TILNING LEKSIK QATLAMLARI
1-topshiriq. Quyidagi berilgan gaplardagi eskirgan sòzlarni toping.
1.Yiģilgan raiyat pichirlab gaplashar, hammaning chehrasoda qandaydir tahlika va
taraddud muhrlangan, gòyo hozir yomon , mudhish voqea sodir bòlgusi edi.(O.
Yoqubov)
2.Madrasalarda diniy ilmlardan tashqari dunyoviy ilmlardan hisob, handasa, tarix
òqitiladi(M.Muhammadjonov)
3.Za'faron varaqqa kòz durin tòkib,Yodga ham olamiz biz- muarrixni(B.Boyqobilov)
4.Alla aytgan dudoqlarda Ona mehri toshqin. 5.Bir oyoģi lang bòlgani uchun uni
urushga olishmadi.
2-topshiriq.Berilgan sòzlardan foydalanib gaplar tuzing va bu sòzlar qaysi tildan
olinganligini aniqlang. Dars, qalam, nusxa, xat, tarbiya, ta‘lim, jild, muallif.
3-topshiriq. Quyida berilgan iboralarni ko‘chiring va ma'nosini aniqlang.
Adabini berdi, avzoyi buzildi, baģri qon, boshi osmonga yetmoq, boshidan oshib
yotibdi, boshiga yetdi, oģzi quloģida, ochiq yuz bilan, sabr kosasi to‘lmoq, tepa sochi
tikka bo‘ldi.
4-topshiriq. Gaplarni ko‘chirib ko‘p ma'noli so‘zlarning ostiga chizing va so‘zning
o‘z va ko‘chma ma'nolarini izohlang.
1.Omonlik tilasang o‘zingga o‘zing, tilingdan chiqarma yaroqsiz so‘zing.(Yusuf Xos
Hojib) 2. Odob va fazilatlarning boshitilni tiyib turishdir.(M.Qoshg‘ariy) 3.
Haqiqat
yo‘lini ochinglar,to‘g‘ri yo‘ldan yuringlar.(Ibn Sino) 4. Yolg‘on doim rostdan
yengiladi.(Beruniy)
5-topshiriq.Maqollarni ko‘chiring va zid ma'noli gaplarning tagiga chizing.
1. Kattaga
salom ber, kichikka- kalom. 2. Yaxshilik nur keltirur, Yomonlik - zulmat.
3. Yomonni tanqid qil, yaxshiga taqlid qil. 4. Ko‘p bilgan oz so‘zlar. 5.Yaxshi so‘z
yurakka malham, yomon so‘z - yurakka g‘am. 6.Yaxshi so‘z - jon ozig‘i, yomon so‘z
- bosh qozig‘i.
6- topshiriq. "Ona tilim - jon-u dilim mavzusida matn tuzing.
TILNING LEKSIK QATLAMLARI.
TOPSHIRIQLAR BO‘YICHA QO‘LLANMALAR.
1-topshiriq. Quyidagi berilgan gaplardagi eskirgan sòzlarni toping.
1.Yiģilgan raiyat pichirlab gaplashar, hammaning chehrasoda qandaydir tahlika va
taraddud muhrlangan, gòyo hozir yomon , mudhish voqea sodir bòlgusi edi.(O.
Yoqubov)
2.Madrasalarda diniy ilmlardan tashqari dunyoviy ilmlardan hisob, handasa, tarix
òqitiladi(M.Muhammadjonov)
3.Za'faron varaqqa kòz durin tòkib,Yodga ham olamiz biz- muarrixni(B.Boyqobilov)
4.Alla aytgan dudoqlarda Ona mehri toshqin. 5.Bir oyoģi lang bòlgani uchun uni
urushga olishmadi.
2-topshiriq.Berilgan sòzlardan foydalanib gaplar tuzing va bu sòzlar qaysi tildan
olinganligini aniqlang. Dars, qalam, nusxa, xat, tarbiya, ta‘lim, jild, muallif.
1. Darsning tuzilishi oddiy va murakkab bo‘lishi mumkin. 2.Bu ikkisi qog‘ozga
mixlangandek gap-so‘zsiz qalamni qir- qir qog‘oz ustida yuritib turar edi.3.
Toshkentda bu kitobdan faqat ikki nusxa bor xolos.(S.Ahmad) 4. Olim toshga
o‘yilgan qadimiy xatni o‘qishga urindi.(A.Qodiriy)
5.Mundoq joyda tarbiya bergan kishi qandoq olim... insofli va shafqatli bo‘lsa
kerak.(H.Niyoziy) 6. Arzi xola Qutbi otinning haligiday ta'limidan gangib
qoldi.(R.Azizxo‘jayev) 7.Men jild ochib berib turardim.(S.Ahmad) 8.Eng istiqbolli
loyiha mualliflari deb topilganlar ichida Akbar Kadirov ham bor.(J.Abdullaxonov)
Dars, qalam, nusxa, xat, tarbiya, ta'lim, jild, muallif so‘zlari arab tilidan olingan.
3-topshiriq. Quyida berilgan iboralarni ko‘chiring va ma'nosini aniqlang.
Adabini berdi-jazoladi, avzoyi buzildi-vajohati yomonlashdi, baģri qon- g‘amga
botgan, boshi osmonga yetmoq- xursand bo‘lmoq, boshidan oshib yotibdi- benihoya
ko‘p, boshiga
yetdihalok qildi, oģzi quloģida- xursand, ochiq yuz bilan- yaxshi
kayfiyat bilan, sabr kosasi to‘lmoq-chidami tugamoq , tepa sochi tikka bo‘ldi-jahli
chiqdi.
4-topshiriq. Gaplarni ko‘chirib ko‘p ma'noli so‘zlarning ostiga chizing va so‘zning
o‘z va ko‘chma ma'nolarini izohlang.
1.Omonlik tilasang o‘zingga o‘zing, tilingdan chiqarma yaroqsiz so‘zing.(Yusuf Xos
Hojib) 2. Odob va fazilatlarning boshi tilni tiyib turishdir.(M.Qoshg‘ariy) 3. Haqiqat
yo‘lini ochinglar,to‘g‘ri yo‘ldan yuringlar.(Ibn Sino) 4. Yolg‘on doim rostdan
yengiladi.(Beruniy)
5-topshiriq.Maqollarni ko‘chiring va zid ma'noli gaplarning tagiga chizing.
1. Kattaga salom ber, kichikka- kalom. 2. Yaxshilik nur keltirur, Yomonlik - zulmat.
3. Yomonni tanqid qil, yaxshiga taqlid qil. 4. Ko‘p bilgan oz so‘zlar. 5.Yaxshi so‘z
yurakka malham, yomon so‘z - yurakka g‘am. 6.Yaxshi so‘z - jon ozig‘i, yomon so‘z
- bosh qozig‘i.
6- topshiriq. "Ona tilim - jon-u dilim mavzusida matn tuzing.
ONA TILIM - JON-U DILIM
Dunyoda har bir xalqning oʼz tili uning bebaho boyligi, iftixori, gʼururi hisoblanadi.
Til xalqni – xalq, millatni – millat qiladi.
Donishmandlar “Til-dil kaliti” deb bejizga aytmaganlar. Hayotda
har bir yaxshi
insonning qalbiga yo’l topish vositasi til ekanligini hammamiz yaxshi bilamiz.
Modomiki, shunday ekan, ona tilini mukammal o’rganmoqning foydasi nechog’lik
katta ekanligi barchamizga ayondir. Til-insonlar o’rtasidagi vosita hisoblanadi.
Dunyodagi eng achchiq narsa ham, eng shirin narsa ham til. Til insonni o’ldirishga
ham, tiriltirishga ham qodir. Ma’lumki, jamiki ezgu fazilatlar inson qalbiga,avvalo,
ona allasi, ona tilining betakror jozibasi bilan singadi.
1989-yil 21-oktyabrda “Davlat tili haqida”gi qonun qabul qilinib, oʼzbek tiliga
davlat
tili maqomi berildi. Ona tilimiz milliy oʼzligimizdir. Oʼzbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasida davlat tilining maqomi huquqiy jihatdan mustahkamlab qoʼyilgan.