Surxoncha raqs. 1-boshlovchi: Olis tarix o`zi shohid, ishoning,
Men o`zbekman, o`zbekona lutfim bor.
Ona tilim, ona yurtim, g`ururim,
Ona tilim muqaddas va beg`ubor.
Shu til bilan kamol topdi Muqimiy,
Shu til bilan Furqat kuyladi yonib.
Shu til bilan Hamza tanildi elga,
Qodiriy tilidan bo`lurmi tonib.
Sahna ko’rinishi: Abdulhamid Cho‘lponning “ Kecha va kunduz” romanidan parcha. Sahnada ortidan izoh o`qiladi Qatnashuvchilar: prokuror,zakunchi, mirshab , tilmoch nazorati ostida Zebi kirib keladi. Aybdorning kimligi surishtirilgach, sud darhol o‘rnidan turib,aybnomani o‘qidi.Undan keyin yana kalta savol-javoblar ketdi: -Aybnomani eshitdingizmi? - Ha… -Mingboshi suvni o‘zi so‘radimi? -Ha, o‘zi so‘radi.. -Mastmidi? -K o‘p aroq ichib edi? -Suvni kim berdi? -Men berdim. -Choynakdami? -Ha… -Mana bu choynakdami? -Ha… -Kimning choynagi bu? -Meniki. -Siznikimi? -Ha, meniki. -Ichida qanday suv borligini bilarmidingiz? -Bilardim. -Qanaqa suvidi? -Irim suvidi . -Kimga qilingan irim. -Menga… -Nima uchun irim qildirdingiz? -Farzand bo‘lsin, deb… Pastda o‘tirganlarning domladan boshqalari, s o‘ngra sud hay`atidan bir-ikki kishi, zakunchi va tilmoch yengilgina kulib q o‘ydilar. -Nega u suvni mingboshiga berdingiz? _Juda tashna bo‘lib so‘ragan edi, shundoqqina tokchadan olib uzatdim. -Choynakda zahar borligini bilarmidingiz? Zebi kuldi.
Qiziq ekansan(o‘rusni sizlab bo’lmaydi), men qayerdan bilay?