmasa mablag‘ qo‘yuvchilar yoki 
boshqa bankni tanlaydilar, yoki pul saqlashni boshqa 
shakllariga o‘tadilar: masalan, oltin yoki valyuta sotib olish, 
boshqa moliyaviy vositachilar xizmatlaridan foydalanish va 
boshqalar. Pul saqlash shaklini tanlashda mablag‘ 
qo‘yuvchini ikkita muhim omil - moliyaviy vositachilarning 
ishonchli ekanligi va daromad olish darajasi (qarzga 
to‘lanadigan foizlar) ko‘proq qiziqtiradi.


ikkinchidan, banklar jismoniy va yuridik 
shaxslar oldida mijozlarning pul mablag‘larini 
hisob varaqlariga qo‘yish va jamg‘arma 
o‘tkazish, depozit sertifikatlarini chiqarish va 
boshqalar orqali qat’iy belgilangan qarz 
majburiyatlarini oladilar. Qat’iy belgilangan 
qarz majburiyatlar bilan faoliyat ko‘rsatish 
banklar uchun riskli hisoblanadi, chunki 
banklar o‘z kreditorlari oldida olgan 
majburiyatlarini to‘liq bajarishlari lozim. 
Investitsion fondlar esa o‘z aktivlari va 
passivlarining qiymati o‘zgarishi bilan bog‘liq 
risklarni o‘z aksiyadorlari zimmasiga 
yuklaydilar.
Biroq, bankning moliyaviy risklarning sub’ekti sifatida yuqorida keltirilgan boshqa 
sub’ektlar faoliyatidan farq qiladigan ikkita o‘ziga xos xususiyati mavjud:
birinchidan, banklar faqat ular uchun xos 
bo‘lgan qarz majburiyatlarini (depozitlar, 
omonat sertifikatlari va boshqalar) chiqaradilar 
va bu yo‘l bilan yig‘ilgan mablag‘larni boshqa 
sub’ektlar tomonidan chiqarilgan qimmatli 
qog‘ozlar va qarz majburiyatlariga 
joylashtiradilar. Bankning bu xususiyati 
moliyaviy broker va dillerlar faoliyatidan farq 
qiladi, chunki ular moliya bozorida o‘z qarz 
majburiyatlarini chiqarmasdan faoliyat 
ko‘rsatadilar.


O‘zbekiston Respublikasida bank tizimini tartibga soluvchi asosiy qonun hujjatlari O‘zbekiston Respublikasining 
Konstitutsiyasi, O‘zbekiston Respublikasining “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘RQ-580-son), 
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘RQ-582-son) va 
boshqa qonun, me’yoriy hujjatlardan iborat.
YUqorida keltirilgan qonun hujjatlarida Respublika hududida bank tizimining davlat tomonidan nazorat qilinishi, 
boshqarilishi, bank tushunchalariga va ularning operatsiyalariga ta’riflar keltirilgan.
Jumladan, O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasining 124-moddasida O‘zbekiston Respublikasining bank 
tizimini Respublika Markaziy banki boshqarishi belgilangan.1
O‘zbekiston Respublikasining “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi Qonunida bank tizimiga oid quyidagi asosiy 
tushunchalarga ta’riflar berilgan:
bank — bank hisobvaraqlarini ochish va yuritish, to‘lovlarni amalga oshirish, omonatlarga (depozitlarga) pul 
mablag‘larini jalb etish, o‘z nomidan kreditlar berish bo‘yicha bank faoliyati sifatida aniqlangan operatsiyalar majmuini 
amalga oshiruvchi tijorat tashkiloti bo‘lgan yuridik shaxs;




Tijorat banklarining turlari.
Yuqorida ta’kidlanganidek O‘zbekiston Respublikasida banklar 
ikkita pog’ona:
Birinchi pog’ona – Markaziy bank
Ikkinchi pog’ona – Tijorat banklaridan tashkil topgan.
Mulkchilik shakilga ko‘ra Markaziy bank Davlat banki hisoblanadi


Tijorat banklarining iqtisodiy roli uning 
faoliyat doirasining keng bo‘lishiga olib 
keladi. Bu sababli tijorat banklari quyidagi 
funksiyalarni bajaradi:
-vaqtincha bo‘sh turgan pul mablag‘larni 
yig‘ish va ularni kapitalga aylantirish;
-korxona, tashkilotlar va aholini kreditlash;
-iqtisodiyotda hisob-kitoblar va to‘lovlarni 
amalga oshirish;
-moliya-valyuta bozorida faoliyat ko‘rsatish;
-iqtisodiy-moliyaviy axborotlar berish va 
maslahat xizmatlarini ko‘rsatish va 
boshqalar.



Yüklə 15,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin