Tish olish. Tish olish uchun asbob va uskunalar



Yüklə 169,71 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix23.04.2022
ölçüsü169,71 Kb.
#56123
16 - Nazariy materiyal 53b2d2ebb068f4981b135f45d3430be4



 

 

Tish olish. Tish olish uchun asbob va uskunalar.  

 

Tish olishdan oldin bemorni ko‘rikdan o‘tkazish.  



Tish olishni rejalashtirayotgan shifokor bemorni ko‘rikdan  

o‘tkazib olinishi rejalashtirilayotgan tishning holatiga baho be-  

rishi kerak. Avvalo tishning toj qismi holatiga e'tibor berila-  

di: I) qanchalik u yemirilgan, 2) atrof to‘qimalarda yalliglanish bormi 3) qimirlash darajasi; rentgen 

tasviridan 4) ildiz atro-  

fidagi suyak holati, 5) ildizlar soni, shakli, uzunligi, o‘zaro mu-  

nosabati (birlashib yoki tarqalib ketgan), 6) yuqori jag‘ bo‘shlig‘i,  

burun tubiga yaqinligi, 7) pastki alveolyar nerv va kanalga muno-  

sabati, 8) ildizlar orasidagi suyak qalinligiga.  

Sh ularni e'tiborga olib tish olish uchun kerakli asboblar  

tanlanadi. Tish olish operatsiyasini muvaffaqiyatli bajarilishi  

shifokor va bemorning bir-birini tushunishi va hamkorligiga  

bogliq. Sh uning uchun shifokor bemorga bajaradigan muolajalar  

haqida tushuncha berishi, bemor his qilishi mumkin taassurotlar,  

masalan anesteziya ta'sirida yuz to‘qimalari va tilda jimirlash,  

shish, harakatlari bo‘ysinmasligi. Tish olish harakatlarida og‘riq  

bo‘lmasligi, ammo sezgi saqlanib qolishi haqida tushuntirish za-  

rur. Har qanday mahalliy og‘riksizlantirish taktil sezuvchanlikka  

ta'sir etmasligini, shuning uchun bemorga bormashina yoki iskana  

yordamida suyak kesilishi va sinishini sezishi va ularga ahamiyat  

bermasligini uktirish kerak. Bemorga hyech kachon tishni olish yen-  

gil kechadigan va juda tez bajariladigan operatsiya deb ishontir-  

maslik kerak.  

Bemor juda bezovta bo‘lsa, unga premedikatsiya tayinlash ke 

rak. Kresloga o‘tkazishdan oldin kalin kiyimlarni yechish, kamarni  

bo‘shatish, yelkani keng ochib qo‘yish tavsiya qilinadi.  

Operatsiyadan oldin qo‘l yuvish.  

Tish olish operatsiyasi har qanday jarrohlik muolajasidan  

avval shifokorning ma'lum tayyorgarligini talab qiladi.  

J arroh avvalo maska va himoya oynagini taqishi shart.  

Alohnda ahamiyat ko‘l yuvishga qaratiladi. Oqib turgan suvda  

ko‘lni sovunlab yuvib, steril salfetka yoki sochiq bilan qo‘l  

quritiladi va 2-3 minut 70 % li etil spirti bilan artiladi.  

Spirt o‘rniga qo‘l terisini 0,5% xlorgesidinning spirtli erit 

masini ishlatish mumkin. Sh undan keyin steril rezina qo‘lkop  

kiyiladi. Tish olishdan ham kattaroq operatsiyalar qilish uchun  

qo‘lni sovun bilan oqib turgan suvda I minut yuvib, steril sal 

fetka bilan quritiladi va tog‘oraga solib qo‘yilgan maxsus erit-  

magaS-4 retseptli «pervomur» ( 1 l eritma tarkibida 17,1 ml-30-  

33% vodorod peroksidi, 6,9 ml 100% yoki 8,1 ml 85% chumoli ki-  

slotasi, qolgani suv). Sh undan keyin qo‘l steril salfetkalar yor 

damida kuritiladi, steril qo‘lqop kiyiladi. J arrohlik amaliyoti  

tugatilganidan so‘ng qo‘lqoplar yechilib sovun bilan qo‘l yuviladi.  

Jarroh doimo qo‘lini parvarish qilib borishi kerak, tirnoqlar  

qisqa olinib, lak surtilmagan bo‘lishi kerak.  

Operatsiya maydoniga ishlov berish  

Tish olish operatsiyasidan oldin tishlardagi qattiq va  

yumsheq karash olib tashlanadi. Ovqat qoldiklari tish oralaridan  

0,1 % kaliy permanganat eritmasi bilan yuvib chiqariladi. Boshqa  

antiseptiklarni ishlatish ham mumkin. Tishlardan qattiq karash  




qirib tozalanadi, chunki tish olish operatsiyasi jarayonida ular  

tish katakchasiga tushishi mumkin.  

Agarda tish olish uchun bormashina va iskana ishlatilsa, unda  

yuz terisi 70% etil spirta yoki 0,5% xlorgeksidin eritmasi bi 

lan artiladi va steril mahsus choyshab yoki sochiq bilan yopiladi.  

Tish olish uchun ishlatiladigan ombir va elevatorlar  

Tish oladigan omburlar tishning toj va ildiz qismlari tu-  

zilishini va jag suyaklarida joylashishini e'tiborga olgan holda  

xilma-xil bo‘ladi. Shunga karamay ularni hammasi tuzilishida  

bir prinsip yotadi. Tish va ildizlarni qisib oluvchi (qiskich)  

qismi, ko‘l bilan ushlab ishlatiladigan dastak qismi va oraligida  

asbob qismlarini birlashtiruvchi-o‘qi bo‘ladi. Omburning kiskich  

qismining ich tomoni egatcha shaklida bo‘lib, ichida uzunasi bo‘yicha  

taralgan ariqchalar bilan qoplangan, ular tish va ildiz ustidan  

qisqichni sirpanmasligini ta'minlaydi. Dastak qismining ichki  

yuzasi tekis tashki yuzasi taram-taram (botiq va bo‘rtma) chiziqlar  

bilan qoplangan, ular omburni qo‘lda sirpanmasligini ta'min 

laydi.  


Bajariladigan ishga nisbatan omburlar bo‘linadi:  

1. Yuqori jag tishlar va ildizlar uchun.  

2. Pastki jag tishlar va ildizlar uchun toj qismi saqlanib  

qolgan tishlar uchun omburlarni kisqich qismi uchlari bir biriga  

tegmaydi, ildiz olish uchun ishlatiladigan ambularni qisqich  

qismi uchlari bir biriga tegib turadi.  

Yu kori jag tishlarini oladigan omburlar qisqich qismi va  

dastagi o‘qlari uzunasi bo‘yicha, mos tushadi, yoki parallel ayrim-  

larida o‘tkir burchak ostida yotiq bo‘ladi.  

Yu qori jag kesuv tishlar va ildizlari tugri omburlar bi 

lan olinadi. Bu omburlarni dastak, o‘qi va qisqich qismi o‘qlari  

bir yo‘nalishda bo‘ladi.  

Yuqori jag kichik oziq tishlarini oladigan omburlar qisqich  

qismi o‘qi dastagi o‘qiga nisbatan o‘tkir burchakda yotiq bo‘ladi.  

56  

Toj qismi saqlangan tishlar uchun qisqich qismi yuzasi keng va uch-  



lari tutashmaydi. Ildiz uchun omburlarning qisqich qismi tor va  

uchlari tutashgan bo‘ladi. Dastak qismi S shaklida qiyshaygan  

bo‘lib ushlash uchun qulay. Ung va chap tomon tishlarini olish  

mumkin.  

Yu qori jag‘ katta oziq tishlar oladigan omburlar ham S  

shaklida bo‘lib, tuzilishida kichik oziq tishlarini oladigan  

omburlardan qisqich qismi bilan farq qiladi. Yu qori jag‘ katta  

oziq tishlarini bir vaqtda uch ildiziga o‘rnatilib siqib olishi  

kerak.  

Omburning tashqi lunj tomonidagi qisqichida ikki ildiz  

orasiga kirib siqib ushlaydigan tirmoqchasi bo‘ladi. Bu omburlar  

alohida o‘ng va alohida chap tomon uchun chiqariladi.  

Yu qori jag‘dagi uchinchi katta oziq tish og‘izning ichkarisida  

joylashganligi sababli uni olish uchun mahsus ombur ishlatiladi.  

Boshqa omburlardan farqi o‘qi va qisqich oralig‘ida o‘tuv qismi bor  

kisqich qismi uchlari to‘mtoq va jipslashmaydi.  

Yuqori jag‘ toj qismi o‘q tishlar ildizlarni olish uchun  

mahsus nayzasimon omburlar bor. Ularda ham o‘q va qisqich qism  

oralig‘ida o‘tuv qismi bor. Ularning kisqich qismi uchlangan, tor  

va bir biri bilan tutashadi. Sh uning uchun ular yordamida hamma  

ildizlarni olish mumkin.  



Pastki jag‘ tishlarini olish uchun tumsh ug‘i qirra bo‘ylab  

egilgan omburlar ishlatiladi. Bu omburlarning qisuvchi qismi va  

dastaqlari o‘qi tug‘ri burchak hosil qiladi. Qisuvchi qismi verti 

kal, ikkala dastak bir biriga parallel joylashadi. Tishlar toj  

shakliga moslab omburlar qisuvchi qismi tuzilishi har xil  

bo‘ladi.  

Pastki kesuv tishlarni oladigan omburlarning qisuvchi  

kismi uchlari tor va siqqanda tutashmaydi. Qoziq tish va kichik  

oziq tishlarini oladigan omburlar shakli shunday, ammo qisuvchi  

kismi uchlari keng.  

Katta oziq tishlarini oladigan omburlar qisuvchi qismi  

keng, uchlari tirnoqchali, ular ikki ildiz orasiga kirib siqib  

ushlash uchun mo‘ljallangan.  

Og‘iz ochilishi chegaralangan hollarda tishlar tumshug‘i  

(qisuv qismi) tekislik bo‘ylab egilgan ombur yordamida olinadi.  

Dastaqlari gorizontal tekislikda ochilishi hisobiga bu ombur-  

57  

larning tumsh uq (qisuv) qismi kalta bo‘ladi va og‘iz chegaralanib  



ochilganda juda qo‘l keladi.  

Pastki jag‘dagi ildizlarni olish uchun tumshuqlar (qisuv  

qismi) uchlari qo‘l sikilganda tutashmaydigan omburlar ishlati-  

ladi.  


Omburlarni ushlash. Odatda omburni tish olayotganda o‘ng qo‘l  

bilan ushlanadi. Barmoklarni shunday joylashtirish kerakki,  

ular dastaklarni bemalol ochib yopish va ildiz o‘qi bo‘ylab suyak to-  

mon surish imkonini berishi kerak. Ikki xil ushlash uslubi bor.  

Birinchi uslubda ikkinchi va uchinchi barmoqlar pastki das-  

takni tashqarisidan ushlab, siqqanda omburni kaftga  

yaqinlashtiradi: to‘rtinchi va beshinchi barmoqlar yuqori turgan  

(kaftdagi) dastakni ushlaydi. Birinchi (bosh) barmoq ombur o‘qiga  

ikki dastak orasiga tashkaridan qo‘yiladi. Omburni ochish uchun  

to‘rtinchi va byoshinchi barmoqlar keriladi, yopish uchun II va III  

barmoklar siqiladi. Ombur o‘rnatilgandan so‘ng hamma barmoklar  

dastakni tashqi tomoniga qo‘yib yopish maksadida siqiladi.  

Ikkinchi uslub. Yuqori jag‘ tishlarini olish uchun ishlatila-  

di. Ochiq kaft yuzasiga ombur ko‘yilib dastaqlar orasiga II va III  

barmoqlar kiritiladi, bosh barmok bilan yuqoridagi dastak ush  

lanadi IV va V barmoqlar bilan pastki dastak ushlanadi. Omburni  

ochish uchun Sh barmoq yordamida dastaqlar keriladi,  

yaqinlashtirish uchun IU va U barmoklar siqiladi. Omburning  

qisuv qismi uchlarini suyakkaga kiritish uchun dastaqlar uchi kaft 

ga, tirab yuqoriga itariladi. Sh undun so‘ng III barmoqni pastki  

dastakka o‘rnatib to‘rt barmoq bir tomondan, bosh barmoq qarshi  

tomondan sikib tish sugurish bajariladi.  

Elevatorlar. Tish yoki ildizni olish uchun elevatorlar ishla-  

tiladi. Elevatorlar richag asnosida ishlaydi. Elevatorda uch qism  

ajratiladi: ishchi kismi, dastak va ular orasida birlashtiruvchi  

kiem. Elevatorlar asosan ishchi qismi shakli bo‘yicha xilma-xil  

bo‘ladi. Sh aklidan qat'iy nazar, uch xil elevatorlar mavjud:  

tug‘ri, burchaqli, nayzasimon.  

To‘gri elevator ishchi qismi bevosita dastak bilan  

birlashtiruvchi kiemdan kelib chiqadi va dastak bilan bir  

yo‘nalishda bo‘ladi.  

Ishchi qismining tashqi tomoni yarim oy shaklida bo‘rtib  

chiqsa, ichki tomoni aksi bo‘lib, yarim oy botiq bo‘lib, ishlaydigan  



58  

uchi to‘mtoqlashgan bo‘ladi. Dastagi noksimon shaklida uch tomonga  

qarab torayib boradi.  

Tug‘ri elevator bilan yuqori jag‘ bir ildizli tishlarni  

olish, ko‘p ildizli tishlar ildizlarini ajratib bo‘lish, qatordan  

tashqarida turgan tishlarni, tiralib turgan pastki uchinchi oziq  

tishlarni olish mumkin.  

Tumshugi sirra bo‘yicha egilgan elevator. Bu elevatorning  

ishchi qismi o‘qiga nisbatan tahminan 120° egilgan, ishchi qismi  

yuzasi asosidan uchiga karab torayib, ichiga qarab botiq, ichki  

yuzazida taram-taram egatchalari bor, tashqi tomoni yarim dumaloq  

shaklida. Yu zasining holatiga qarab chap va o‘ng tomon  

elevatorlari farqlanadi. Ayrim mualliflar o‘ziga qaragan (na  

sebya) o‘zingdan nari (ot sebya) deb atashadi.  

Ishlatilayotganda botik tomoni hamisha ildizga, bo‘rtgan to 

moni - kattakcha devoriga qaratiladi. Odatda bu elevator bilan  

pastki jag‘ ildizlari olinadi.  

Nayzasimon elevator (Lek l yuz elevatori). Bu asbobning ish 

chi va birlashtiruvchi qismlari dastakka vertikal yopishadi. Ishchi  

qismi nayzasimon shaklda bo‘lib, uchiga karab yupkalanib boradi.  

Bir tomon yuzasi tekis. Orka tomoni yassilangan. Bu elevator bi 

lan pastki uchinchi oziq tish olinadi.  



 

Yüklə 169,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin