devorlaming mustahkamligiga bogliq bo‘ladi. Yopiq g‘ovakli yacheykali
betonlaming suv shimuvchanligi va sovuqqa chidamliligi yuqori bo‘ladi.
Sovuqqa chidamliligi bo‘yicha yacheykali betonlar quyidagi markalarda
bo‘ladi: F 15, F 25, F 35, F 50, F 75, F 100.
Tashqi devor panellarida
ishlatiladigan yacheykali beton sovuqqa chidamliligi F 15, F 25 bo‘lsa
kifoya, doimo muzlash va erish ehtimoli bor konstruksion yacheykali
betonlaming sovuqqa chidamliligi F 50-F 100 bo‘ladi.
Yacheykali betonlam ing eng muhim xossalaridan biri issiqlik
o ‘tkazuvchanIik bo‘lib, uning zichligi va namligiga bog‘liq. Masalan,
o ‘rtacha zichligi 600 kg/m3 bo‘lgan yacheykali betonning qumq holatdagi
X
si 0,14 W/(m °C), 8 foiz namlikda bo‘lsa, 0,22 W/(m °C). Yacheykali
betonlami namlanishdan saqlash maqsadida yuzasi turli
izolyatsiyalovchi
donali yoki sepma materiallar bilan qoplanadi. Gazbeton va ko‘pikbeton
tayyorlanayotganda, gidrofob difillik polimer qo‘shimchalami oz miqdorda
kiritish kvars qumlarini kukunlashda mexanik-kimyoviy aktivlashtirish
ulami namlanishdan saqlaydi va issiqlik o‘tkazuvchanligi o ‘zgarmasligini
ta’minlaydi.
Yacheykali betonlarda vaqt mobaynida hajmiy kirishishi tufayli
yoriqlar hosil b o iad i. Ulaming kirishishi zichligi
va qotish sharoitiga
bog‘liq bo‘lib, tarkibidagi suvning intensiv chiqib ketmasligini ta’minlash,
ularda dastlabki yoriqlar hosil bo‘lishini bartaraf qiladi. 0 ‘rtacha zichligi
700-800 kg/m3 bo‘lganyacheykali beton, nisbiy namlik 70-80 foiz, harorat
20°S bo‘lsa, havodagi kirishishi 0,4-0,6 mm/m ni tashkil etadi. Yacheykali
betonlar issiqlik izolyatsiyasi va konstruktiv-issiqlik izolyatsiyasi
buyumlari sifatida ishlatiladi. Issiqlik izolyatsiyasi yacheykali betonlari
tashqi
ikki va uch qatlamli panellar, xonalami ajratish pardevorlari, turar-
joy va sanoat binolari tomlari va boshqa joy larda ishlatiladi. Konstruktiv-
issiqlik izolyatsiyasi yacheykali betonlardan armaturasiz devorbop bloklar,
toshlar, tashqi devor panellari tayyoriashda, sanoat sovuqxonalari devor va
tomlari qurilishida ishlatiladi.
Dostları ilə paylaş: