To‘garak a‘zolari haqida ma’lumot


IV. Mustahkamalsh uchun savol va topshiriqlar



Yüklə 3,15 Mb.
səhifə38/68
tarix24.12.2023
ölçüsü3,15 Mb.
#192271
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   68
to\'garak

IV. Mustahkamalsh uchun savol va topshiriqlar

  1. Hujjatni formatlash deganda nima tushuniladi?

  2. Formatlashda qaysi menyu va uskunalar paneli qo`llaniladi?

  3. Matnning belgilangan qismidagi yozuv ko'rinishi qanday o'zgartiriladi?

V. Uyga vazifa
Mavzuni o`rganib kelish.
Ko’rildi:
Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha
direktor o’rinbosari: __________________
Sana ____________________

Yosh dasturchi to’garagi mashg’uloti. 23-dars.




Mavzu: Hujjatlarda rasmlar bilan ishlash
Maqsad:
1) ta’limiy: O`quvchilarni hujjatlarga rasmlar joylashtirish va rasm formatini o`zgartirishni o`rgatish.
2) tarbiyaviy: O`quvchilarga estetik tabiya berish;
3) rivojlantiruvchi: O`quvchilarning Wordda hujjatlar tayyorlash ko`nikmalarini rivojlantirish
Darsning borishi
I. Tashkiliy davr
II. Takrorlash

  1. Matnni tahrir qilish deganda nima tushiniladi?

  2. Matnni tahrir qilishda ishlatiladigan amallarni aytib bering;

  3. Matndagi ortiqcha belgi qanday o`chiriladi?

III. Yangi mavzuni o`rganish.
MS Word rasmlar kolleksiyasidagi rasmni hujjatga joylashtirish
Hujjatlarga rasmlarni turli usul bilan joylashtirish mumkin. Shulardan bin faylda saqlanayotgan tayyor rasmlarni matnli hujjatga joylashtirish. Word main protsessori bu vazifani qanday amalga oshirishini ko'rib chiqamiz.
Word mam protsessori dasturiy ta'minotiga 100 dan ziyod rasm kiritilgan bo’lib, ulardan turli hujjatlarni bezatishda foydalanish mumkin. Buning uchun yurgich matnning rasm joylashtirilishi kerak bo`lgan joyiga o'rnatiladi. So`ngra joylashtirish menyusining Rasm (Рисунок…) bo`limidan Rasmlar (Картинки…) bandi tanlanadi.
Tabiiyki, yuzdan ortiq rasm­lar ichidan keraklisini izlab topishga ko'p vaqt sarflanadi. Bu ishni tezlashtirish uchun rasmlarni mavzular bo'yicha ko'rib chiqish mumkin. Bu quyidagicha amalga oshiriladi:
1. Kliplar kolleksiyasi muloqot oynasi ochiladi.
2. Ko'rib chiqish bandidagi mavzular ro'yxati ochiladi.
3. Keltirilgan ro'yxatdan kerakli mavzu, masalan, Yil fasllari (Bpемeнa года), tanlanadi. Agar tanlangan mavzu ham kichik mavzulardan iborat bo`lsa, bizning holda Qish (зимa), Yoz (лето), Kuz(осень), u holda bu mavzular ichidan hech bo`lmaganda bittasini tanlash lozim bo`ladi.
4. Sichqoncha yordamida Boshlash tugmasi bosiladi.
5. Kerakli rasm hujjatga joylashtiriladi.
Hujjatdagi rasm formatini o`zgartirish
Hujjatda rasm matn bilan uyg'un joylashishi uchun ko`p holдarda rasmning o`lchamlari va joylashish holatini, ya'ni formatini o`zgartirish iozim bo`ladi. Hujjatga joylashtirilgan rasm formatini o`zgartirish uchun avval, tegishli rasm belgilab olinadi. Buning uchun sichqoncha ko`rsatkichi rasm ustiga olib kelinib, chap tugmasi bosiladi. Belgilangan rasm atrofi (chegarsi) chiziq bilan o'raladi. U to'g'ri to`rtburchak shaklida bo`lib, uchlari va tomonlarinining o'rtalarida rasm o`lchamini o'zgartitirish imkonini beruvchi nuqtalar bor. Sichqoncha ko'rsatkichini ushbu nuqtlardan birining ustiga olib kelib, chap tugmasi bosilgan holda biror tomonga siljitilsa, rasm kichrayadi, yoki aksincha, kattalashadi. Belgilangan rasmdan nusxa ko`chirish yoki uni o`chirish belgilangan matnlarni nusxalash va o'chirish kabi amalga oshiriladi.
Word da rasmni matnga nisbatan joyiashish holatini tanlash imkoniyati bor. Buning uchun rasmni belgilab, sichqoncha ko'tsatkichi rasm ustida turgan holda o`ng tugmasi bosiladi. Hosil bo`lgan kontekst menyusidan “Rasm formati” tanlanadi. Ekranda aks etgan “Rasm formati” lavha sidan “Holat” bandi tanlanadi. Endi quyida keltirilgan 5 ta holatdan birini sichqoncna yordamida tanlash mumkin:

  • matn orasida (в тексте);

  • ramka atroilda (вокруг рамке)

  • kontur bo'ylab (по контуре)

  • matnning orqasida (3a текстом);

  • matnning oldida (nepeд текстом).

Mazkur holatlarni tanlash uchun Rasm formati lavhasida ularga mos rasmchalar berilgan. Bu rasmchalarda sahifaga joylashtirilgan rasm matnga nisbatan qanday joylashishi tasvirlangan. Kerakli holatni tanlash uchun unga mos rasmcha ustiga sichqoncha ko'rsatkichini olib kelib, chap tugmasi bosiladi. Natijada tanlangan rasmcha atrofida ko`k rangli hoshiya hosil bo'ladi. So'ngra sichqoncha yordamida OK tugmasi bosiladi.

Yüklə 3,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   68




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin