Tolipova t


I. STEAM TEXNOLOGIYASI – KELAJAK TA’LIMI



Yüklə 1,76 Mb.
səhifə3/29
tarix23.05.2023
ölçüsü1,76 Mb.
#120657
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
Tabiatshunoslik fanini o‘qitishda STEAM yondashuv (O‘quv-uslubiy qo‘llanma)

I. STEAM TEXNOLOGIYASI – KELAJAK TA’LIMI


    1. STEAM texnologiyasining yuzaga kelishi tarixi

Qadimdan ta’lim berish texnologiyalari xususida fikr bildirilganda, fan va san’at, nazariya va amaliyot bilan birga olib borilishi nazarda tutilgan. Eramizdan avvalgi VI asrda Fales asos solgan Milet maktabi alohida o‘rin tutar edi. Bu maktab o‘z atrofiga Anaksimandr va Anaksimenni ham birlashtirgan edi. Milet maktabi Ioniyaning ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan ancha rivojlangan polislardan biri bo‘lib, qadimgi Sharq sivilizatsiya markazlari – Bobil va Misr bilan bevosita aloqadorligi, savdo-sotiq va hunarmandchilikning rivojlanganligi ilmiy bilim va falsafaning ham ravnaq topishi uchun puxta zamin yaratgan.
Milet falsafiy maktabining asoschisi Falesni (eramizdan avvalgi 624–547 yillarda yashagan) haqli ravishda yunon fani va falsafasining asoschisi, deb ataydilar. Fales o‘z davrining bilimdon kishisi edi. U taniqli faylasuf bo‘lishi bilan birga, savdo sirlarini biladigan iqtisodchi, siyosiy arbob, munajjim, riyozatchi, geograf va fiziolog bo‘lgan. U ko‘pgina mamlakatlarda bo‘lib, bu mamlakatlarning (jumladan, Misr va Bobilning) madaniyati, fani va falsafiy merosi bilan yaqindan tanishgan. U o‘z kuzatuvlari natijasida bir necha yil oldin quyosh tutilishini oldindan bashorat qilgan. Shuningdek, u quyoshning bir yil davomidagi harakati 365 kunga teng ekanligini isbotlab bergan. Tarixiy manbalarda keltirilishicha, Fales Kichik ayiq yulduzini kashf etgan. Fales garchi davlat ishlari bilan shug‘ullanmagan bo‘lsada, shahar-davlat (polis)ning ijtimoiy-siyosiy hayotida faol ishtirok etgan, o‘zining matematikaga oid bilimlaridan suv inshootlari qurishda foydalangan. U birinchi bo‘lib quyosh soatini yaratgan. Uning yordamida vaqtni aniq belgilagan. Fales
qurg‘oqchilik bo‘lishi va buning oqibatida hosildorlikning kamayib ketishini oldindan aytgan va o‘zi buning ehtiyot chorasini ko‘rgan, ya’ni oziq-ovqat mahsulotlarini ko‘proq jamg‘arib, keyinchalik ularni yuqori baholarda sotib, tez orada boyib ketgan.
Yana bir faylasuf, pedagog, psixolog, notiq Pifagor miloddan avvalgi 570-yili Samos orolida tug‘ilgan. Yoshligida Milet shahriga borib, Anaksimandrdan saboq olgan. Keyin Sharq mamlakatlarida, jumladan, Misr va Vavilonda bo‘lgan. Qadimgi Sharq matematikasi, astronomiyasi hamda Sharq dinlari an’analarini o‘rgangan. Miloddan avvalgi 532-yili hukmdor Polikratning tazyiqi bilan janubiy Italiyadan Kroton shahriga ko‘chib ketadi. U yerda diniy-falsafiy jamiyat –
«Pifagor ittifoqi» uyushmasiga asos soladi. Uyushma o‘z nizomi va mulkning umumiyligiga asoslangan edi. Bu uyushma Krotondagi siyosiy hokimiyatni qo‘lga olgan va butun janubiy Italiyaga yoyilgan. Kilon rahbarligida pifagorchilarga qarshi qo‘zg‘olon boshlangach, Pifagor Metapontda o‘ziga boshpana topgan va shu yerda miloddan avvalgi 496-yili vafot etgan.
Fales va Pifogorning izdoshlaridan biri Eley falsafa maktabining asoschisi sifatida mashhur mutafakkir Ksenofan (miloddan avvalgi 565–473)ni tilga oladilar. Pifagorning zamondoshi bo‘lgan Ksenofan Kichik Osiyodagi Kolofon shahrida tug‘iladi. 25 yoshida o‘z yurtini tashlab, umrining oxiriga qadar sarson-sargardonlikda hayot kechiradi, el orasida xalq qo‘shiqlarining mohir ijrochisi sifatida shuhrat qozonadi. Ksenofan, ayni vaqtda, shoir sifatida ham mashhur bo‘lgan. Zamondoshlarining yozishicha, u o‘sha davrning mashhur fizik- tabiatshunos olimi Anaksimandrdan tahsil oladi, bu esa uning falsafiy qarashlari shakllanishiga kuchli ta’sir ko‘rsatadi. Shunday bo‘lishiga
qaramay, Ksenofan fizik olim bo‘lib yetishmaydi, aksincha, unda diniy-axloqiy ideallarni nazmiy til bilan ifodalashga ehtiyoj kuchli va ustuvor bo‘lgan.
Fales, Pifogor, Ksenofanlarning ta’limoticha, yangi kishining dunyoga kelishi faqat tug‘ilishdan iborat. Jismoniy hodisa emas. Bola tug‘ilgandan keyin o‘z zamonasining ijtimoiy taraqqiyot darajasiga ko‘tarilishi, mavjud ijtimoiy-tarixiy tajribani egallashi, ijtimoiy munosabatlar tizimida o‘z o‘rnini belgilab olishi, tarixiy jarayonning faol ishtirokchisiga aylanishi, ya’ni ta’lim-tarbiya olishi kerak. Demak, ta’lim-tarbiya hamma vaqt mavjud bo‘lgan jamiyatning (hayotning) doimiy va eng zarur funksiyasilaridan biri bo‘lib xizmat qilgan. Inson jamiyatdagi qiyin va murakkab maqsadlarga faqat ta’lim-tarbiya bilangina erishish mumkin. Mazkur muammoni ilmiy hal qilish uchun shu davrgacha yashab ijod etgan buyuk pedagoglarning shu sohadagi ilmiy merosiga tayanishimiz shart. Tarbiyaning jamiyat va har bir inson hayotidagi ijtimoiy ahamiyati haqida buyuk o‘zbek pedagogi A.Avloniy “Al-hosil, tarbiya bizlar uchun – yo hayot, - yo mamot, - yo najot, - yo halokat, - yo saodat, - yo falokat masalasidir” tarzida ta’riflangan. Demak, tarbiya biz uchun hamma narsaga erishishini ta’minlovchi qudratli kuch ekan. Bunda insonning o‘z oldiga qo‘ygan maqsadi hal qiluvchi ekanligini anglash darkor. “Tarbiya ishida o‘z-o‘zini takomillashtirish jarayoniga katta o‘rin berilmog‘i lozim.Insoniyat faqat mustaqil o‘rganish tufayligina taraqqiy etgan” – degan G.Spenser. “Tarbiya avvalo o‘qituvchi bilan bolalarning doimiy ma’naviy munosabatidir” – degan Suxomlinskiy.
Hatto, qadimgi sharq maqollaridan birida shunday deyilgan: “Agar o‘zingni bir yilga ta’minlamoqchi bo‘lsang sholi ek, o‘n yilga ta’minlamoqchi bo‘lsang daraxt ek, yuz yilga ta’minlamoqchi bo‘lsang odam tarbiyala”. Ko‘rinib turibdiki, asrlar davomida ta’lim va tarbiya ikkalasi chambarchas bog‘liq, bir-biridan ayrilmagan holda olib borilishiga diqqat qaratganlar. Shu o‘rinda shuni ham ta’kidlash lozimki, yuqorida tilga olgan barcha olimu fuzalolar bir fanni emas, har bir fan, har bir sohani uzviylikda bir-biridan ajratmagan holda olib ta’lim-tarbiya berganlar. XI asrdayoq xitoy matematik olimlari tomonidan fan va san’atni uyg‘unlashtirish muammolari ko‘tarilgan edi. Hattoki, barcha taniqli olim va kashfiyotchilar musiqa, rassom, yozuvchi, shoir ham bo‘lganlar. Jumladan, Galiley – shoir va adabiy tanqidchi, Enshteyn – ham olim, ham skripkani mahorat bilan chalgan, Morze – olim va rassom bo‘lgan. Shunday qilib, qadimdan miyaning o‘ng yarmi bilan bog‘liq fanlar amaliyoti orqali ijodkorlik rag‘batlantirilgan va kuchaytirilgan.
Umumiy o‘rta ta’limda bo‘layotgan islohotlar, o‘zgarishlar bolalarda faqatgina ta’limiy emas, balki hayotiy kompetensiyalarni rivojlantirishni nazarda tutuvchi standartlarni, o‘quv dasturlarni ishlab chiqish hamda amaliyotga joriy etish ishlari ta’lim sifati va samaradorligini oshirishga qaratilgan. Pirovardi belgilangan bu yo‘nalishlar maktab jamoasi, ta’lim boshqaruv tizimi va pedagogika fanini bog‘lovchi bo‘g‘in bo‘lgan metodik xizmatning rivojlanishiga bevosita bog‘liqdir.
Ta’lim sifatiga erishish va rivojlantirish, maktab o‘quvchilarining kasbiy mahoratini doimiy va uzluksiz ravishda oshirib borishni talab etadi. Ta’lim muassasalarida, pedagoglar kasbiy mahoratida va bilimidagi bo‘shliqlarni to‘ldirib boruvchi, amaliy faoliyatlariga ijodiy yondashuvni rivojlantiruvchi metodik muhitni yaratish muhim ahamiyatga ega.
Bugungi kunda bunday yondashuv STEAM deb atalib, bu taniqli STEM qisqartmasining rivojlanishi bo‘lib, san’at bundan mustasno.

Yüklə 1,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin