Tish olish. Tish olish uchun asbob va uskunalar.
Tish olishdan oldin bemorni ko‘rikdan o‘tkazish.
Tish olishni rejalashtirayotgan shifokor bemorni ko‘rikdan
o‘tkazib olinishi rejalashtirilayotgan tishning holatiga baho be-
rishi kerak. Avvalo tishning toj qismi holatiga e'tibor berila-
di: I) qanchalik u yemirilgan, 2) atrof to‘qimalarda yalliglanish bormi 3) qimirlash darajasi; rentgen
tasviridan 4) ildiz atro-
fidagi suyak holati, 5) ildizlar soni, shakli, uzunligi, o‘zaro mu-
nosabati (birlashib yoki tarqalib ketgan), 6) yuqori jag‘ bo‘shlig‘i,
burun tubiga yaqinligi, 7) pastki alveolyar nerv va kanalga muno-
sabati, 8) ildizlar orasidagi suyak qalinligiga.
Sh ularni e'tiborga olib tish olish uchun kerakli asboblar
tanlanadi. Tish olish operatsiyasini muvaffaqiyatli bajarilishi
shifokor va bemorning bir-birini tushunishi va hamkorligiga
bogliq. Sh uning uchun shifokor bemorga bajaradigan muolajalar
haqida tushuncha berishi, bemor his qilishi mumkin taassurotlar,
masalan anesteziya ta'sirida yuz to‘qimalari va tilda jimirlash,
shish, harakatlari bo‘ysinmasligi. Tish olish harakatlarida og‘riq
bo‘lmasligi, ammo sezgi saqlanib qolishi haqida tushuntirish za-
rur. Har qanday mahalliy og‘riksizlantirish taktil sezuvchanlikka
ta'sir etmasligini, shuning uchun bemorga bormashina yoki iskana
yordamida suyak kesilishi va sinishini sezishi va ularga ahamiyat
bermasligini uktirish kerak. Bemorga hyech kachon tishni olish yen-
gil kechadigan va juda tez bajariladigan operatsiya deb ishontir-
maslik kerak.
Bemor juda bezovta bo‘lsa, unga premedikatsiya tayinlash ke
rak. Kresloga o‘tkazishdan oldin kalin kiyimlarni yechish, kamarni
bo‘shatish, yelkani keng ochib qo‘yish tavsiya qilinadi.
Operatsiyadan oldin qo‘l yuvish.
Tish olish operatsiyasi har qanday jarrohlik muolajasidan
avval shifokorning ma'lum tayyorgarligini talab qiladi.
J arroh avvalo maska va himoya oynagini taqishi shart.
Alohnda ahamiyat ko‘l yuvishga qaratiladi. Oqib turgan suvda
ko‘lni sovunlab yuvib, steril salfetka yoki sochiq bilan qo‘l
quritiladi va 2-3 minut 70 % li etil spirti bilan artiladi.
Spirt o‘rniga qo‘l terisini 0,5% xlorgesidinning spirtli erit
masini ishlatish mumkin. Sh undan keyin steril rezina qo‘lkop
kiyiladi. Tish olishdan ham kattaroq operatsiyalar qilish uchun
qo‘lni sovun bilan oqib turgan suvda I minut yuvib, steril sal
fetka bilan quritiladi va tog‘oraga solib qo‘yilgan maxsus erit-
magaS-4 retseptli «pervomur» ( 1 l eritma tarkibida 17,1 ml-30-
33% vodorod peroksidi, 6,9 ml 100% yoki 8,1 ml 85% chumoli ki-
slotasi, qolgani suv). Sh undan keyin qo‘l steril salfetkalar yor
damida kuritiladi, steril qo‘lqop kiyiladi. J arrohlik amaliyoti
tugatilganidan so‘ng qo‘lqoplar yechilib sovun bilan qo‘l yuviladi.
Jarroh doimo qo‘lini parvarish qilib borishi kerak, tirnoqlar
qisqa olinib, lak surtilmagan bo‘lishi kerak.
Operatsiya maydoniga ishlov berish
Tish olish operatsiyasidan oldin tishlardagi qattiq va
yumsheq karash olib tashlanadi. Ovqat qoldiklari tish oralaridan
0,1 % kaliy permanganat eritmasi bilan yuvib chiqariladi. Boshqa
antiseptiklarni ishlatish ham mumkin. Tishlardan qattiq karash
qirib tozalanadi, chunki tish olish operatsiyasi jarayonida ular
tish katakchasiga tushishi mumkin.
Agarda tish olish uchun bormashina va iskana ishlatilsa, unda
yuz terisi 70% etil spirta yoki 0,5% xlorgeksidin eritmasi bi
lan artiladi va steril mahsus choyshab yoki sochiq bilan yopiladi.
Tish olish uchun ishlatiladigan ombir va elevatorlar
Tish oladigan omburlar tishning toj va ildiz qismlari tu-
zilishini va jag suyaklarida joylashishini e'tiborga olgan holda
xilma-xil bo‘ladi. Shunga karamay ularni hammasi tuzilishida
bir prinsip yotadi. Tish va ildizlarni qisib oluvchi (qiskich)
qismi, ko‘l bilan ushlab ishlatiladigan dastak qismi va oraligida
asbob qismlarini birlashtiruvchi-o‘qi bo‘ladi. Omburning kiskich
qismining ich tomoni egatcha shaklida bo‘lib, ichida uzunasi bo‘yicha
taralgan ariqchalar bilan qoplangan, ular tish va ildiz ustidan
qisqichni sirpanmasligini ta'minlaydi. Dastak qismining ichki
yuzasi tekis tashki yuzasi taram-taram (botiq va bo‘rtma) chiziqlar
bilan qoplangan, ular omburni qo‘lda sirpanmasligini ta'min
laydi.
Bajariladigan ishga nisbatan omburlar bo‘linadi:
1. Yuqori jag tishlar va ildizlar uchun.
2. Pastki jag tishlar va ildizlar uchun toj qismi saqlanib
qolgan tishlar uchun omburlarni kisqich qismi uchlari bir biriga
tegmaydi, ildiz olish uchun ishlatiladigan ambularni qisqich
qismi uchlari bir biriga tegib turadi.
Yu kori jag tishlarini oladigan omburlar qisqich qismi va
dastagi o‘qlari uzunasi bo‘yicha, mos tushadi, yoki parallel ayrim-
larida o‘tkir burchak ostida yotiq bo‘ladi.
Yu qori jag kesuv tishlar va ildizlari tugri omburlar bi
lan olinadi. Bu omburlarni dastak, o‘qi va qisqich qismi o‘qlari
bir yo‘nalishda bo‘ladi.
Yuqori jag kichik oziq tishlarini oladigan omburlar qisqich
qismi o‘qi dastagi o‘qiga nisbatan o‘tkir burchakda yotiq bo‘ladi.
56
Toj qismi saqlangan tishlar uchun qisqich qismi yuzasi keng va uch-
lari tutashmaydi. Ildiz uchun omburlarning qisqich qismi tor va
uchlari tutashgan bo‘ladi. Dastak qismi S shaklida qiyshaygan
bo‘lib ushlash uchun qulay. Ung va chap tomon tishlarini olish
mumkin.
Yu qori jag‘ katta oziq tishlar oladigan omburlar ham S
shaklida bo‘lib, tuzilishida kichik oziq tishlarini oladigan
omburlardan qisqich qismi bilan farq qiladi. Yu qori jag‘ katta
oziq tishlarini bir vaqtda uch ildiziga o‘rnatilib siqib olishi
kerak.
Omburning tashqi lunj tomonidagi qisqichida ikki ildiz
orasiga kirib siqib ushlaydigan tirmoqchasi bo‘ladi. Bu omburlar
alohida o‘ng va alohida chap tomon uchun chiqariladi.
Yu qori jag‘dagi uchinchi katta oziq tish og‘izning ichkarisida
joylashganligi sababli uni olish uchun mahsus ombur ishlatiladi.
Boshqa omburlardan farqi o‘qi va qisqich oralig‘ida o‘tuv qismi bor
kisqich qismi uchlari to‘mtoq va jipslashmaydi.
Yuqori jag‘ toj qismi o‘q tishlar ildizlarni olish uchun
mahsus nayzasimon omburlar bor. Ularda ham o‘q va qisqich qism
oralig‘ida o‘tuv qismi bor. Ularning kisqich qismi uchlangan, tor
va bir biri bilan tutashadi. Sh uning uchun ular yordamida hamma
ildizlarni olish mumkin.
Pastki jag‘ tishlarini olish uchun tumsh ug‘i qirra bo‘ylab
egilgan omburlar ishlatiladi. Bu omburlarning qisuvchi qismi va
dastaqlari o‘qi tug‘ri burchak hosil qiladi. Qisuvchi qismi verti
kal, ikkala dastak bir biriga parallel joylashadi. Tishlar toj
shakliga moslab omburlar qisuvchi qismi tuzilishi har xil
bo‘ladi.
Pastki kesuv tishlarni oladigan omburlarning qisuvchi
kismi uchlari tor va siqqanda tutashmaydi. Qoziq tish va kichik
oziq tishlarini oladigan omburlar shakli shunday, ammo qisuvchi
kismi uchlari keng.
Katta oziq tishlarini oladigan omburlar qisuvchi qismi
keng, uchlari tirnoqchali, ular ikki ildiz orasiga kirib siqib
ushlash uchun mo‘ljallangan.
Og‘iz ochilishi chegaralangan hollarda tishlar tumshug‘i
(qisuv qismi) tekislik bo‘ylab egilgan ombur yordamida olinadi.
Dastaqlari gorizontal tekislikda ochilishi hisobiga bu ombur-
57
larning tumsh uq (qisuv) qismi kalta bo‘ladi va og‘iz chegaralanib
ochilganda juda qo‘l keladi.
Pastki jag‘dagi ildizlarni olish uchun tumshuqlar (qisuv
qismi) uchlari qo‘l sikilganda tutashmaydigan omburlar ishlati-
ladi.
Omburlarni ushlash. Odatda omburni tish olayotganda o‘ng qo‘l
bilan ushlanadi. Barmoklarni shunday joylashtirish kerakki,
ular dastaklarni bemalol ochib yopish va ildiz o‘qi bo‘ylab suyak to-
mon surish imkonini berishi kerak. Ikki xil ushlash uslubi bor.
Birinchi uslubda ikkinchi va uchinchi barmoqlar pastki das-
takni tashqarisidan ushlab, siqqanda omburni kaftga
yaqinlashtiradi: to‘rtinchi va beshinchi barmoqlar yuqori turgan
(kaftdagi) dastakni ushlaydi. Birinchi (bosh) barmoq ombur o‘qiga
ikki dastak orasiga tashkaridan qo‘yiladi. Omburni ochish uchun
to‘rtinchi va byoshinchi barmoqlar keriladi, yopish uchun II va III
barmoklar siqiladi. Ombur o‘rnatilgandan so‘ng hamma barmoklar
dastakni tashqi tomoniga qo‘yib yopish maksadida siqiladi.
Ikkinchi uslub. Yuqori jag‘ tishlarini olish uchun ishlatila-
di. Ochiq kaft yuzasiga ombur ko‘yilib dastaqlar orasiga II va III
barmoqlar kiritiladi, bosh barmok bilan yuqoridagi dastak ush
lanadi IV va V barmoqlar bilan pastki dastak ushlanadi. Omburni
ochish uchun Sh barmoq yordamida dastaqlar keriladi,
yaqinlashtirish uchun IU va U barmoklar siqiladi. Omburning
qisuv qismi uchlarini suyakkaga kiritish uchun dastaqlar uchi kaft
ga, tirab yuqoriga itariladi. Sh undun so‘ng III barmoqni pastki
dastakka o‘rnatib to‘rt barmoq bir tomondan, bosh barmoq qarshi
tomondan sikib tish sugurish bajariladi.
Elevatorlar. Tish yoki ildizni olish uchun elevatorlar ishla-
tiladi. Elevatorlar richag asnosida ishlaydi. Elevatorda uch qism
ajratiladi: ishchi kismi, dastak va ular orasida birlashtiruvchi
kiem. Elevatorlar asosan ishchi qismi shakli bo‘yicha xilma-xil
bo‘ladi. Sh aklidan qat'iy nazar, uch xil elevatorlar mavjud:
tug‘ri, burchaqli, nayzasimon.
To‘gri elevator ishchi qismi bevosita dastak bilan
birlashtiruvchi kiemdan kelib chiqadi va dastak bilan bir
yo‘nalishda bo‘ladi.
Ishchi qismining tashqi tomoni yarim oy shaklida bo‘rtib
chiqsa, ichki tomoni aksi bo‘lib, yarim oy botiq bo‘lib, ishlaydigan
58
uchi to‘mtoqlashgan bo‘ladi. Dastagi noksimon shaklida uch tomonga
qarab torayib boradi.
Tug‘ri elevator bilan yuqori jag‘ bir ildizli tishlarni
olish, ko‘p ildizli tishlar ildizlarini ajratib bo‘lish, qatordan
tashqarida turgan tishlarni, tiralib turgan pastki uchinchi oziq
tishlarni olish mumkin.
Tumshugi sirra bo‘yicha egilgan elevator. Bu elevatorning
ishchi qismi o‘qiga nisbatan tahminan 120° egilgan, ishchi qismi
yuzasi asosidan uchiga karab torayib, ichiga qarab botiq, ichki
yuzazida taram-taram egatchalari bor, tashqi tomoni yarim dumaloq
shaklida. Yu zasining holatiga qarab chap va o‘ng tomon
elevatorlari farqlanadi. Ayrim mualliflar o‘ziga qaragan (na
sebya) o‘zingdan nari (ot sebya) deb atashadi.
Ishlatilayotganda botik tomoni hamisha ildizga, bo‘rtgan to
moni - kattakcha devoriga qaratiladi. Odatda bu elevator bilan
pastki jag‘ ildizlari olinadi.
Nayzasimon elevator (Lek l yuz elevatori). Bu asbobning ish
chi va birlashtiruvchi qismlari dastakka vertikal yopishadi. Ishchi
qismi nayzasimon shaklda bo‘lib, uchiga karab yupkalanib boradi.
Bir tomon yuzasi tekis. Orka tomoni yassilangan. Bu elevator bi
lan pastki uchinchi oziq tish olinadi.
Dostları ilə paylaş: |