Tilshunoslik fanidan ma’ruzalar matni


Alisher Navoiyning lingvistik qarashlari



Yüklə 427,53 Kb.
səhifə21/79
tarix07.01.2024
ölçüsü427,53 Kb.
#205508
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   79
Tilshunoslik fanidan ma’ruzalar matni-fayllar.org

2. Alisher Navoiyning lingvistik qarashlari
Jahon madaniyati tarixida katta obro‘-e’tiborga sazovor bo‘lgan Alisher Navoiy butun faoliyatini o‘zbek madaniyatini dunyoga tanitish, o‘zbek tili mavqeini baland ko‘tarishga bag‘ishladi.
Alisher Navoiy o‘zigacha bo‘lgan turkigo‘y shoirlardan Sakkokiy, Haydar Xorazmiy, Atoiy, Muqimiy, Yaqiniy, Amiriy, Gadoiy va Mavlono Lutfiylarning nomlarini hurmat bilan tilga oladi. Lekin forsiy shoirlar qarshisiga chiqadigan, ular bilan dadil bellasha oladigan yolg‘iz Mavlono Lutfiydan o‘zga shoir paydo bo‘lmaganidan afsuslanadi. Hamon badiiy adabiyotda fors-tojik tili yetakchilik qilmoqda, o‘zbek tilining imkoniyatlari yashirin qolmoqda edi.
Alisher Navoiy bu haqda shunday yozadi: “Bu alfoz va iboratda bu navh daqoyiq ko‘pdurkim, bu kunga degincha hech kishi haqiqatig‘a mulohaza qilmag‘on jihatdin bu yashurun qolibdur... va filhaqiqat, agar kishi yaxshi mulohaza va taammul qilsa, chun bu lafzda vushat (kenglik) va maydonida muncha fusxat (ochiqlik) topilur...»
Shoir turk (o‘zbek) tilini xazina, chamanzor hisoblaydi. Bu shunday xazina va chamanzorki, atrofi el oyog‘i yetishidan asralgan va qimmatbaho narsalarga boshqalarning qo‘li tegishidan saqlangan. Ammo «mahzanining yiloni xunxor (qonxo‘r) va gulshanining tikani behad va shumor (son-sanoqsiz)». Shoirlar ilonlarning nayzasidan qo‘rqib, bu xazinadan baxra ololmay o‘tganlar. Go‘yo nazm tudasining guldasta bog‘lovchilari tikanlar sanchilishi zararidan hadiksirab, bu chamanzordan gulni qo‘lga kiritolmaganlar.
Fors-tojik adabiyoti o‘zbek adabiyotiga nisbatan ancha qadimiy va boy tajribaga ega bo‘lganligi, bu tilda hatto qofiya-lug‘at kitoblari ham yaratilganligi tufayli fors-tojik tilida ijod qilish bir muncha osonroq edi. Shuning uchun ham ko‘pgina turk (o‘zbek) shoirlari o‘z ona tillarida emas, balki fors-tojik tilida ijod qilar edilar.
Natijada o‘zbeklarning ma’lum guruhi fors-tojik tilidagi adabiyotlardan bahramand bo‘lsalar ham, lekin ko‘pchiligi badiiy adabiyotdan bebahra qolayotgan edi. Alisher Navoiy «Hayrat ul-abror» dostonida yozadi:
Forsi el topdi chu xursandliq
Turki dog‘i topsa barumandliq.
Alisher Navoiy o‘zbek shoirlarini o‘z ona tilida ijod qilishga, hech bo‘lmaganda har ikki tilda barobar qalam tebratishga chaqirdi. U o‘zbek adabiy tilining ravnaqi uchun kurashni davrning eng muhim ishi deb bildi:
Senga oncha haq lutfi voqehdurur,
Ki to turk alfozi shoyehdurur.
Bu til birla to nazm erur xalq ishi,
Yaqin qilmamish xalq senidek kishi.
(“Sadai Iskandariy”)
Ana shu yo‘lda hormay-tolmay kurash olib borgan buyuk shoir Alisher Navoiy o‘zining o‘lmas badiiy, publitsistik va ilmiy asarlari bilan butun mamlakatni yakqalam qildi va o‘zbek adabiy tilining shuxratini olamga tanitdi:
Turk nazmida chu tortib men alam,
Ayladim ul mamlakatni yakqalam.
Alisher Navoiyning o‘zbek adabiy tili ravnaqi uchun kurash olib borishini Husayn Boyqaro doimo rag‘batlantirib turdi. Husayn Boyqaroning o‘zi ham shu tilda ijod qildi. Alisher Navoiy Sulton Husayn Bahodirxon podsholik taxtiga o‘tirgach va mamlakat so‘rovchilik o‘rnida orom topgach, mamlakat ipiga tinchlik gavharlarini tizgani, jahon ekinzoriga jamiyat urug‘larini ekkani, so‘z ahlini yuqori darajaga ko‘targani, har ilmda foydali asarlar yaratilgani, qiziq kitoblar, ajoyib devon, g‘azal, qasida va masnaviy turlari yuzaga chiqib, hamma yoqqa taralgani, o‘zlari ham, garchi ham forsiy va ham turkiy she’r aytmoqqa qodir bo‘lsalar ham, turk tilining mavqeini ko‘tarish maqsadida turk tilida devon yaratishga mayl qilganini mamnuniyat bilan bayon qiladi.
Alisher Navoiy «Xazoyin ul-maoniy», «Xamsa», «Lison ut-tayr», «Majolis un-nafoyis», «Mezon ul-avzon», «Muhokamat ul-lug‘atayn» kabi o‘lmas asarlari bilan dunyoga mashhur bo‘ldi. Usha davrda fors-tojik tilida mavjud bo‘lgan barcha adabiy tur va janrlarda turk (o‘zbek) tilida ham ijod qilish mumkin ekanligini isbotlamoq uchun ularning hammasida asarlar yaratdi. Davlat hujjatlari va xatlarini fors-tojik tilidan qolishmaydigan darajada o‘zbek tilida yozish mumkinligini kuyidagicha bayon qildi: « ... va muqobalada forsiy alfozning dilnazir insholari mavjud va dilpisand makotib domlolari mahbud. To xayolga andoq keldikim, turk alfozining dog‘i ruqhalari hamul misol bila aytilgay va bu til nomlarini ham ushul minvol bila sabt etilgay» («Munshaot»).
Har qaysi uslubda forsiguy shoirlar bilan ijodiy musobaqalashib, o‘zbek tilining go‘zalligi va imkoniyat darajasining kengligini namoyish etdi. Bu haqida «Mezon ul-avzon» asarida shunday yozadi: «... Ajam shuarosi va fure fusaxosi har qaysi uslubdakim, suz arusiga jilva namoyish berib erdilar, turk tili bila qalam surdum va har nechuk qoidadakim, mahni abkoriga ziynat va oroyish ko‘rguzub erdilar, chig‘atoy lafzi bilan raqam urdum. Andoqkim, to bu mazkur bo‘lg‘on til va lafz binosidur, hech nozimg‘a bu dast bermaydur va hech roqimg‘a bu muyassar bo‘lmaydur».
Lekin Alisher Navoiy fors tilida katta ijod yo‘liga chiqa olmaganligidan emas, balki turk (o‘zbek) farzandi ekanligidan turk (o‘zbek) tilining obro‘-e’tiborini ko‘tarish farzandlik burchi ekanligini his etganligidan turk (o‘zbek) tilida ijod qilmoqni bosh vazifa qilib qo‘ydi. Xolbuki, Alisher Navoiy yoshlik yillarida fors tilida ijod qila boshlagan va ajoyib muvafaqqiyatlarga erishayotgan, o‘z ijodi bilan ko‘plab forsigo‘y shoirlarni lol qoldirayotgan edi. Alisher Navoiy bu haqida shunday yozadi: «Bu so‘zlardin hasm mundoq bo‘lmasun va muddaiy bu navh gumon qilmaski, mening tabhim turk alfoziga muloyim tushgan uchun tahrifida mubolag‘a izhor qiladurmen, va forsiy iboratqa munosabatim ozroq uchun inkor va nafyig‘a isror ko‘rguzurmenkim, forsiy alfoz istiyfosin va ul iborat istiqsosin ishi mendin ko‘proq qilmaydur, erkin va saloh (yaxshi) va fasodin (yomon) mendin yaxshiroq bilmaydur...».
Shunday qilib, temuriylar davri Markaziy Osiyoda uyg‘onish davri bo‘lib qoldi. Sohibqiron Amir Temurning tutgan dono til siyosati tufayli an’anaviy fors tilining nufuzini pasaytirmagan holda turkiy tillarning obro‘-e’tiborini ko‘tarishga imkoniyat yaratildi.
Turk (o‘zbek) tilining qo‘llanish doirasini kengaytirish, uning haq-huquqini tiklash, ichki imkoniyatlarini to‘la namoyish etishga alohida ahamiyat berildi. Ana shunday sharoitda she’riyat sultoni Alisher Navoiy adabiyot gulshaniga kirib keldi va turk (o‘zbek) tilini she’riyat osmoniga ko‘tarishni umrining mazmuni deb bildi.
Dunyoga dong taratgan badiiy asarlari bilan turk (o‘zbek) tilining shuhratini olamga yoydi. Bu fikrlar XIX asr tilshunosligida buyuk inqilob hisoblangan strukturalizm g‘oyalari, xususan, Ferdinand de Sossyur, Lui Yelmslev qarashlarining negizi emasmi? Lui Yelmslev o‘zgarmas narsani konstanta deb nomladi.
Alisher Navoiy tasavvuf falsafasiga asoslangan xolda, olam, tabiat butun mavjudot yagona zotning ko‘rinishlari (tazohiri)dir, deydi. Bir vaqtlar u «o‘zi o‘zida» edi. Miqdor jihatdan beniqoyat, sifat jihatidan xilma-xil va shaklan behisob konkret narsalarning imkoniyatlarini o‘zida saqlar, shu imkoniyatlarning mujassamiday yashar edi.
Bu vaqtda u komil emas edi. Navoiy fikriga ko‘ra, «g‘uncha» edi. U o‘zidagi imkoniyatlarni ro‘yobga chiqarmoqchi, abstrakt mohiyatini konkretlashtirmoqchi, guldek ochilmoqchi, kamolotga erishmoqchi, o‘z husnini, mahoratini namoyon etmoqchi va shu bilan o‘z husnini chin go‘zalliklar, voqeliklar orqali ko‘rib tomosha qilmoqchi bo‘ldi.
Tabiat, bu dunyo go‘yo bir oyna (mirhot), unda Allohning aksi mavjud. Borliqdagi hamma narsada xudoning (yorning) jamoli:

Yüklə 427,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   79




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin