static_cast operatori. Static_cast operatori polimorf bo‘lmagan tipdagi ko‘rsatkichlarni almashtirish uchun foydalaniladi. Har qanday tipni almashtirish uchun foydalanish mumkin. Biroq, dastur bajarilatgan vaqtda hech qanday tekshirish amalga oshirilmaydi. Static_cast operatori quyidagi umumiy yozuv formatiga ega:
static_cast (expr)
Bu yerda type elementi yangi tipdagi almashtirish tipini belgilaydi va expr elementi bu yangi tipga tipi almashtirilishi kerak bo‘lgan ifodani bildiradi.
Static_cast operatori tipni almashtirishning orginal operatoridir. U faqat polimorf bo‘lmagan tiplar uchun amalga oshiradi. Masalan, quyidagi 1.10-dasturni ishlaganda float tipidagi o‘zgaruvchi int tipiga aylantiradi.
1.10-dastur.Static_castoperatoridanfoydalanish.
int main(){
int i; float f;
f = 199.22F;
i = static_cast (f); cout << i;
return 0; system("pause");
}
reinterpret_cast operatori. Reinterpret_cast operatori fundamental tipni almashtirishni amalga oshiradi.
Reinterpret_cast operatori tipni tubdan farq qiladigan tipga aylantiradi. Masalan, bir ko‘rsatkichni int tipiga hamda bir ko‘rsatkichni bir int qiymati uchun ko‘rsatkichga aylantirish uchun foydalanishingiz mumkin. Bundan tashqari, tabiatan mos kelmaydigan ko‘rsatkich tiplarni tashlash uchun foydalanish mumkin. Ushbu operator quyidagi umumiy formatga ega:
reinterpret_cast (expr)
Bu yerda type elementi yangi tipdagi tipni almashtirishni belgilaydi va expr elementi bu yangi tipga almatiriladigan ifodani bildiradi.
Reinterpret_cast operatoridan foydalanish quyidagi 1.11-dasturni ko‘rib chiqamiz.