Tilning leksik qatlamlari



Yüklə 127,41 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix28.10.2022
ölçüsü127,41 Kb.
#66662
ona tili



TILNING LEKSIK QATLAMLARI 
1-topshiriq. Quyidagi berilgan gaplardagi eskirgan sòzlarni toping. 
1.Yiģilgan raiyat pichirlab gaplashar, hammaning chehrasoda qandaydir tahlika va 
taraddud muhrlangan, gòyo hozir yomon , mudhish voqea sodir bòlgusi edi.(O. 
Yoqubov) 
2.Madrasalarda diniy ilmlardan tashqari dunyoviy ilmlardan hisob, handasa, tarix 
òqitiladi(M.Muhammadjonov) 
3.Za'faron varaqqa kòz durin tòkib,Yodga ham olamiz biz- muarrixni(B.Boyqobilov) 
4.Alla aytgan dudoqlarda Ona mehri toshqin. 5.Bir oyoģi lang bòlgani uchun uni 
urushga olishmadi. 
2-topshiriq.Berilgan sòzlardan foydalanib gaplar tuzing va bu sòzlar qaysi tildan 
olinganligini aniqlang. Dars, qalam, nusxa, xat, tarbiya, ta‘lim, jild, muallif. 
3-topshiriq. Quyida berilgan iboralarni ko‘chiring va ma'nosini aniqlang. 
Adabini berdi, avzoyi buzildi, baģri qon, boshi osmonga yetmoq, boshidan oshib 
yotibdi, boshiga yetdi, oģzi quloģida, ochiq yuz bilan, sabr kosasi to‘lmoq, tepa sochi 
tikka bo‘ldi. 
4-topshiriq. Gaplarni ko‘chirib ko‘p ma'noli so‘zlarning ostiga chizing va so‘zning 
o‘z va ko‘chma ma'nolarini izohlang. 
1.Omonlik tilasang o‘zingga o‘zing, tilingdan chiqarma yaroqsiz so‘zing.(Yusuf Xos 
Hojib) 2. Odob va fazilatlarning boshitilni tiyib turishdir.(M.Qoshg‘ariy) 3. Haqiqat 
yo‘lini ochinglar,to‘g‘ri yo‘ldan yuringlar.(Ibn Sino) 4. Yolg‘on doim rostdan 
yengiladi.(Beruniy) 
5-topshiriq.Maqollarni ko‘chiring va zid ma'noli gaplarning tagiga chizing. 
1. Kattaga salom ber, kichikka- kalom. 2. Yaxshilik nur keltirur, Yomonlik - zulmat. 
3. Yomonni tanqid qil, yaxshiga taqlid qil. 4. Ko‘p bilgan oz so‘zlar. 5.Yaxshi so‘z 
yurakka malham, yomon so‘z - yurakka g‘am. 6.Yaxshi so‘z - jon ozig‘i, yomon so‘z 
- bosh qozig‘i. 
6- topshiriq. "Ona tilim - jon-u dilim mavzusida matn tuzing. 


TILNING LEKSIK QATLAMLARI. 
TOPSHIRIQLAR BO‘YICHA QO‘LLANMALAR. 
1-topshiriq. Quyidagi berilgan gaplardagi eskirgan sòzlarni toping. 
1.Yiģilgan raiyat pichirlab gaplashar, hammaning chehrasoda qandaydir tahlika va 
taraddud muhrlangan, gòyo hozir yomon , mudhish voqea sodir bòlgusi edi.(O. 
Yoqubov) 
2.Madrasalarda diniy ilmlardan tashqari dunyoviy ilmlardan hisob, handasa, tarix 
òqitiladi(M.Muhammadjonov) 
3.Za'faron varaqqa kòz durin tòkib,Yodga ham olamiz biz- muarrixni(B.Boyqobilov) 
4.Alla aytgan dudoqlarda Ona mehri toshqin. 5.Bir oyoģi lang bòlgani uchun uni 
urushga olishmadi. 
2-topshiriq.Berilgan sòzlardan foydalanib gaplar tuzing va bu sòzlar qaysi tildan 
olinganligini aniqlang. Dars, qalam, nusxa, xat, tarbiya, ta‘lim, jild, muallif. 
1. Darsning tuzilishi oddiy va murakkab bo‘lishi mumkin. 2.Bu ikkisi qog‘ozga 
mixlangandek gap-so‘zsiz qalamni qir- qir qog‘oz ustida yuritib turar edi.3. 
Toshkentda bu kitobdan faqat ikki nusxa bor xolos.(S.Ahmad) 4. Olim toshga 
o‘yilgan qadimiy xatni o‘qishga urindi.(A.Qodiriy) 
5.Mundoq joyda tarbiya bergan kishi qandoq olim... insofli va shafqatli bo‘lsa 
kerak.(H.Niyoziy) 6. Arzi xola Qutbi otinning haligiday ta'limidan gangib 
qoldi.(R.Azizxo‘jayev) 7.Men jild ochib berib turardim.(S.Ahmad) 8.Eng istiqbolli 
loyiha mualliflari deb topilganlar ichida Akbar Kadirov ham bor.(J.Abdullaxonov) 
Dars, qalam, nusxa, xat, tarbiya, ta'lim, jild, muallif so‘zlari arab tilidan olingan. 
3-topshiriq. Quyida berilgan iboralarni ko‘chiring va ma'nosini aniqlang. 
Adabini berdi-jazoladi, avzoyi buzildi-vajohati yomonlashdi, baģri qon- g‘amga 
botgan, boshi osmonga yetmoq- xursand bo‘lmoq, boshidan oshib yotibdi- benihoya 
ko‘p, boshiga yetdihalok qildi, oģzi quloģida- xursand, ochiq yuz bilan- yaxshi 
kayfiyat bilan, sabr kosasi to‘lmoq-chidami tugamoq , tepa sochi tikka bo‘ldi-jahli 
chiqdi. 
4-topshiriq. Gaplarni ko‘chirib ko‘p ma'noli so‘zlarning ostiga chizing va so‘zning 
o‘z va ko‘chma ma'nolarini izohlang. 
1.Omonlik tilasang o‘zingga o‘zing, tilingdan chiqarma yaroqsiz so‘zing.(Yusuf Xos 
Hojib) 2. Odob va fazilatlarning boshi tilni tiyib turishdir.(M.Qoshg‘ariy) 3. Haqiqat 
yo‘lini ochinglar,to‘g‘ri yo‘ldan yuringlar.(Ibn Sino) 4. Yolg‘on doim rostdan 
yengiladi.(Beruniy) 
5-topshiriq.Maqollarni ko‘chiring va zid ma'noli gaplarning tagiga chizing. 
1. Kattaga salom ber, kichikka- kalom. 2. Yaxshilik nur keltirur, Yomonlik - zulmat. 
3. Yomonni tanqid qil, yaxshiga taqlid qil. 4. Ko‘p bilgan oz so‘zlar. 5.Yaxshi so‘z 
yurakka malham, yomon so‘z - yurakka g‘am. 6.Yaxshi so‘z - jon ozig‘i, yomon so‘z 
- bosh qozig‘i. 
6- topshiriq. "Ona tilim - jon-u dilim mavzusida matn tuzing. 
ONA TILIM - JON-U DILIM 
Dunyoda har bir xalqning oʼz tili uning bebaho boyligi, iftixori, gʼururi hisoblanadi. 
Til xalqni – xalq, millatni – millat qiladi. 


Donishmandlar “Til-dil kaliti” deb bejizga aytmaganlar. Hayotda har bir yaxshi 
insonning qalbiga yo’l topish vositasi til ekanligini hammamiz yaxshi bilamiz. 
Modomiki, shunday ekan, ona tilini mukammal o’rganmoqning foydasi nechog’lik 
katta ekanligi barchamizga ayondir. Til-insonlar o’rtasidagi vosita hisoblanadi. 
Dunyodagi eng achchiq narsa ham, eng shirin narsa ham til. Til insonni o’ldirishga 
ham, tiriltirishga ham qodir. Ma’lumki, jamiki ezgu fazilatlar inson qalbiga,avvalo, 
ona allasi, ona tilining betakror jozibasi bilan singadi. 
1989-yil 21-oktyabrda “Davlat tili haqida”gi qonun qabul qilinib, oʼzbek tiliga davlat 
tili maqomi berildi. Ona tilimiz milliy oʼzligimizdir. Oʼzbekiston Respublikasi 
Konstitutsiyasida davlat tilining maqomi huquqiy jihatdan mustahkamlab qoʼyilgan. 


TESTLAR 
1.Qaysi gapda kòchma ma’noli sòz qòllangan? 
A. Alyorning vujudiga orombaxsh shabada yugurdi. 
B. U ko‘l yoqasiga kelib qolganini ham sezmadi. 
C. Choyxonachi yoshi elliklardan oshib qolgan bo‘lsa ham xuddi o‘smirlarday yengil 
qadam 
tashlardi. 
D. Barcha javoblarda. 
2.Sinonimlar qatori berilgan javobni ko’rsating. 
A.afsus – afsuslanmoq – attang. 
B.belgi – nishon – alomat – ajoyib 
C.yaxshi – durust – tuzuk – ma’qul 
D.yuz – aft – bashara – chehra – husn 
3.Qaysi qatordagi juftlik antonim emas? 
A.uzun-qisqa 
B.erta-kech 
C.oldi-olmadi 
D. do’st-dushman 
4.Antonimlar qatori berilgan javobni toping 
A.katta,kichik 
B.chiroyli,yoqimli 
C.xunuk,badbashara 
D.serob ,kòp 
5.Olov,gulxan sòzlari qanday sòz hisoblanadi? 
A.antonim 
B.paronim 
C.sinonim 
D.A va B javoblar tòģri 

Yüklə 127,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin