Til kishilar o`rtasidagi eng muhim aloqa vositasidir. U obyektiv borliqdagi ma`lum voqea-hodisa haqida axborot beruvchi asosiy vositadir. Bundan axborot berishning boshqa yo`llari ham borligi ma`lum bo`ladi. Masalan, yo`l harakatidan ma’lumot beruvchi vositalar va boshqalar. Bu jihatdan til ham axborot berish uchun xizmat qiladigan yuqoridagi vositalar sirasiga kiradi. Ularning hammasi uchun umumiy narsa, avvalo, o`zi haqida va shu bilan birga, borliqdagi boshqa ma`lum narsa-hodisalar haqida ma`lumot berishdir. Bunday vositalar belgilar deb nomlanadi.
Til nihoyatda murakkab va ko‘p tarmoqli hodisa bo‘lgani uchun u turli nuqtayi nazardan tavsiflanadi
1. Vazifasi nuqtayi nazaridan til insonlarning o‘zaro fikr almashish, fikrni shakllantirish, ifodalash va vositasidir.
2. Tuzilishi, tashkil topishi nuqtayi nazaridan til muayyan birliklar, ularning jami, ularni mantiqiy jihatdan bir-biri bilan bog‘lash qoidalaridir.
4. Informatsiya nazariyasi nuqtayi nazaridan tilni kod bilan tenglashtirish mumkin. Tildagi kodlashtirilgan belgilar muayyan axborot tashish, uzatish, yetkazish vazifasini bajaradi. Bunda kod – axborotni yozib olish usuli, matn – axborot, ma’lumot berish vositasi hisoblanadi, kanal – axborot uzatiluvchi muhit, sharoitni ifodalaydi.
5. Semiotika nuqtayi nazaridan til belgilar sistemasi, u moddiy boyliklar – tovushlardan tashkil topadi.
bo‘lib, belgilar, ularning tabiati, mohiyati, ko‘rinishlari, amal qilishi kabilarni o‘rganadi. Semiotikaning tekshirish obyekti jamiyatda qo‘llanadigan belgilar tizimi bo‘lib, bunda 2 tipdagi belgilar farqlanadi: tabiiy va sun’iy belgilar.