1-boshlovchi: Navbat “Nutqimiz ko‘rki” mavzusida maqollar bellashuviga.
5-o‘quvchi: Til – qilichdan o‘tkir.
6-o‘quvchi: Tiling bilan dilingni bir tut.
7-o‘quvchi: Tilni bilsang, diliga yo‘l topasan.
8-o‘quvchi: Til topilsa, dushman ham do‘st bo‘lar.
9-o‘quvchi: Til – dil tilmochi.
10-o‘quvchi: Tildan chiqqani – dildan chiqqani.
2-boshlovchi:“Davlat tili haqida”gi Qonun qabul qilinganligiga 21-oktabrda 26 yil to‘ladi. Davlatimiz rahbarining ta’biri bilan aytganda, o‘zbek tili mustaqil davlatimizning bayrog‘i, gerbi, madhiyasi, Konstitutsiyasi qatorida turadigan, qonun yo‘li bilan himoya qilinadigan muqaddas timsollardan biriga aylandi.
1-boshlovchi:Prezidentimizning “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” kitobida: “…o‘zlikni anglash, milliy ong va tafakkurning ifodasi, avlodlar o‘rtasidagi ruhiy-ma’naviy bog‘liqlik til orqali namoyon bo‘ladi”, - deyilgan. Darhaqiqat, ona tili – millatning ruhidir.
2-boshlovchi: Endi “Til bilganga ming tanga….” Bellashuvini o‘tkazamiz
Davraga bir o‘quvchi chiqib, til haqida rus, ingliz yoki boshqa tillarda topishmoq aytadi. Topishmoq javobini bilgan o‘quvchi esa o‘zbek tilidagi tarjimasini aytadi.
11-o‘quvchi: Пила – сверхуб пила – снизуб
Посередине мясо нежное. (Зубы язык)
12-o‘quvchi: The saw is adove
And the saw is deneath
In the mibbile gentle meat. (Teeth, tongue)
13-o‘quvchi:U yog‘i arra, bu yog‘i arra,
O‘rtasida go‘sht barra. (Tish, til)
1-boshlovchi: Xorijiy tillarni jadal va samarali o‘rganish bugungi kunning eng dolzarb talabi ekanligi jamiyatimiz tomonidan to‘la anglab yetilgan haqiqatdir.
G‘ayri tilni sa’y qiling bilgali, yoshlar,
Kim ilm-u hunarlar bilonki ondin ayondur.
2-boshlovchi: Albatta, xorijiy tilni o‘rganishda asos – ona tili bo‘lmog‘i lozim. Bu borada Prezidentimizning quyidagi gaplari o‘rinlidir: “Shunga alohida urg‘u berishimiz zarurki, chet tillarni o‘rganish minba’d ona tilini esdan chiqarish hisobiga bo‘lmasligi lozim”. Darhaqiqat xorijiy tilning eshigini ona tilining kaliti bilan ochish o‘zligimizni aslo unutmasligimizga kafili bo‘la oladi.
Lozim siza har tilni biluv ona tilidek,
Bilmakka g‘ayrat eting foida kondir.