Tilshunoslik fanidan ma’ruzalar matni


Atamaning o‘zbek tilida nomlanishi



Yüklə 427,53 Kb.
səhifə58/79
tarix07.01.2024
ölçüsü427,53 Kb.
#205508
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   79
Tilshunoslik fanidan ma’ruzalar matni-fayllar.org

Atamaning o‘zbek tilida nomlanishi


Atamaning ingliz tilida nomlanishi


Atamaning rus tilida nomlanishi


Atamaning izohi

Strukturalizm


structuralism


структурализм


tilni belgilar sistemasi sifatida o‘rganuvchi, tilshunoslikning asosiy komponentlari – fonetika, grammatika, leksika o‘rtasidagi o‘zaro bog‘lanish va munosabatlarni tekshiruvchi, tilning tuzilishi to‘g‘risidagi ta’limotdir.


lingvistika


linguistics


лингвистика


Tilshunoslikni o‘rganuvchi fan bo‘limi


ichki lingvistika


Inner linguistics


энтралингвистика


Tilni ichki tomondan o‘rganish


tashqi lingvistika


Extra linguistics


экстралингвистика


Tilni tashqi tomondan o‘rganish


Paradigmatik munosabat


Paradigmatic relations


парадигматические отношения


til birliklarining nutqqacha bo‘lgan til hodisasidir


Sintagmatik munosabat


Syntagmatic relations


синтагматические отношения


til birliklarining nutq jarayonidagi mantiqiy munosabatidir va u nutq hodisasi sifatida qaraladi.




Adabiyotlar:
  1. Nurmonov A., Iskandarova Sh. Umumiy tilshunoslik. – Т., 2007.


  2. Rasulov R. Umumiy tilshunoslik. – Т., 2007/2010.


  3. Кодухов В.И. Общее языкознание. – M, 1974.


  4. Meчковская Н. Б. Umumiy tilshunoslik, tillarning tuzilmaviy va ijtimoiy tipologiyasi. – T., 2006.




8-MAVZU. TIL BELGILAR SISTEMA SIFATIDA. SEMIOTIKA VA LINGVOSEMIOTIKA. TIL SATHLARI BIRLIKLARI.




Reja:
1. Til – belgilar sistemasi sifatida va semiotika.
2. Sistema va struktura tushunchasi.
3. Sath tushunchasi va iyerarxik munosabat.
4. Til sathi birliklari o‘rtasidagi paradigmatik, sintagmatik va izomorflik munosabatlari.


1. Til – belgilar sistemasi sifatida va semiotika
Til kishilar o‘rtasidagi eng muhim aloqa vositasidir. U obyektiv borliqdagi ma’lum voqea-hodisa haqida axborot beruvchi asosiy vositadir. Bundan axborot berishning boshqa yo‘llari ham borligi ma’lum bo‘ladi. Masalan, yo‘l harakatidan ma’lumot beruvchi vositalar va boshqalar. Bu jihatdan til ham axborot berish uchun xizmat qiladigan yuqoridagi vositalar sirasiga kiradi. Ularning hammasi uchun umumiy narsa, avvalo, o‘zi haqida va shu bilan birga, borliqdagi boshqa ma’lum narsa-hodisalar haqida ma’lumot berishdir. Bunday vositalar belgilar deb nomlanadi.
Inson o‘zini qurshab turgan olamni bilish jarayonida olam unsurlarini obrazlar orqali ongida aks ettiradi va bu ongda aks etgan olam unsurlari belgi orqali ifodalanadi. Axborotning har qanday moddiy ifodalovchilari belgi hisoblanadi.
Tilning belgilar sistemasi ekanligi uning asosiy xususiyati va universal tomonidir.
Olamdagi narsa va hodisalarning har biri o‘zaro chambarchas bog‘liq ichki guruhlarning bir butunligidan iborat bo‘lib, bunda har qaysi butunlik boshqa butunlik bilan uzviy munosabatda bo‘ladi. Buni hayvonot olami va o‘simliklar dunyosining o‘zaro va ayni paytda insoniyat bilan uzviy aloqalari, ularning bir-birisiz yashay olmasligidan ham ko‘rish mumkin.
Belgi haqidagi falsafiy nazariya o‘zining uzoq tarixiga ega. Qadimgi elatlar narsaning mohiyati va ularning nomlanishi yuzasidan ilmiy bahslaridayoq yashirin holda belgi tushunchasiga asoslangan edilar.
Faylasuflar ta’sirida XIX asrdan boshlab tilning umumiy nazariyasiga bag‘ishlangan deyarli barcha lingvistik asarlarda so‘z ikki tomonlama xarakterga ega bo‘lgan belgi sifatida talqin qilina boshladi. V.Gumboldt, A.Shleyxer, G.Shteyntal, L.Breal, A.Meye, F.Fortunatov, I.A.Boduen de Kurtene, N.Krushevskiy asarlarida so‘zga belgi nuqtayi nazaridan yondashiladi. Lekin F.de Sossyur tilning belgilik tabiatini aniq-ravshan yoritib berdi. Hatto belgi nazariyasi bilan shug‘ullanuvchi alohida fan semiologiya fani mavjud bo‘lishini va lingvistika ham semiologiya tarkibiga kirishi lozimligini ta’kidladi.
Til nihoyatda murakkab va ko‘p tarmoqli hodisa bo‘lgani uchun u turli nuqtai nazardan tavsiflanadi:

Yüklə 427,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   79




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin