4.3. Ta’lim oluvchining huquqlari:
Professor-o‘qituvchilarning o‘z funksional vazifalarini bajarishidan yoki ta’lim muassasasidagi
shart-sharoitlardan norozi bo‘lgan taqdirda ta’lim muassasasi rahbariyatiga yozma shaklda
murojaat qilish.
“Ta’lim oluvchi” o‘quv rejasidagi amaliyotlarni o‘tkazish hamda bitirgandan so‘ng ishga joylashish
masalalarini buyurtmachi bilan o‘zaro kelishgan holda hal qilish huquqiga ega.
V. KONTRAKTNING AMAL QILISH MUDDATI, UNGA O‘ZGARTIRISH VA QO‘SHIMCHALAR
KIRITISH HAMDA BEKOR QILISh TARTIBI
5.1. Ushbu kontrakt uch tomonlama imzolangandan so‘ng kuchga kiradi hamda ta’lim xizmatlarini taqdim
etish o‘quv yili tugagunga qadar amalda bo‘ladi.
5.2. Ushbu kontrakt shartlariga tomonlar kelishuviga asosan tuzatish, o‘zgartirish va qo‘shimchalar
kiritilishi mumkin.
5.3. Kontraktga tuzatish, o‘zgartirish va qo‘shimchalar faqat yozma ravishda “Kontraktga qo‘shimcha
bitim” tarzida kiritiladi va imzolanadi.
5.4. Kontrakt quyidagi hollarda bekor qilinishi mumkin:
Tomonlarning o‘zaro kelishuviga binoan.
“Ta’lim oluvchi” talabalar safidan chetlashtirganda “Ta’lim muassasasi” tashabbusi bilan bir
tomonlama bekor qilinishi mumkin.
Tomonlardan biri o‘z majburiyatlarini bajarmaganda yoki lozim darajada bajarmaganda.
Uzrli sabablar bilan, “Ta’lim oluvchi”ning tashabbusiga ko‘ra.
Ta’lim muassasasi tugatilganda, buyurtmachi bilan o‘zaro qayta hisob-kitob qilinadi.
Dostları ilə paylaş: |