§3. Loyihalash metodi asosida o’qitishni tashkil etishda o‘qituvchiga qo‘yiladigan talablar va ta’limning modulli tizimining tutgan o‘rni Har qanday pedagogik texnologiya asosini ilmiy jihatdan loyihalangan didaktik jarayon – o’quv-bilish faoliyati tuzilmasi tashkil etadi. Ana shu jarayonni ajratilgan vaqt doirasida amalga oshirish o’qituvchining kasb mahoratiga bog’liq.
O’quv vaqtining asosiy qismi (70%gacha) talabalarining o’z-o’zini boshqarish jarayoniga sarf bo’lmog’i lozim. Talabalar o’zlarida o’zlashtirilmagan o’quv elementlarini qo’shimcha axborotlar manbaidan olishadi. Bunday sharoitni OO’Yu o’qituvchisi o’z fani bo’yicha auditoriyada yaratishi uning ijodiy mahoratini belgilab beradi. Qo’shimcha boshqariluvchan axborotlar manbai kitob (darslik, qo’llanma, ma’ruzalar matni, monagrafiya va b), O’TV (o’qitishning texnik vositalari), kompyuterlar xizmat qiladi.
Talabadan axborotlar o’qituvchiga teskari aloqa (3-kanal) asosida uzatiladi. Bunda o’qitish jarayoni natijasi to’g’risida o’qituvchi to’liq ma’lumot oladi. Bugun o’qitish tizimida reyting aynan shu vazifani o’tishi uchun joriy etilgan.
O’qituvchida talabalarning o’zlashtirish darajalari to’g’risida aniq ma’lumotlar bo’lsagina u o’quv-bilish faoliyatini samarali boshqarishi, ta’limiy axborotlarning texnologik harakatlarini korreksiyalashi mumkin bo’ladi. Bir xil o’quv fondi va bir sharoitida nima uchun talaba A materiallarini yaxshi o’zlashtiryapti, talaba V esa aksincha, sust o’zlashtiryapti, degan savolga o’qituvchi javob topishi, buning uchun u o’z faoliyatini tuzatishi, ya’ni asosiy o’quv materiali asosida talabalarga o’zatilayotgan axborotlar mazmunining optimal tuzilmasini rejalashtirishi lozim. Ana shu maqsad uchun 2-kanal ishga tushadi. Fanning aniq mavzusi bo’yicha belgilangan maqsadlari (taktik) va butun fan bo’yicha egallanishi zarur bo’lgan bilim va ko’nikmalar tizimi (strategik) oldindan belgilanadi. Demak, o’qitish jarayoni natijalari oldindan aniqlansagina pedagogik texnologiyaning asosiy prinsipi – yakuniy natijaning kafolatlanishi ta’minlanadi.
Shunday qilib, karalayotgan texnologik jarayon tuzilmasining samaradorligini oshirish uchun:
1) talabalarga uzatilayotgan o’quv axborotlarining mazmunini optimal miqdorda aniqlash;
2) talabalarning bilish faoliyatini samarali boshqarish va tashkil etish;
3) axborotlarni talaba tomonidan o’zlashtirishning individual o’zi-o’zini boshqarish jarayonlari imkoniyatlaridan foydalanish;
4) axborotlarni o’zlashtirish darajalarini nazorat qilishni tashkil etish.
Xo’sh, pedagogning pedagogik tizimda tutgan o’rni nimadan iborat?
1. O’qituvchi davlat buyurtmasiga mos keladigan ta’lim-tarbiya maqsadini (2-element) tashxislanuvchan holda aniq va ravshan belgilashi kerakki, natijada ajratilgan vaqt ichida unga erishishni ta’minlaydigan didaktik jarayonni tuzish va joriy etish to’g’risida xulosa qilish mumkin bo’lsin.
2. O’qituvchi belgilangan ta’lim maqsadiga to’g’ri keladigan o’quv-tarbiyaviy jarayon mazmunini saralashda fanning abstraksiya pog’onalarini va o’zlashtirish darajalariga mosligini inobatga olishi zarur.
3. O’qituvchi pedagogik tizimning tarkibiy elementi sifatida didaktik jarayonni tuzish talablari bilan tanish bo’lishi va uning eng maqbul variantini har bir dars mavzusiga bog’liq holda loyihalashi kerak).
Modulli ta'lim texnologiyasi – shaxsga yo`naltirilgan ta'lim texnologiyasidir. U ta'lim maqsadini amalga oshirish uchun o`quv jarayonini optimallashtirish, o`quvchilarning bilish va tarbiyaviy sohalarini rivojlantirish, o`rganish faoliyatini boshqarish bilan birga o`z-o`zini boshqarish kabilarga keng imkoniyatlar yaratish bilan ta'lim jarayonini yaxlitligini ta'minlashga qaratilgan.
Bu texnologiyaning yana bir afzalligi shundaki, unda ta'lim mazmuni bilan uni o`qitish texnologiyasi chambarchas bog`langan integratsion jarayon bo`lib, u quyidagi texnologiyalar majmui orqali amalga oshadi: muammoli, algoritmli, dasturlashtirilgan, aqliy faoliyatning bosqichma-bosqich shakllantirish, “to`liq o`zlashtirish” va boshqalar.
Modulli texnologiya umumlashgan universal tizim bo`lib, ta'lim-tarbiya maqsadlarini amalga oshirishga xizmat qiladigan barcha optimal va mos texnologiyalarni o`z ichiga oladi.
Modul lotincha “modulus” so`zidan olingan bo`lib me'yor, o`lchov degan ma'noni anglatadi. Ta'limda modul o`rganilayotgan predmetni ma'lum qismlarga bo`lib, uni o`rganishning aniq tizimini yaratadi. O`quvchilarning o`qishini tashkil etish vositasi sifatida modullar tayyorlashning har xil usullari mavjud.
Modul dasturi, mustaqil o`qishga o`rgatadigan o`quv qo`llanma sifatida o`quvchiga o`quv moduliga kiritilgan o`quv materiali blokini o`qish vaqtida doimiy foydalanish uchun berilsa ta'lim samaradorligi oshadi.
Modul qo`llanma strukturasida quyidagi konstruktiv talab va qoidalar aks topadi:
modulni o`qish natijasida sifat xarakteristikalariga (shaxsiy va bilish) kiritilgan kompleks maqsad.
ta'lim standartida berilgan predmet “o`quv elementlarida” maqsadning oydinlashishi.
modulni o`rganish texnologik usullar bo`yicha dastur va tavsiyalar.
yakuniy nazorat topshiriqlarida o`zlashtirish darajalari etalon va mezonlari bo`yicha maqsadlar oydinlashishi.
o`z - o`zini va o`zaro nazoratni tashkil etish bo`yicha etalonlar.
Sinf-dars tizimda modulli ta'lim texnologiyasi adaptatsiyasi. Bo`limni o`rganishdan oldin o`quvchilar bilan materialni o`rganish istiqbol rejasini muhokama qilinadi, mavzular ketma-ketligi, har bir mavzu bo`yicha darslar soni, dars shakllarini aniqlanadi.
Har bir o`quvchi individual ish uchun modul qo`llanmasi yoki modulga kirgan didaktik materiallar paketini oladi, unga quyidagilar kiradi:
yakuniy nazorat ishi namunasi yoki sinov uchun savol va topshiriqlar;
masala yechimi va javoblari bo`lgan o`z-o`zini nazorat qilish uchun “echimlar”;
erkin tanlov uchun, ijodiy xarakterga ega bo`lgan topshiriqlar.
Bu modulning qo`llanmasidan o`quvchi uyida va sinfda o`zi mustaqil foydalanadi: ba'zi materiallar ustida uyida qo`shimcha ishlaydi, ba'zilari bo`yicha oldinga o`tib ketadi. Uyga vazifa majburiy emas. O`quvchiga modul bilan ishlash metodikasini tushuntirib, eslatib turish lozim.
Reproduktiv faoliyatda o`zlashtirilgan harakatnng mo`ljal asosi uning algoritmlari va qoidalari faqat har xil ko`rinishlarda qayta ishlab chiqiladi (ta'limda aynan qayta gapirib berishdan tortib, o`xshash vaziyatlarda biroz o`zgartirib aytishgacha), o`quv predmetida dastlab bilib olingan ma'lumotlarga o`quvchi faoliyat davomida biror yangi axborot qo`shmaydi. Algoritmik harakatlar, ya'ni yaxshi tanish sharoitlarda va aniq tasvirlangan qoidalarga binoan harakat qilish reproduktiv faoliyat uchun xarakterlidir. Masalan, talaba umumiy ta'lim, ixtisoslik predmetlari bo`yicha o`quv qo`llanmalaridagi barcha masalalar (vazifalar)ni ilgari o`zlashtirilgan (bilingan) qoidalar va algoritmlarga binoan yechadi, o`quvchining bunday faoliyati reproduktivlik doirasidagi harakatlaridir.
Ta'limning axborotlashuvi axborotlarga qiziquvchilarning foydalanishlari maqsadida axborotlarni to`plash, qayta ishlash va ularni tarqatish maqsadidagi metod, jarayon va texnik - dastur vositalarini o`z ichiga oladi.
Ta'limning axborotlashuvi maqsadi yangi axborot texnologiyalaridan foydalanish asosida intellektual faoliyatni global intensifikatsiyasini ta'minlashdir. Bu oliy ta'limdagi ba'zi negativ holatlarning ham oldini oladi.
O`zbekistonda ta'lim islohotini amalga oshirishning muhim sohalaridan biri jahonda axborot texnologiyalarining inson hayotiga tobora keng kirib kelayotgani sharoitida ta'lim sohasining axborotlashuvidir. Jamiyat rivojlanishining industrlashtirish etapidan axborotlashuvga o`tishning yo`li yangi axborot texnologiyalaridir.
Ta'limning axborotlashuvi yangi axborot texnologiyalarning quyidagi imkoniyatlaridan samarali foydalanish imkonini beradi:
1) har bir individga ta'lim olish imkoniyatini beradigan ochiq ta'lim tizimi;
2) bilish jarayonini tashkil etishni o`zgartirish;
3) ta'limni axborot-metodik ta'minlashni boshqarishning samarali tizimini yaratish;
4) ta'lim jarayonida o`quvchilarning bilish faoliyatini samarali tashkil etish;
5) kompyuterlarning o`ziga xos xususiyatlaridan foydalanish, bular: bilish jarayonini tashkil etish imkoniyati, ta'lim jarayoniga faoliyatli yondoshuvni qo`llab-quvvatlash, ta'lim jarayonini individuallashtirish va printsipial yangi bilish vositalarini tashkil etish;
6) masofaviy ta'limning turli darajalarini yaratish, rivojlantirish va takomillashtirish. Bundan tashqari yangi axborot texnologiyalari bir qancha printsipial yangi didaktik vazifalarni yechishga yordam beradi;
7) kompyuter grafikasi va kompyuter modellashtirishi vositasidan foydalanish asosida murakkab biologik va texnik tizim ichidan mikro va makro olamdagi voqealar va jarayonlarni o`rganish;
8) katta yoki kichik tezlik bilan o`tadigan real har xil fizik, ximik, biologik va ijtimoiy jarayonlarni o`rganishni qulay masshtab va vaqtda takdim etish.
XULOSA O'qituvchi darsni rejalashtirar ekan, albatta, uni qanday metod asosida o'tkazish haqida bosh qotiradi. Yuzaki qaraganda, har bir mavzuni xohlagan metodni qo'llab o'tkazaversa bo'ladi, lekin amalda buning iloji yo'q. Bunga qator ob’yektiv va subyektiv sababiar, mavjud sharoit salbiy ta'sir ko'rsatadi.
O’qituvchilarning xususiy fanlar asoslarini o’qitishga yo’naltirilgan mashg’ulotlar jarayonini noan’anaviy shakllarda tashkil etish, ta’lim jarayonini mukammal andoza asosida loyihalashga erishish, mazkur loyihalardan oqilona foydalana olish ko’nikmalariga ega bo’lishi ta’lim oluvchilar tomonidan nazariy bilimlarni puxta, chuqur o’zlashtirilishi, ularda amaliy ko’nikma va malakalarning hosil bo’lishining kafolati bo’la oladi.
Dars jarayonini qanday metod asosida tashkil etishda o'quvchi-talabalarning o'rtacha bilim darajasi ham muhim rol o'ynaydi. Guruhda talabalarning bilim darajasi yuqori bo'lsa, muvofiq ravishda ijodiy izlanishga undaydigan metodlarni qo'llash zarur. Bu ularni yanada ko'proq o'qishga, izlanishga olib keladi. Bilim darajasi past bo'lsa, ularga fanning mazmunini o'zlashtirishga yordam beruvchi metodlarni tanlagan ma'qul.
Loyihalash metodi ta'lim texnologiyasining muhim bo'g'iniga aylanmoqda. Bu metod ta'lim oluvchilarga hayot tarziga moslashish, mustaqil, ijodiy fikrlash ko'nikmalarini hosil qilishga yordam beradi.
Loyihalash metodi ta'lim jarayonining muhim jihatlaridan biri bo'lib, o'qituvchining talabalar bilan individual ishlash imkonini beradi. O'qituvchi dars vaqtidan unumli foydalanib, talabalarning individual psixologik xususiyatlarini hisobga olgan holda ular bilan yakka tartibda ishlaydi. Bunda ularning kasbiy fanlarni chuqurroq egallashlariga kengroq yo'l ochib beriladi. Loyihalash ishlarini tashkil etishda didaktik vazifaning qo'llanilishi va uni hal etish muammolari ko'rib chiqiladi.
Loyiha qatnashchilari o'z qiziqishlari, fikr doiralari bilan bir- birlariga yaqin, yordam beruvchi o'quvchi, talabalar bo'lib, ularni loyihada qo'yilgan maqsad birlashtiradi. Ularni yoniga keyinchalik boshqa qatnashchilar ham qo'shilishi mumkin. Lekin qatnashchilar haddan tashqari ko'payib ketishi salbiy oqibatlarga olib keladi. Shuning uchun loyihada har bir qatnashuvchining bajaradigan vazifasi aniq yozib qo'yiladi.