kamayadi. Shundan so‘ng gaploid davr boshlanadi. O’simliklarda bir necha xil
gametalar bo’ladi, shunga ko‘ra, bir necha xil jinsiy ko‘payish uchraydi.
1. Xologamiya (yunon. xolos - butun, gameo - qo’shilish) yo‘li bilan ko'payish
ba’zi bir hujayrali organizmlarda uchraydi. Ularda maxsus gametalar bo‘lmaydi,
shuning uchun jinsiy ko'payish bir -biriga o'xshash vegetativ hujayralarning
qo'shilishi natijasida sodir bo'ladi.
2. Izogamiya (yunon. izos - teng, gameo - qo'shilish) ko'payishning eng sodda
shaklidir. Jarayon morfologik jihatdan farq qilmaydigan harakatchan gametalarning
bir - biri bilan qo'shilishidan iborat.
Izogamiya suvo'tlarda ( xlamidomonada,ulotriks, qo'ng'ir suvo'tlardan fukus) va
tuban zamburug'larda ko'rinadi.
3.Anizogamiya yoki geterogamiya (yunon. anizos- notekis, tengsiz, geteros -
turlicha, gameo -qo'shilish), ya’ni shakli har xil, biri kichikroq va serharakat,
ikkinchisi kattaroq va sust harakat qiluvchi gametalarning bir-biri bilan qo‘shilishiga
anizogamiya yoki geterogamiya deb ataladi.
Yuksak o'simliklardan moxlar(yo'sinlar)da gametofit ustun, qirqquloqlar va
qirqbo’g’imlarda esa sporofit ustundir. O’simliklarning urug'lar yordamida
ko'payishi. Urug'lar yordamida ko'payish ochiq urug'li va yopiq urug'li o'simliklarga
xos. Ularda urug'lar yangilanish, ko'payish va tarqalish organi bo'lib xizmat qiladi.
Urug'lar ko'p miqdorda hosil bo'ladi, tarqaladi va ulardan yana o'shanday o'simliklar
vujudga keladi.
Xulosa qilib aytganda, tirik organizmlar qanday ko’payishidan qat’iy nazar, ular
uchun ko’payish juda ham muhim sanaladi. Boisi,
biologiyada koʻpayish - barcha
mavjudotlarning oʻziga oʻxshash organizmlar hosil qilish orqali oʻz hayoti
uzluksizligi va uzviyligini taʼminlashidir.
Ko’payish muddati va tezligi harorat, kun uzunligi, oziq miqdori va tashqi
muhitning barcha omillari bilan bogʻliq. Yuksak hayvonlarda ko’payish organlari
faoliyati nerv sistemasi va ichki sekretsiya bezlari tomonidan boshqarib turiladi.
Shunday qilib, bakteriyalardan tortib eng katta sut emizuvchi hayvonlar ham, suvda
suzuvchi baliqlar-u osmonda uchuvchi qushlar ham ko’payish xususiyati orqali o’z
naslini saqlaydi va tabiatda doimo yashaydi. Bu jarayon tabiatdagi zanjirning
uzilmasligi uchun ham muhimdir.
Dostları ilə paylaş: