Academic Research, Uzbekistan 1211 www.ares.uz To‘rt tarkibli termin-birikmalar. Tilshunoslikka oid bunday termin-
birikmalar ona tili darsliklarida nisbatan kamligi bilan xarakterlanadi: ko‘chirma gapli qo‘shma gap, lug‘aviy shakl yasovchi qo‘shimcha, sintaktik shakl yasovchi qo‘shimcha kabi.
XULOSA Kuzatishlardan ma‟lum bo„ladiki, ona tili darsliklarida besh va undan ortiq
tarkibli termin-birikmalar uchramaydi hamda sodda terminlar va termin-birikmalar
yetakchi o„rinda bo„lgani holda, qo„shma va juft terminlar miqdori juda kam
hajmni tashkil etadi. Ona tili darsliklarida mavjud lingvistik terminlar tizimidagi
murakkab terminlarning aksariyati umumnutqda so„z birikmasi sifatida ham
ishlatiladi va ular tarkibidagi har bir lug„aviy ma‟noli birlik o„z avtosemantikligini
saqlab qoladi. Faqat bir ilmiy-lingvistik tushunchani anglatishi, ba‟zilarining
boshqa tillarga bir so„z bilan tarjima qilinishi kabi xususiyatlar ularni termin-
birikmalar safiga kiritishga asos bo„ladi. Terminologik korpus, terminologik
ma‟lumot bazalari yaratishda terminni modellashtirish asosiy bosqichlardan
sanaladi va bu jarayonda ham, terminni bir tildan ikkinchi tilga tarjima qilishda
ham murakkab tarkibli terminlar turli qiyinchiliklarni yuzaga keltirishi mumkin.
Bu esa tilshunoslik terminologiyasi oldiga lingvistik terminlarni qayta ishlash,
tizimlashtirish va tartibga solish vazifasini qo„yadi.
REFERENCES 1. Евлоева З.И. Русская лингвистическая терминология в эволютивном
аспекте: диссертация кандидата филологических наук. – Нальчик , 2006. –
150 с.
2. Hojiyev A.Tilshunoslik terminlarining izohli lug„ati. – Toshkent:O„zbekiston
milliy ensiklopediyasi, 2002
3. Ermatov I.R. O„zbek tilshunoslik terminlarining shakllanishi va taraqqiyoti:
filologiya fanlari bo„yicha falsafa doktori (PHD)dissertatsiyasi avtoreferati. –
Toshkent, 2019
4. Xudoyberganova D. Lingvokulturologiya terminlarining qisqacha izohli lug„ati.
– Toshkent:Turon zamin ziyo, 2015
5. Хамроева Ш.М. Корпус лингвистикаси атамаларининг қисқача изоҳли
луғати. – 2020