Valarray son sinfi va uning funksiyalari. Yaqin orada C++ da massiv elementlari bilan ishlash va samarali saqlash uchun Valarray konteyneri paydo bo‘ldi. Bu hamma C++ standartlarida bo‘lmasligi ham mumkin.
Bu sinf massiv element indekslari bo‘yicha birlashtrish operatorlari va elementlararo matematik amallarni bajaradi.
Vektor bilan solishtirganda Valarray sinf matematik amallarni bajarishda samaraliroq hisoblanadi.
Valarray sinfning ochiq funksiyalari:
apply() – bu massiv elementlari bo‘yicha bir vaqtda o‘zgarishlarni bajaradi va yangi massiv qaytaradi.
sum() – massivdagi elementlar yig‘indisini qaytaradi.
6.2-dastur. apply () va sum () funksiyalaridan foydalanish.