Tiklanishdan milliy yuksalish sari



Yüklə 59,67 Kb.
səhifə6/11
tarix08.02.2023
ölçüsü59,67 Kb.
#83541
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
14-mavzu. Sh.Mirziyoyev islohotlari (1)

Respublikasi Saylov kodeksi qabul qilindi. Unga muvofiq:
-Qonunchilik palatasida О‘zbekiston Ekologik harakati vakillariga kvota ajratish tartibi bekor qilindi;
-siyosiy partiyalarga saylovda qatnashish huquqini beruvchi imzo yig‘ish jarayonida saylovchilar tomonidan bir necha partiyalarni qо‘llab imzo qо‘yishlari mumkinligi belgilandi;
-ijtimoiy xavfi katta bо‘lmagan jinoyat sodir etgan shaxslarga nisbatan saylovda
ishtirok etishni cheklovchi normalar olib tashlandi;
-Markaziy saylov komissiyasi a’zolarining maqomi Parlament deputatlari
a’zolariga tenglashtirildi.
Hukumat islohotlari doirasida Bosh vazir о‘rinbosarlarining bir vaqtning о‘zida aksionerlik jamiyatlari, kompaniyalar va davlat ulushi mavjud boshqa tashkilotlarga rahbarlik qilish amaliyoti bekor qilindi.
О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi, Xorijiy investorlar kengashi tashkil etildi.
Qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilish yо‘nalishi bо‘yicha 2017-yilda Prezident huzuridagi Sudyalarni tanlash va lavozimlariga tavsiya etish bоrasida oliy malaka komissiyasi negizida sud hokimiyatining mustaqil organi sifatida Sudyalar oliy kengashi tashkil qilindi. Oliy sud va Oliy xо‘jalik sudi birlashtirilib, Oliy sud faoliyati takomillashtirildi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar Xо‘jalik sudlari Iqtisodiy sudlar
sifatida qayta tashkil etildi.
Sudya lavozimida bо‘lishning ilk marotaba 5 yillik, keyin 10 yillik va muddatsiz davri belgilandi. Konstitutsiyaviy va Oliy sudlarning sudyalari uchun sudyalik lavozimida bо‘lishning eng yuqori yoshi 70 yosh, boshqa sudyalar uchun 65 yosh etib belgilandi. Oliy sudning harbiy hay’ati tugatilib, Oliy sudning ma’muriy ishlar bо‘yicha sudlov hay’ati tashkil etildi. Sayyor sudlar tashkil etildi.
Bosh prokuratura huzurida Majburiy ijro byurosi tashkil etildi.
Korrupsiyaga qarshi kurash tо‘g‘risida”gi Qonun qabul qilinib (2017-yil 3- yanvar), 2017-2018-yillarda Korrupsiyaga qarshi kurash bо‘yicha davlat dasturi tasdiqlandi.
Fuqarolik-prosessual, Iqtisodiy-prosessual va Ma’muriy sud ishlarini yuritish tо‘g‘risidagi kodekslar yangi tahrirda qabul qilindi. Jinoiy jazolar tizimidan qamoq” jazosi chiqarilib, majburiy jamoat ishlari jazo turi joriy etildi. Sudlar faoliyatiga zamonaviy axborot-telekommunikatsiya texnologiyalari joriy qilindi.
Jismoniy shaxslar uchun bojxona hududiga kirib kelish va uni tark etish bо‘yicha “yashil” va “qizil” yо‘lak tizimi joriy etildi. Hokimlarning, prokuratura va Ichki ishlar organlarining aholi va mahalliy Kengashlar deputatlari oldida hisobot berish tizimi joriy etildi.
2018-yilda sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini ta’minlash borasida
islohotlar davom ettirilib, Sudyalar oliy maktabi tashkil etildi.
Mazkur yilda 1881 ta jinoyat ishi dalillar yetarli bо‘lmaganligi uchun tugatildi,
590 nafar shaxs sudlar tomonidan oqlandi. 5462 nafar shaxsga nisbatan tergov assosiz qо‘yilgan moddalar ayblovdan chiqarilib tashlandi, 2449 nafar shaxs sud zalidan ozod etildi. Qilmishidan chin dildan pushaybon bо‘lgan 993 nafar fuqaro Yoshlar ittifoqi, mahallalar va xotin-qizlar qо‘mitalari kafilligi bilan jazodan ozod etildi.
Ekstremistik guruhlarga aloqadar deb nazoratga olingan 20 ming fuqaro
“maxsus hisoblar”dan chiqarildi.
Ilk bor “Davlat xavfsizlik xizmati tо‘g‘risida”gi Qonun qabul qilindi. Bosh prokuratura Akademiyasi tashkil etildi. Tergov va vaqtincha saqlash hibsxonalari videokuzatuv vositalari bilan jahozlandi.
Fuqarolarga propiska va viza berishdagi qiyinchiliklar bartaraf etildi. 39 ta mamlakat fuqarolariga elektron viza berish tartibi joriy qilinishi tufayli yurtimizga 4 mln. nafar sayyoh tashrif buyurdi. Turizmni rivojlantirish maqsadida yо‘l-patrul postlari qisqartirildi.
Uzoq yillar mamlakatimizda yashab kelayotgan shaxslarga О‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi berildi.
2019-yilda sud islohotlari doirasida sudyalik lavozimiga ilk marotaba tavsiya etiladigan nomzodlar uchun amaldagi yosh senzi qayta kо‘rib chiqilib nomzodning yoshi kamida 35 yosh etib belgilandi. Sudyaning maxsus kiyimi joriy etildi.
Xorijiy tajriba va xalqaro standartlar asosida shaxsni axloqan tuzatish va jamiyatga ijtimoiy moslashuvini ta’minlash maqsadida mahkumlarni rag‘batlantirishning adolatli mezonlari ishlab chiqildi. Qoraqalpog‘iston Respublikasining Jasliq qо‘rg‘onida joylashgan 19-son ixtisoslashtirilgan jazoni ijro etish koloniyasi tugatildi.
Notarial rasmiylashtirish xujjatlari qisqartirildi, keraksiz talablar soddalashtirildi va olib tashlandi. Xususiy notarial idoralarga ruxsat berildi.
О‘zbekiston Respublikasida doimiy va vaqtincha propiska qilish tartibi soddalashtirildi. Chet el fuqarolari va fuqaroligi bо‘lmagan shaxslarga “Fahriy fuqaro” maqomini berish tizimi joriy etildi.

Yüklə 59,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin