Bola hayotining 2-3 yiliga kelib, uning lug‘at boyligi sezilarli darajada boyib boradi.
Shuni ta’kidlash kerakki, kо‘pgina xilma-xil tadqi-qotchilar bola lug‘at boyligining о‘sib borishida turli raqamli ma’lumotlarni kо‘rsatadilar. Eng keng tarqalgan ma’lumotga kо‘ra, bolalarning lug‘at boyligini bog‘chagacha bо‘lgan davrda о‘sishi qо‘yidagi raqamlarni kо‘rsatadi:
1 yosh-u 6 oyda—10 - 15 ta suz, 2-yilning oxiriga kelib — 300 ta suz, 3 yoshga borganda- 1000 ta suz.
Bola hayotining 3-yiliga kelib, nutqning grammatik to-moni shakllana boshlaydi. Avval bola о‘z xohish va iltimoslarini bir sо‘z bilan ifodalaydi. Keyinchalik 1—2 ta suzdan iborat sodda jumlalar paydo bula boshlaydi.
Uchinchi davr—maktabgacha bulgan davr (3 yoshdan 6 yoshgacha).
Maktabgacha bо‘lgan davrda bolalar birinchi navbatda artikulyatsion jixatdan oson talaffuz etiladigan: lab-lab, lab-til undoshlari - p, 6, m, f, ye va boshqalarni о‘rganadilar. Artikulyatsion jihatdan talaffuz etish kiyin bulgan: shivirlovchi, sirg‘aluvchi (s, z, sh, j, ch) va sonor (r, l), til orqa (k, g) tovushlarini talaffuzinn egallashda qiynaladilar. Shuning uchun bolalar bu tovushlarni nutqda notо‘g‘ri qо‘llaydilar yoki talaffuz etmaydilar.
3—7 yoshgacha bulgan davrda bolalarda eshitish malakalari rivojlanib boradi, bu esa bolaning о‘z talaffuzini nazorat kilishga imkoniyat yaratadi. Bazi hollarda bola о‘z kamchiligini tо‘g‘rilaydi. Unda fonematik idrok shakllanib boradi.
Bu davrda lug‘at boyligining о‘sishi davom etadi. Bolaning 4-6 yoshida uning aktiv lug‘ati 3000-4000 ta suzgacha yetadi. Lugat boyligi usib borishi bilan birgalikda nutqning grammatik tomoni xam rivojlanib boradi.
Bola hayotining 4 yiliga kelib, ular о‘z nutqlarida sodda va murakkab gaplarni qо‘llay boshlaydilar. 5 yoshga kelib esa, qо‘shma gaplardan erkin foydalana oladilar. 5 yoshli bolalar qо‘shimcha savollarsiz hikoya va ertaklarni aytib berish qobiliyatiga ega bо‘ladilar.
Bu davrda fonematik idrok sezilarli darajada rivojlanadi. Bola avval unli va undoshlarni, sо‘ng sonor, shovqinli va sirg‘aluvchi tovushlarni ajrata boshlaydi.
Normada 4 yoshli bola barcha tovushlarni ajrata olishi, unda fonematik idrok shakllangan bulishi lozim.
Bu vaqtga kelib tovushlarni tо‘g‘ri talaffuzining shakllanishi tugallanadi va bola xar tomonlama tо‘g‘ri, an-iq gapiradi.
Tо‘rtinchi davr-maktab davri (7 yoshdan 17 yoshgacha).
Bu davrning о‘ziga xos tomoni shundaki, bolalar nutqining rivojlanishi oldingi davrlardagiga nisbatan ongli ra-vishda rо‘y beradi. Bu davrda bolalar tovushlar analizi, nutqning grammatik qonuniyatlarnni egallaydilar.
Bu davrda nutqning yangi turi yozma nutq yetakchi rol о‘ynaydi. Grammatik konstruksiyalar ham murakkablashib boradi: chunki, agar, qachonki kabi bog‘lovchilarni ishlata boshlaydilar. Bu bolaning tafakkur jarayonlari murakkablashib borayotganligini va bu nutqda о‘z ifoda-sini topayotganligini kо‘rsatadi.
Bola nutqining rivojlanish jarayoni о‘z vaqtida tо‘g‘ri kechishi uchun maxsus sharoitlar zarurdir.
Buning uchun:
- bola ruhiy va jismoniy jixatdan sog‘ bо‘lishi;
- normal aqliy qobiliyatgaega bо‘lishi;
- normal eshitishi va kо‘rishi;
- yetarli darajada ruhiy aktivlikka ega bо‘lishi;
- gaplashish ehtiyojiga ega bо‘lishi;
- tо‘g‘ri nutq muxitiga ega bо‘lishi lozim.
Bolada nutqning normal rivojlanishi, unga doimo yangi tushunchalarni о‘zlashtirib olishga, tevarak-atrof haqi-dagi bilim va tasavvurini kengaytirishga imkoniyat yara-tadi.
Shunday qilib, nutq, uning rivojlanishi tafakkurning rivojlanishi bilan о‘zviy bog‘liqdir.
Nazorat uchun savollari Tug’ma bilimlar nazariyasi (N.Xomskiy, D.Maknil, D.Slobin).
Tilni o’zlashtirishning kognitiv nazariyasi.
J.Piajening bolaning semiotik rivojlanish gipotezasi.
Tilni o’zlashtirish asoslarini ijtimoiy-prognostik yo’nalishda o’rganish (Dj.Bruner, M. Xelllidey).
11 И.П.Павлов. тœла асарлар тœплами, III том, 2-китоб. –М., 1951. 335-бет.