Mavzu: Kompyuter o'yinlari haqida Maqsad:
1) ta’limiy: O`quvchilarga kompyuter o`yinlari haqida tushuncha berish;
2) tarbiyaviy: o`quvchilarga estetik tarbiya berish;
3) rivojlantiruvchi: o`quvchilarda kompyuter o`yinlari haqidagi ko`nikmalarini rivojlantirish.
I. Tashkiliy qism II. Takrorlash. Paint dasturida rasm qismini belgilab olishning qanday usullari mavjud?
Rasm qismini belgilab olish usullari nimasi bilan farq qiladi?
Rasmning belgilab olingan qismini qanday qilib alohida faylda saqlash mumkin ?
III. Yangi mavzuni o`rganish. Aksariyat o'yinlarni o'ynash uchun sizga bitta yoki bir nechta sherik kerak bo'ladi. Masalan, futbol yoki oddiy quvlashmachoq o'yinini bir o'zingiz o'ynay olmaysiz. Kompyuter sizga turli-tuman o'yinlarni o'ynash imkonini berib, kerak bo'lsa sizga sherik vazifasini ham bajaradi.
Arcade (arkada). Bu turdagi o'yinlarda ko'p o'ylamasdan tez harakat qilish kerak bo'ladi. Masalan, avtomobil poygalari, ekranda paydo bo'ladigan turli narsalarni tez nishonga olish va hokazo.
Scrollers (siljish, harakatlanish). Bu turdagi o'yinlarda ekrandagi tasvir bir tomonga to'xtovsiz harakatlanib turadi. O'yinchidan esa uchragan to'siqlardan o'tishi talab etiladi.
Simulation (simulyatorlar). Bu turdagi o'yinlarda biror murakkab texnik qurilmani (avtomobil, samolyot va hokazo) boshqarish amalga oshiriladi.
Strategy (strategiya). Bu turdagi o'yinlarda biror maqsadga erishish uchun reja ishlab chiqish talab etiladi. Bunda o'yinchi birgina personaj emas, balki, harbiy bo'linma, biror tashkilot yoki davlatni boshqarishi kerak bo'ladi.
Sport (sport). Bu turdagi o'yinlarda biror sport o'yini (futbol, basketbol va hokazo) tasvirlanadi.
Adventure (sarguzasht). Bu turdagi o'yinlarda o'yinchi boshqarayot-gan qahramon syujet bo'yicha harakatlanadi. Yo'lda boshqa personajlar bilan muloqotga kirishadi, mantiqiy masalalarni hal qiladi va turli sarguzashtlarni boshidan kechiradi.