To‘garak a‘zolari haqida ma’lumot



Yüklə 3,15 Mb.
səhifə50/68
tarix24.12.2023
ölçüsü3,15 Mb.
#192271
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   68
to\'garak

Sanoq sistemalari turlari
Ma'lumki, harflardan iborat alifboni qo'liashda bir qancha qonun vaqoidaiarga amal qilinadi. Sonli alifbodagi belgilardan foydalanishda ham o'ziga xos qoidalardan foydalaniladi. Bu qoidalar turli aiitbolar ucbun turlicha bo'lib, mazkur alifboning kelib chiqish tarixi bilan bog'liq. O'z ichiga o'nta raqarrmi olganligi uchun bu alifbo o'zining barcha qoidalari bilan birgalikda
O'n raqamli sanoq sistemmi yoki qisqacha o'nlik sanoq sistemasi deb ataladi.
Sonlar sistemasidagi raqamlar soni shu sistemaning asosi deb yuritiladi.
Sonlar alifbosiga kiritilgan (bir xonali) belgilar raqamlar va ular yordamida hosil qilingan boshqa (ko'p xonali) belgilar sonlar deb yuritiladi. Masalan, o'nlik sanoq sistemasida 5, 6, 8 - bu raqamlar, ammo 568 – bu son. O'nlik sanoq sistemasida birliklar, yuzliklar, mingliklar va boshqalar har biri o'ntadan belgilardan iborat gurahlarga bo'lingan: 0, 1, ... , 9; 0 ta, 1 ta, 9 ta 10; 0 ta, 1 ta,9 ta 100,.... Boshqa asosli sanoq sistemalardagi belgilar shu sistema asosi nechaga teng bo'lsa, shuncha belgilardan iborat guruhlarga ajratiladi.
O'nlik sanoq sistemasida raqamlar o'zi turgan o'rniga (razryadiga) ko'ra turlicha miqdorni anglatadi.
Masalan: a) 999: 9 (to'qqiz) - birlik; 90 (to'qson) - o'nlik; 900 (to'qqiz yuz) - yuzlik;
b) 1991: 1 (bir) - birlik; 90 (to'qson) - o'nlik; 900 (to'qqiz yuz) - yuzlik; 1 (ming) — minglik.
Shu bois ham bu sistema raqamlari o'z pozitsiyasi (turgan o'rhi) ga bog'liq bo'lgan sistema deb ham yuritiladi.
Sanoq sistemalari shu xossasiga ko'ra raqamlarining pozitsiyasiga bog'liq bo’lgan va raqamlarining pozitsiyasiga bog'liq bo`lmagan sanoq sistemalariga (qisqacha pozitsiyali va pozitsiyali bo'lmagan sanoq sistemalariga) bo'linadi. Pozitsiyali bo'lmagan sanoq sistemasiga rim sanoq sistemasi misol bo'ladi.
Sizga ma'lumki, pozitsiyali sanoq sistemasi bo'lgan o'nlik sanoq sistemasida arifmetik amallar bajarish juda qulay, lekin, pozitsiyali bo'lmagan sanoq sistemasi bo'lgan rim sanoq sistemasida arifmetik amallar bajarish juda murakkab. Shuning uchun ham ajdodlarimiz raqamlar va sonlarni aniq bir shakllar tizimiga keltirish masalasiga katta e'tibor qaratganlar.

Yüklə 3,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   68




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin