Til tafakkur ko’zgusi


Asosiy tadqiqot usullari quyidagilardan iborat



Yüklə 32,95 Kb.
səhifə2/3
tarix19.06.2023
ölçüsü32,95 Kb.
#132682
1   2   3
Til tafakkur ko’zgusi.

Asosiy tadqiqot usullari quyidagilardan iborat: Tabiat va jamiyat mahsuli bo’lgan inson, ayni paytda ularning oliy namunasi ham sanalib, olamni narsa va predmet shaklida, voqea va hodisa tarzida miyasida aks ettiradi, idrok qiladi, fikrlaydi. Bu muhimdir. Shuning uchun ham til va tafakkurni bir-biridan alohida tarzda tasavvur qilib bo’lmaydi. “Til bilan tafakkur bir-birini taqozo etadigan ajralmas hodisadir. Tilsiz tafakkur bo’lmaganidek, til ham tafakkursiz bo’lmaydi”. Tilning inson uchun fikrlash vositasi bo’lishi, moddiy asos sifatida xizmat qilishi uning amalda bo’lishidagi birinchi bosqich hisoblanib, ikkinchi bosqichda fikr, tafakkur mahsuli reallashadi, ya’ni u miyadan tashqariga chiqadi. Shunday qilib, ikkinchi bosqichda til kommunikativ vazifani bajarishga kirishadi. Material maqomida turgan til muomala vositasi, nutqiy jarayon quroliga aylanishi bilan uning imkoniyat doirasi ham kengayib boradi. Bu holni uchinchi bosqich deb atash mumkin. Bosqichlar soni ortib boravergani sari tilning ijtimoiylik mohiyati ham ochilib boraveradi. Inson nutqiy faoliyatida kommunikativ vazifani bajarayotgan til ko’magida suhbatdosh yoki tinglovchiga ma’lum axborot ham yetkaziladi. Demak tilga bo’lgan munosabatda to’rttinchi bosqich yuzaga keladi. Til insonlar o’rtasida aloqa vosita bo’lishi, tabiat va jamiyatdagi narsa va hodisalar tog’risida xabar berishdan tashqari suhbatdosh yoki tinglovchiga m’lum ta’sir o’tkazish, hissiyotini qo’zg’atish kuchiga ham ega. Agar bu holatni shartli ravishda beshinchi bosqich deb ataydigan bo’lsak, ta’kidlaganimizde, tilning bosqichma-bosqich takomillashib, murakkablashib va imkoniyatlari ham asta-sekinlik bilan kengayib borishini kuzatamiz.
Til- xalq bilan birga umr kechirib, shakllanadi, rivojlanadi. Shuning uchun ham har bir millatning tili uning baxti, tirgagidir. Ona tili esa ajdodlarimizni bugungi va kelajak avlod tarixi bilan chambarchas bog’lovchi, manguga biriktiruvchi eng ishonchli quroldir. Adabiy til me’yorlari zamonga qarab o’zgarib boradi. Agar XX asr 20-yillari og’zaki va yozma nutqi uchun usmonli turkey tili, tatar tili fonetikasi va grammatikasiga xos shakllarni ishlatish me’yor bo’lsa, bu me’yor shu asr boshlari uchun me’yor emasdir.

Yüklə 32,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin