Muloqot oynalari boshqarish elementlari. Bunda interaktiv muloqt qilish oynalari tushiniladi. Ularni yaratish va boshqarish dasturchining xoxishiga qarab amalga oshiriladi. Yuqorida aytib o‘tganimizdek, Visual C++ da MessageBox sinfi haqida yuqoridaga aytib o‘tgan edik. Unda 21 ta turli kombinatsiyali show funksiyachi bordigini ham. Shuning bu funksiyalar va ularning parametrlari hamda parametrlarining qiymatlari to‘g‘risi maʻlumotlarni va muloqot oynalarini yaratishga va ishlov berishga eʻtiborni qaratamiz.
Show(String) fknutsiyasi. Bir argumentli funksiya bo‘lib, belgilangan matn bilan xabar ko‘rsatadigan muloqot oynasini yaratish uchun ishlatiladi. Uning kiruchi parametri System::String tipida bo‘lib, System::Windows::Forms::DialogResult tipidagi qiymat qaytaradi.
if( MessageBox::Show("Bu oddiy sohow") == System::Windows::Forms::DialogResult::OK) this->Close();
Show(IWin32Window, String, String, MessageBoxButtons,
MessageBoxIcon, MessageBoxDefaultButton, MessageBoxOptions, String, String) funksiyasi. Bu ko‘p paramerli bo‘lib, belgilangan paoametlar asosida interaktiv muloqot oynasini yaratish uchun ishlatiladi. Parametlari quyidagi qiymatlari qabal qiladi.
IWin32Window Interface - System.Windows.Forms nomlar fazosi va System.Windows.Forms.dll kutubxonasidan foydalanib, Win32 HWND ni joriy qilish interfeysi beradi. IWin32Window sinf interfeysidan merosxo‘r oladi. System.Windows.Forms.Control va System.Windows.Forms.NativeWindow umumiy ruxsat sinflari interfeyslarini ishlatadi, qiymatlar sifatida ComVisibleAttribute, GuidAttribute, InterfaceTypeAttribute tiplarini ishlatadi.
MessageBoxButtons - Enum tipidagi parametrdir. System.Windows.Forms nomlar fazosi va System.Windows.Forms.dll kutubxonasidan foydalanadi. Muloqot oynalarida ko‘rsatilishi kerak bo‘lgan tugmalarni aniqlaydi. Qiymatlari public enum class MessageBoxButtons taʻluqlidir.
11.6-jadval.MessageBoxButtons qabul qiluvchi qiymatlar
№
|
Qiymat nomi
|
vazifasi
|
1
|
AbortRetryIgnore
|
Muloqot oynasida Abort, Retry Ignore tugmalarini o‘rnatish
|
2
|
OK
|
Muloqot oynasida OK tugmasini o‘rnatish
|
3
|
OKCancel
|
Muloqot oynasida OK va Cancel tugmalarini o‘rnatish
|
4
|
RetryCancel
|
Muloqot oynasida Retry va Cancel tugmalarini o‘rnatish
|
5
|
YesNo
|
Muloqot oynasida Yes va No tugmalarini o‘rnatish
|
6
|
YesNoCancel
|
Muloqot oynasida Yes, No va Cancel tugmalarini o‘rnatish
|
Muloqot oynasiga MessageBoxButtons tugmalarini o‘rnatish dastur fragmenti:
if ((MessageBox::Show("Joriy oynani yopishni xoxlaysizmi?",
"Xabar", MessageBoxButtons::YesNo) == System::Windows::Forms::DialogResult::Yes)){
this->Close();
}
MessageBoxIcon – Enum tipidagi obʻyekt bo‘lib, u ham yuqoridagidek,
nomlar fazosi va kutubxona bilan ishlaydi. Muloqot oynasida ko‘rsatish uchun muloqot oynalarining turlarini belgilovchi konstantalarni aniqlaydi.
Dostları ilə paylaş: |