Yashash tarzi
|
Hayvonlar
|
Uy hayvonlari
|
Yovvoyi hayvonlar
|
O‘txo‘r
|
Qo‘y, sigir, echki, ot
|
Kiyik, jayron,
bug‘u
|
Go‘shtxo‘r
|
It, mushuk
|
Bo‘ri, tulki, ayiq,
yo‘lbars
|
Yovvoyi hayvonlarning uy hayvonlardan farqi, yashash sharoitlari, foydali tomonlari, beozor hayvonlarga ozor bermaslik haqida tushuntiriladi.
Yangi mavzuni mustahkamlash (7 daqiqa)
“To‘rtinchisi ortiqcha” o‘yini orqali o‘quvchilar bilimi mustahkamlanadi (ushbu mashq slaydlar orqali bajariladi).
O‘quvchilar javoblari tinglanadi va izohlab baholanadi. Navbatdagi mashq «Raqamli joylashuv » deb nomlanadi. Uy va yovvoyi hayvonlarni raqamlarda ifodalang.
1. Qo‘y
|
2. Tulki
|
3. Sigir
|
4. Echki
|
5. Quyon
|
6. Ot
|
7. Mushuk
|
8. Ayiq
|
9. Bo‘ri
|
10. Ilon
|
11. Eshak
|
12. It
|
Javoblar: Uy hayvonlari: 1,3,4,5,6,7,11,12. Yovvoyi hayvonlar: 2,8,9,10.
Baholash. Darsga yakun yasash: (3 daqiqa) O‘quvchilar faol ishtiroklari, ifodali o‘qib, so‘zlab berganlari, o‘yinlarni to‘g‘ri bajarganlariga qarab baholanadi. Nominatsiyalar bilan mukofotlanadi.
Uyga vazifa: 81-bet. (2 daqiqa)
Savollar:
Odamlar uy hayvonlarini nima uchun boqishadi?
Yovvoyi hayvonlar qanday hayot kechirishadi?
Yovvoyi hayvonlarning qanday foydasi bor?
Siz uyingizda qaysi uy va yovvoyi hayvonlarni boqasiz?
4-sinf .Tabiatshunoslik fani. «Sayyoralar»mavzusi asosida tayyorlangan 1 soatlik dars ishlanmasi.
Darsning texnologik xaritasi
Mavzuga oid tayanch tushunchalar: Quyosh sistemasi, sayyora, orbita, Merkuriy, Venera, Mars, Yupiter,Saturn, Uran, Neptun.
Soatlar soni: 1 soat
|
Mavzuning qisqacha ta’rifi: Quyosh sistemasidagi yirik osmon
jismlari sayyoralar deb ataladi.
|
O‘quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi:
Metodlar: Suhbat, bahs-munozara, “Aqliy hujum”, tushuntirish, sayohat.
Shakl: Jamoaviy, guruhlar bilan ishlash
Jihozi: Mavzuga oid rasmlar, rag‘bat kartochkalari, AKTdan foydalanish, guruhlar uchun yorliqlar.
|
Nazorat: o‘quvchilarning darsdagi faolligini hisobga olib borish maqsadida ularga rag‘bat kartochkalari tarqatib boriladi.
Baholash: O‘quvchilarni dars davomida to‘plagan rag‘bat kartochkalariga asoslanib reyting ballari e’lon qilinadi.
|
Darsning maqsad va vazifalari
|
Maqsadlar:
Ta’limiy maqsad: O‘quvchilarga Quyosh sistemasi, osmon jismlari, sayyoralar va ularning harakati haqida tushuncha berish.
Tarbiyaviy maqsad: O‘quvchilarda koinotga bo‘lgan mehr- muhabbatni oshirish, ularda ekologik tarbiya va madaniyatni shakllantirish. Tabiat in’omlarini ko‘z qorachig‘idek avaylab asrashga o‘rgatish.
Rivojlantiruvchi maqsad: Ekologik dunyoqarashni rivojlantirilgan holda ekologik savodxonlikka erishish, mustaqil va tez fikrlashga o‘rgatish.
Shakllantiriladigan kompetensiyalar:
TK - Tayanch kompetensiyalar:
TK2-axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi;
FK - Fanga oid kompetensiyalar:
FK3 –globus, geografik atlas va xaritalardan amaliyotda foydalana olish kompetensiyasi;
|
Kutilayotgan natija:
|
Dars yakunida o‘quvchilar Quyosh sistemasi haqida tushunchaga ega bo‘ladi. Merkuriy, Venera, Mars, Yupiter, Saturn, Uran, Neptun haqida tushunchaga ega bo‘ladilar va bu sayyoralarda hayot yo‘qligi
haqida tushunchaga ega bo‘ladilar
|
|
Dostları ilə paylaş: |