o‘tishidaShavkatMirziyoyevtashabbuslariningo‘rni. Shavkat Mirziyoyev Prezident saylovlari oldidan bo‘lib o‘tgan saylovoldi uchrashuvlarida ilk bor o‘zining islohotlar dasturini xalqimizga taqdim qilgan edi. Prezidentimiz tashabbusi bilan 2017-yildan boshlab mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va ma’naviy-madaniy sohalarda keng ko‘lamli islohotlar boshlandi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan 2017-yil 7-fevralda qabul qilingan “2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi”barcha islohotlarni tartibga soladigan asosiy hujjat va yо‘l xaritasi bо‘ldi.
Strategiyada mamlakat rivoji uchun muhim hisoblangan beshta yo‘nalish belgilab olindi:
Birinchi ustuvor yо‘nalish – Davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirish;
Ikkinchi ustuvor yо‘nalish – Qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilish;
Uchinchiustuvoryо‘nalish – Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirish;
Tо‘rtinchiustuvoryо‘nalish – Ijtimoiy sohani rivojlantirish;
Beshinchi ustuvor yо‘nalish– Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash hamda chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat olib borish.
Mamlakatimizda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev davrida Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarni hayotga tadbiq etilishi bosqichlarini ana shu beshta ustuvor yо‘nalishlar kesimida qisqacha tahlil qilsak.