Naqorat Yagonasan Vatan misol
Sendan topdim baxt,iqbol
Xazinangni qalbim, dilim
Ona tilim, ona tilim.
O N A T I L I M Navoiyga navo bo’lgan sehrdirsan, Go’zal Xamsam qomatiga beshikdirsan. Mustaqillik maydonimga eshikdirsan, Ona tilim ,ezgu tilim ,tilagimsan.
Asrlarning azobibni ko’rdi boshing, Daryolarga tutashgandi ko’zda yoshing. Qismatlarga chidab berdi bu bardoshing, Ona tilim, ezgu tilim, tilagimsan.
Shu el uchun fido bo’lgan qadrim buyuk, Shu til uchun jon berganlar jondan suyuk. Istiqlolga qutlug’ qadam farishtasan, Ona tilim, ezgu tilim ,tilagimsan.
Jaranglashing jismimga jon baxsh etadi, Kuy sehringda latofatni kashf etadi. Timsolingda ajdodlarim aks etadi, Ona tilim, ezgu tilim, tilagimsan.
Navoiyning ilhomida nurga to’lgan, Bobolarim sog’inchiga suyanch bo’lgan. Ona yurtim quchog’ini gulga ko’mgan, Ona tilim, ezgu tilim, tilagimsan.
Temur bobom o’gitida o’qday uchding, Ulug’bekka lochin bo’lib samo quchding. Yov ko’ksiga botir bo’lib hanjar sunchding, Ona tilim, ezgu tilim , tilagimsan.