2.2.3. Talabaga O'zbekiston
Respublikasi qonunchiligiga, universitet ichki me’yoriy hujjatlariga va ushbu shartnomaga
muvofiq rag'batlantirish choralari va intizomiy jazo choralarini qo'llash.
2.2.4. O'qish uchun to'lovlarni amalga oshirish majburiyatlarini bajarmagan talabaga universitet binosiga va
imtihonlarga
kirishini, ta'lim resurslaridan foydalanishni cheklash.
2.2.5. Talaba tomonidan shartnoma bo'yicha to'lov kechiktirilgan yoki Universitetning ichki me’yoriy hujjatlari
talablari buzilgan
taqdirda, talabalar safidan chetlashtirish to'g'risida qaror qabul qilish.
2.2.6. Universitet talabani quyidagi asoslarda talabalar safidan chetlashtirish huquqiga ega:
- o'z
xohishiga binoan;
- o'qishni davlat ta'lim muassasasiga yoki boshqa nodavlat ta'lim muassasasiga ko'chirilishi munosabati bilan;
- sog'lig'iga binoan (tegishli hududdagi tibbiy-mehnat ekspert komissiyasining ma'lumotnomasi asosida) taqdim
etilgan bir yillik akademik ta'tildan so'ng;
- Universitetning ta'lim
intizomini, ichki-tartib qoidalarini hamda me’yoriy hujjatlarni tegishli bandlarini buzganligi
uchun;
- Universitet tomonidan ta'lim xizmatlari uchun belgilangan to'lovlarni o'z vaqtida to'lamaganligi uchun;
- Universitetga hujjatlarni soxtalashtirilganligi, tovlamachilik, firibgarlik va qonunchilikga
zid keladigan boshqa
holatlar aniqlanganda;
- talaba sud qarori bilan ozodlikdan mahrum qilinganligi munosabati bilan;
- talabaning o'limi munosabati va boshqa sabablarga ko'ra.
Talaba Universitet rektorining tegishli buyrug'i qabul qilingan kundan boshlab Universitet
talabalari safidan
chetlatilgan deb hisoblanadi.Talaba tomonidan shartnoma majburiyatlarini bajarilishi ustidan doimiy monitoring olib
borish.
2.2.7. Talaba mazkur shartnoma shartlarini buzgan yoki shartnomaning 3.5. -bandida ko'rsatilgan to'lovni muddatida
bajarmagan taqdirda, Universitetning qarori asosida shartnomani bir tomonlama bekor qilish.
2.2.8. Ta'lim jarayoniga yangi o'quv rejalari, dasturlarini, shuningdek akademik xizmatlar ko'rsatishning
samaradorligini oshirishga yordam beradigan nazorat o'quv choralarini
mustaqil ravishda tanlash, ishlab chiqish va joriy
qilish.
Dostları ilə paylaş: