Tiklanishdan milliy yuksalish sari



Yüklə 59,67 Kb.
səhifə7/11
tarix08.02.2023
ölçüsü59,67 Kb.
#83541
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
14-mavzu. Sh.Mirziyoyev islohotlari (1)

Uchinchi ustuvor yо‘nalish – Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirish borasida 2017-yilgi barcha islohotlar “Inson manfaatlari va farovonligi hamma narsadan ustun” degan tamoyilga asoslangan xolda amalga oshirildi.
2017-yil 5-sentabrdan milliy valyuta – sо‘mning erkin ayirboshlanishi ta’minlandi. Valyuta mablag‘larini hech qanday tо‘siqsiz qonuniy sotib olish va sotish imkoniyati yaratildi. Bojxona tо‘lov stavkalari 2 baravar pasaytirildi. Biznesga qulay sharoit yaratish “Agar xalq boy bо‘lsa, davlat ham boy va kuchli bо‘ladi” tamoyiliga asoslandi. Prezident huzurida tadbirkorlar huquqlarini himoya qilish instituti (Ombudsman) ta’sis etildi.
Samarasiz obyektlar о‘rnida 45 ta yangi kichik sanoat zonalari tashkil etilib, ularning soni 75 taga yetkazildi. 11 ta yangi erkin iqtisodiy zona tashkil etildi. 7400 ta yangi sanoat korxonalari foydalanishga topshirildi va ularda 150 dan ortiq yangi turdagi maxsulotlar ishlab chiqarila boshlandi. Qulay invstitsion muhit va tashqi iqtisodiy faoliyatni erkinlashtirish siyosati yurgizilib, eksport qо‘llab-quvvatlandi.
Mazkur yilda agrar islohotlar sohasida qishloq tumanlarida hokimlarning
qishloq va suv xо‘jaligi masalalari bо‘yicha о‘rinbosari lavozmi joriy etildi.
Qishloq xо‘jaligida 8,3 mln. tonna g‘alla, 2,9 mln. tonna paxta, 12,4 tonna pilla, 5,8 ming tonna sholi, 22 mln. tonna meva-sabzovot, 12,3 mln. tonna gо‘sht-sut maxsulotlari, 100 ming tonna baliq yetishtirildi. О‘zbekiston asalarichilik uyushmasi tashkil etildi.
2018-yilda valyutani tartibga solsh sohasida xalqaro tо‘lov kartochkalaridan xorijiy valyutani yechib olish mexanizmi joriy etildi, kechayu-kunzuz ishlaydigan avtomatlashtirilgan valyuta ayirboshlash shaxobchalari yaratildi.
Soliq sohasida fuqarolar uchun jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining yagona stavkasi 12 % qilib belgilandi.
Turizmni rivojlantirish borasida barcha aeroportlarda ikki yо‘lakli (qizil va yashil) tizim joriy etildi, deklaratsiya tо‘ldirish talablari soddalashtirildi, 9 mamlakat uchun (jami 18 ta) vizasiz rejim tadbiq etildi. Kirish vizani soddalashtirilgan tartibda oluvchi mamlakatlar soni 12 tadan 51 taga yetkazildi. “О‘zbekiston bо‘ylab sayohat qil” dasturi bо‘yicha ichki turizmda 14 mln. fuqaro sayyohatlarni amalga oshirdi. Samarqand shahrida “Ipak yо‘li” turizm xalqaro universiteti tashkil etildi.
Qishloq xо‘jaligida meva-sabzavot ishlab chiqarishning klaster tizimiga о‘tildi va shu yо‘nalishda 47 ta klaster tashkil etildi.
Aholini tadbarkorlik faoliyatiga keng jalb chilish maqsadida “Yoshlar – kelajagimiz”, “Har bir oila tadbirkor”, “Obod mahalla”, “Obod qishloq” Davlat dasturlari qabul qilindi.
Hududlarda 20 ta erkin iqtisodiy zona va 135 ta kichik sanoat zonasi tashkil etildi.
2019-yilda “О‘zbekiston Respublikasining soliq siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari tо‘g‘risida”gi Prezident Farmoni qabul qilinib, unga kо‘ra qо‘shilgan qiymat solig‘i stavkasi 20% dan 15% ga tushirildi. Yuridik shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘i 5% dan 2% ga pasaytirildi.
Oliy Majlis davlat byudjetini Qonun shaklida qabul qildi. О‘rta muddatli byudjet-soliq siyosatining asosiy yо‘nalishlarini tasdiqlashni nazarda tutuvchi yangi
byudjet taqvimi joriy qilindi. Bu vazirlik va idoralarga dasturlar va investitsion loyihalarni о‘rta muddatli rejalashtirish imkonini berib, investor va soliq tо‘lovchilarga о‘zlarining biznes rejalarini shakllantirishda asos bо‘lib xizmat qildi.
Milliy iqtisodiyotning rivojiga turtki beradigan Zargarlik tarmog‘ini jadal rivojlantirish, Yoqilg‘i-energetika sohasida о‘zaro hisob-kitoblarni yanada takomillashtirish va moliyaviy barqarorlikni oshirish, Atom energetikasini rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash, Tо‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini isloh qilish va uning eksport salohiyatini kengaytirish, Kimyo sanoatini yanada isloh qilish va uning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish bо‘yicha Prezident Farmonlari qabul qilindi.
Tadbirkorlik faoliyatini qо‘llab-quvvatlash bо‘yicha amalga oshirilgan islohotlar natijasida О‘zbekiston oxirgi 8 yilda qariyb 100 pog‘onaga yuqorilab “Biznesni yuritish 2020” yillik reytingida 69-о‘rinni egalladi va islohotchi davlat sifatida top- 20 talikka kirishga muvaffaq bо‘ldi.
96,7 mingta yangi korxona va tashkilotlar tashkil etildi (bu 2018-yilga nisbatan 1,8 marta kо‘pdir). Jami faoliyat kо‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 398,1 mingtaga yetdi. YAIMda sanoat tarmog‘i ulushi 2017-yildagi 22,2 % dan 2019-yilda
30 % ga oshdi. Ishlab chiqarilgan yuk avtomobillari soni 271,1 mingta, yengil avtomobillar soni 5,3 mingta, avtobuslar soni 1,5 mingtani tashkil etdi.
Klaster usulida qishloq xо‘jaligi maxsulotlarini ishlab chiqarish paxta va tо‘qimachilik sohasida 62 % (jami 76 ta klaster), chorvachilikda 8 %, meva- sabzovotchilikda 7,5 % (jami 47 ta klaster) ni tashkil etdi.
Qishloq xо‘jaligida 7,187 mln. tonna don, 2,9 mln. tonna kartoshka, 9,9 mln. tonna sabzovot, 2,7 mln. tonna meva va 1,5 mln. tonna uzum yetishtirildi.

Yüklə 59,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin